KIMYOVIY XOSSALARI
Galogenli aromatik birikmalar barqarror moddalar bo’lib, ularda galogen yadroga ancha mustahkam bog’langan.
Galogenarenlar galogen atomlarini almashinishi bilan va benzol halqasi bo’yicha reaksiyaga kirishadi.
Galogenarenlar galogen atomining almashinishi bilan boradigan reaksiyalarga qiyin kirishadi (yodarendan tashqari). Galogenarenlar metall bilan galogenalkanlar kabi reaksiyaga kirishadi:
Galogenarenlarning nukleofil reaagentlar bilan reaksiyalari doim qiyin boradi, bunday reaksiyalar uchun yanada kuchliroq sharoit talab qilinadi, lekin reaksiya davomida yonaki reaksiyalar ham kuzatiladi.
Galogenarenlar nukleofil reagentlar bilan faqat 200 oC dan yuqori temperaturalarda reaksiyaga kirishadi. Bunday temperaturalarda benzol sistemasi barqaror bo’ladi.
Shu yo’l bilan xlorbenzoldan fenol olinishi mumkin. Bunday reaksiyalarni Cu yoki bir valentli Cu tuzlari katalizlaydi.
Benzol yadrosidagi galogen to’yingan uglevodoroddagi galogenga qaraganda kuchliroq bog’ hosil qilar ekan. Ammo galogenli alifatik birikmalar orasida ham almashinish reaktsiyasiga qiyin kirishadiganlari bor, bu xil moddalarga to’yinmagan galogenli birikmalar (masalan, CH2CH = CHC1) misol bo’la oladi. Galogen yadroda bo’lgan aromatik birikmalarda ham galogen to’yingan uglerod atomiga bog’langan deb bo’lmaydi. Lekin Kekule formulasiga ko’ra, galogenni qo’shbog’ qoshda deb qarash mumkin. Demak galogenli aromatik birikmalarning barqaror modda ekanligi shu bilan tushuntiriladi. Galogen yadroda bo’lgan aromatik birikmalar efir ishtirokida magniy metali bilan reaktsiyaga kirishib, fenilmagniybromid yoki fenilmagniyxlorid hosil qiladi:
Hosil bo’lgan bu xil moddalar grinyar birikmalari xossalariga ega bo’ladi.
Agar galogenga nisbatan orto- va para-holatlarda NO2, CN, —COOH kabi «manfiy» o’rinbosarlar turgan bo’lsa, galogen reaktsiyaga oson kirishuvchan bo’ladi. Bioorganik kimyo fani bilan mashg'ul olimlar bu reaksiyadan tabiiy polimer hisoblangan oqsil molekulasining tarkibida aminokislotalar ketma-ketligini aniqlashda unumli foydalanadilar;
2,4-dinitroftorbenzol
Aksariyat holatlarda kerakli anion tutgan bir valentli Cu tuzlaridan foydalanadi.
Galogenarenlar orasida yodarenlar oson reaksiyaga kirishadi. Reaksiyada Cu yoki Cu tuzlarining ahamiyati unchalik aniqlanmagan. Cu ioni aktiv zarracha bo’lib, u aktseptor sifatida qatnashadi va galogen atomi bilan yoki benzolning -elektron sistemasi bilan zaryad ko’chirish kompleks hosil qiladi deb faraz qilinadi.
Ikkala holatda ham C-X bog’idagi uglerod atomidagi elektron zichligi kamayib (’),bu o’z navbatida reaksiyaning borishiga ijobiy ta’sir qiladi. Aromatik yadroga bog’langan galogenning boshqa gruppa va elementlarga almashinishi katalizator ishtirokida va yuqori temperaturada tezlashadi. Bunda katalizator sifatida mis kukuni ishlatiladi. Ulman reaksiyasi orqali qo’zg’aluvchan vodorod atomlari bor molekulalarga yoki qo’zg’aluvchan vodorod atomlari metallarga almashgan-molekulalarga aromatik radikallar kiritish mumkin. Bu xil reaksiyalar arillash reaktsiyasi deyiladi. Bularga bir necha misollar keltiramiz.
Galogeni yon zanjirda bo’lgan aromatik birikmalar galoidalkillarga xos bo’lgan barcha reaktsiyalarni beradi, ba’zida esa galogenlkillarga qaraganda oson reaktsiyaga kirishadi. Masalan, benzilxlorid natriy karbonatning suvdagi eritmasi ta’sirida oson gidrolizlanadi:
Benzilbromidning uchlamchn aminlar bilan reaktsiyaga kirishib to’rtlamchi tuzlar hosil qilishi n- propilbromidning uchlamchi amillar bilan reaktsiyaga kirishib to’rtlamchi tuz hosnl qilishiga qaraganda 300 marta tez sodir bo’ladi.
Umuman benzol galogenli hosilalarining almashinish reakiiyasi benzolning almashinish reakiiyasiga qaraganda qiyinroq boradi.
Ishqorlarning konsentrlangan eritmalari ta’sirida galogenarenlar galogenalkenlar kabi degidrogenlanadi, ya’ni HX ajralib chiqadi. Lekin xosil bo’lgan uch bog’ tutuvchi zarrachani ajratib olib bo’lmaydi. Chunki bu zarrachalar juda faol bo’ladi. kuchli asos(odatda litiyorganik birikma) galogenaren molekulasidan protonni ajratib oladi, natijada karboanion hisoblanadi. Karboanion X-ajralib chiqish bilan o’ziga hos neytral zarracha-degidrobenzol hosil bo’ladi (G.Vittng)
Degidrobenzolning stukturasini tasvirlash qiyin. Uni qo’shni uglerod atomlarida lokallashgan zaryadlar tutgan mezomer struktura yoki biradikal shaklida yozish mumkin. Eritmada degidrobenzolni dien sintezi yordamida bog’lash mumkin. Odatdagi uch bog’li strukturaning mavjud bo’lish ehtimoli juda kam, chunki biradikalda ikkita p-orbitalning o’zaro qoplanishi juda kichik.
Degidrobenzol faol dienofil bo’lib 1,3 dienlar va antrsenga birikadi.
Reaksiya natijasida triptisen hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |