II.2 Yozyovon toponimining tabiiy sharoiti bilan bog’liq jihatlari
Yozyovon -Farg‘ona viloyatidagi tuman va tuman markazi xamda Markaziy
Farg‘onadagi cho‘l nomi. Bu nom xalk etimologiyasida «yozi yomon, issik» deb
izoxdanadi. Aslida esa bu toponim tarkibidagi xar ikkala so‘z «yoz» xam «yovon»
xam «cho‘l, dala, tekislik» demakdir. Toponimning xalq orasidagi izoxlari joyning
tashqi ko‘rinishi asosida vujudga kelgan. Bu nomning yoz (fasli) so‘zi bilan aloqasi
yo‘q. Yoz yoki yozi M.Qoshg‘ariyning yozishicha, «bo‘shliq, ochiqlik, cho‘l,
yovon «dasht, tekislik» degan ma’noni bildiradi. Xorazm shevalarida «yovon»xozir
xam «qishloq, shaxardan uzoq joy» ma’nosida qo‘llaniladi. Shunday qilib, qishloq
nomi cho‘l nomi asosida, vujudga kelgan. (Do‘simov., 1977; Korayev., 1970 ;
Oxunov., 1989).
Yordon- Farg‘ona tumanidagi qishloq nomi. Yor so‘zi “jar” ma’nosini
viloyatining O‘zbekistan tumanidagi Otsyozi, Sariyozi nomli oykonimlarini misol
qilish mumkin. Okyozi-ok cho‘l, ok dasht saryozi -sarik dasht, sarik cho‘l ma’nosini
bildiradi. Markaziy Farg‘onada joylashgan Yozyovon tumanining nomi yozi va
yobon so‘zlaridan tuzilgan. Bundagi yobon so‘zi xam cho‘l degan ma’noni beradi.
Kelib chiqishiga ko‘ra, Yoziyovon tarzida shakllangan bu nomda vaqt o‘tish bilan
turli fonetik o‘zgarishlar bo‘lgan, dastlab i tovushi tushib qolgan so‘ng b tovushi v
tovushi bilan almashib Yozyovon shaklini olgan. Yozyovon aynan cho‘l,
cho‘libiyobon, tekis cho‘l demakdir.
Yob (yop), yap - Xorazmda o‘rta va kichik kanallar, ba'zan ariqlar yop
deyiladi; V.V. Radlov yop so‘ziga «qazilgan ariq» deb izoh bergan. V.V.
Bartold bu atamani xivaliklar va turkmanlardan boshqalar bilmasalar kerak
deb taxmin qilgan. Lekin bu so‘z boshqa yerlarda ham uchraydi. Masalan,
g‘arbiy Qozog‘istonda, Qoraqalpog‘istonda jab, jap deyishadi. Toponimist
E.M. Murzayev ma'lumotlariga ko‘ra Tojikistonda ba'zan daryo yob deb
ataladi. Yob (yop) elementidan tuzilgan toponimlar O‘zbekistonda ko‘p:
Bo‘zyob, Kaltaminoryob, Oltiyob, Otayob, Polvonyob, Sakkizyob,
Saribiyyob, Xonyob, Yangi-yob va b.; Turkmanistonda: Oqyop, Qorayop,
Qodiryop, Ajiyop, Amudaryo deltasidagi kanallar - Qorayob, Permetyob,
Chermenyob va b. E.M.Murzayev yob atamasini ob so‘zidan kelib chiqqan
deydi.Yobon, yovon - dasht, dala, sayxonlik. Yoboni «sahroyi”, «dala-chi»,
«yovvoyi» degani. Ko‘proq yovon shaklida toponimlar hosil qilgan:
Yezyovon (O‘zbekiston), Yovon, Yovonsuv, Yovonuru, Yovon-dashti
(Tojikiston). Zarafshon daryosi vodiysida (Samarqand viloyati) dashtda
bunyod bo‘lgan qishloq yovon deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |