Metodologiya (uslubiyat)-ilmiy bilish va dunyoni o’zgartirish metodlari haqidagi ta’limot.
Metafizika (yun.- meta ta fizika - fizikadan keyin) - olamdagi narsa va hodisalarning muayyan vaqt davomida nisbatan o’zgarmas, turg’un, barqaror holatiga hamda alohidaligiga e’tiborni qaratadigan universal usul.
Miqdor - narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligidir.
Me’yor - sifat va miqdorning uzviy birligi.
Mohiyat - narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o’zaro bog’lanishlari, shu bog’lanishlarning qonuniy aloqadorligining ifodalanishi.
Mazmun - buyum, hodisaning o’z-o’zligini tashkil etuvchi elementlar va jarayonlarning tartibga solingan majmui tavsifi.
Mafkura - muayyan maqsadga yo’naltirilgan siyosiy, huquqiy, diniy, falsafiy va hokazo qarashlar, g’oyalar, nazariyalar tizimidir.
Modellashtirish - o’rganilayotgan obyektning xususiyatlarini ularni o’rganish uchun maxsus ravishda tuzilgan boshqa obyektda qayta hosil qilish.
Mantiqiylik - buyum, hodisa mazmunini nazariy shaklda tadqiq qilish; obyekt rivojlanishining qonuniyligini nazariy umumlashtirish.
Moddiy ishlab chiqarish - ishlab chiqarish resurslari (mehnat buyumlari, mehnat qurollari, mehnat vositalari) va ishlab chiqarish munosabatlarini qamraydi.
Ma’naviy ishlab chiqarish – siyosiy, huquqiy mafkura, din, fan, axloq, san’at kabilar sohasida boyliklar, qadriyatlar yaratishdir.
Monarxiya - hokimiyatni yakka boshliqqa asoslangan boshqaruv usuli.
Millat - industrial jamiyatga o’tish davri mohiyatidan kelib chiqqan, iqtisodiy hayot, til, hudud, madaniyat birligiga asoslangan yirik tarixiy etnik birlik.
Mangulik - insonning o’z ijodiy, yaratuvchilik faoliyati bilan hayotda abadiy iz qoldirishidir.
Ma’naviyat - (ar.-ma’ni, ma’no) - insonni ruhiy va aqliy olami majmui.
“Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” (I.Karimov).
Ma’rifat - (ar.- bilish, bilim, ta’lim, ma’lumot) kishining ong-bilimi, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya. “Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch-ma’rifatdir” (I. Karimov).
Madaniyat - insonning faoliyati jarayoni, uning oqibatida yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar bo’lib, shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo’lgan ijtimoiy hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |