Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya



Download 2,56 Mb.
bet38/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117

4-SEMESTR


1-Mavzu: O‘rta Osiyo shaharlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. (2 soat) Reja.

  1. Shaxar tarixiy tushunchasini anglashdagi ilmiy uslubi yondashuvlar.

  2. Qadimgi Sharq shaxar markazlarini paydo bo‘lishining asoslari va shart-sharoitlari.

  3. O‘zbekiston xududlarida ilk shaxarlarning paydo bo‘lish xususiyatlari.

Tayanch so‘z va iboralar: Shahar, shahar tushunchasi, Qadimgi Sharq, Hind, Xarappa, Jarqo‘ton, sivilizatsiya, madaniyat, davlatchilik, urbanizatsiya, bronza, ilk temir, moddiy madaniyat, arxeologik yodgorlik, arxeologiya.
Adabiyotlar:

  1. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.

  2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.:

O‘zbekiston. 2017.

  1. Asqarov A. Eng qadimgi shahar. T.., 2000.

  2. Asqarov A.A., Shirinov T.Sh. Rannyaya gorodskaya kultura epoxi bronzы Sredney Azii. Samarqand. 1993.

  3. Asqarov A.A., Shaydullaev Sh..B. Baqtriyaning bronza va ilk temir davri madaniyatlari xronologiyasi

// O‘zbekiston tarixi moddiy madaniyat va yozma manbalarda. – Tashkent: Fan, 2005.

  1. Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. –Toshkent.: “O’ZBEKISTON”. 2015. 670 b.

  2. Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda. O‘quv qo‘llanma. T.: O‘qituvchi, 1996.

  3. Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 2004.

  4. Shamsutdinov R.,Mo‘minov X. O‘zbekiston tarixi. T., «Akademnashr», 2019.-B.568.

  5. Matbabaev B.X.,Mashrabov Z.Z. Andijon tarixi.(Qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha) –

Toshkent:. “Sharq”.2014.-B.280.

  1. Matboboev B.X. O‘zbek davlatchiligining ilk bosqichlarida Farg‘ona // O‘zbek davlatchiligi tarixida qadimgi Farg‘ona. – Namangan, 2001.

  2. Eshov.B. sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. – Toshkent: Zar qalam, 2004; 126 b.

  3. Eshov B.J. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. Darslik. Toshkent. 2008.

  4. Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - T.: Yangi asr avlodi, 2012.-B.556.

O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi jahon tarixi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mintaqa ilk shaharlari Qadimgi Sharqning madaniy, iqtisodiy va siyosiy shahar markazlari bilan uzviy aloqada o‘ziga xos yo‘nalishda taraqqiy etgan. Jumladan, O‘zbekiston hududlaridagi ilk shaharsozlik va davlatchilik jarayonlari ham Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining muhim bo‘g‘inini tashkil etgan. O‘rta Osiyo hududlarida eng qadimgi davrlardan boshlab turli tarixiy-madaniy jarayonlar taraqqiy topgan.
Mintaqa qulay geografik joylashuvga ega bo‘lib, Sharq va G‘arb mamlakatlarini iqtisodiy va madaniy aloqalar tizimida bir-biriga bog‘lab turgan.
Urbanizatsiya jarayonlarini tadqiq etish jahon tarixi fanining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Qadimgi shahar madaniyati zaminida o‘zbek davlatchiligining asosiy omillari va poydevori yotadi. Shaharsozlik va davlatchilik tarixi masalalarini o‘rganish zaruriyati Respublika Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan maxsus ta’kidlab o‘tildi.
Ilgarigi davr tarixiy adabiyotlarda kam hollarda «O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi», «Turon–
Movarounnahr sivilizatsiyasi» tushunchasi ishlatilar edi. «O‘zbekiston sivilizatsiyasi» degan so‘z esa umuman tilga olinmagan edi. So‘nggi yillarda turli shaharlarning yubileylari munosabati bilan o‘tkazilgan maxsus ilmiy-tadqiqotlar va yangi kashfiyotlar natijasida O‘rta Osiyo urbanizatsiyasi muammolariga qiziqish yanada kuchaydi va turli qadimgi shaharlarning tarixi yoritildi. To‘plangan ilmiy ma’lumotlar, fanga joriy etilgan dalillar O‘rta Osiyo shaharlari tarixini yangi asoslarda tadqiq etish, ilmiy yondashuvlar va konsepsiyalarni umumlashtirishni dolzarb vazifalardan biriga aylantirdi.
Yurtimizda ilk shaharsozlik asoslarining paydo bo‘lishi, shakllanish bosqichlari asosan yozuvsiz davrlarga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda arxeologik ma’lumotlarning ahamiyati nihoyatda ulkan bo‘lib, ilk shaharlar tarixini tadqiq etishda, ulardan asl manbalar sifatida foydalanish dolzarbdir. Mashhur arxeolog olim B.A.Ribakovning fikricha, arxeologiyaning tarixiyligi nafaqat tarixning turli davrlaridagi voqealarni tashqi bog‘lanishi va izchilligiga qarab tasvirlabgina qolmasdan, balki qator muhim tarixiy muammolar: xo‘jalik tarixi, ijtimoiy rivojlanish tarixi, din va san’at, etnogenez va qadimgi qabilalar migratsiyasi tarixi, davlatchilikning paydo bo‘lishi masalalari, antik yoki o‘rta asrlar shaharlari masalalari, savdo-sotiq tarixi, madaniyatlarning o‘zaro almashinuvi kabi masalalarni o‘rganish bilan izohlanadi.
Haqiqatan ham, moddiy madaniyat-tarixning eng qadimgi bosqichlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanib, jamiyatnng olg‘a qarab rivojlanish xususiyatlarini va qonuniyatlarini ko‘p miqyosli turli-tuman materiallar orqali ochib berishga imkoniyat yaratadi.
Ayni paytda, haqiqiy tarixni ochib berish maqsadida arxeologik manbalarni tahlil qilish va qayta ishlash talab etiladi. Ushbu uslubiy yondashuv to‘laligicha shahar madaniyatining dastlabki bosqichlari uchun ham xosdir. Bu jarayonni o‘rganish uchun tarixiy va arxeologik o‘rganish uslublarining tahlili o‘ta muhimdir.
O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar shaharlari va shahar manzilgohlarining o‘rganilish tarixi 100 yildan ziyodroq vaqtni o‘z ichiga oladi (bu jarayon xazina izlovchilar va havaskorlar qazishmalaridan boshlanib, ko‘p hollarda ilmiy uslubga rioya qilinmagan). Bu davrda ko‘p sonli maqolalar va to‘plamlar, mintaqaning ma’lum viloyatlari (Parfiya, Marg‘iyona, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona va Choch) shahar madaniyati tarixiga bag‘ishlangan monografiyalar bo‘limlari nashr yuzini ko‘rdi.
O‘rta Osiyoda ilk shaharlarning taraqqiyot bosqichlari mavzusi bo‘yicha bugunga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlar orasida mintaqada shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi tarixini to‘la holicha qamrab oluvchi ilmiy tadqiqotlar juda kam. Ular asosan alohida shaharlar va tarixiy-madaniy viloyatlardagi shaharsozlik madaniyatiga bag‘ishlangan. Antik va o‘rta asrlar davri shaharlar taraqqiyoti haqida ko‘pdan-ko‘p ishlar amalga oshirilgan. Ammo mintaqada ilk shaharsozlik tarixi butun mintaqa miqyosida ilmiy tadqiqot sifatida etarli darajada o‘rganilmagan.
Ayniqsa, qadimgi shaharlarning iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy va hududiy funksiyalari, ularning bir-biriga ta’siri va aloqadorligi haqida yoritilgan ma’lumotlar kam bo‘lib, ushbu dolzarb mavzu maxsus tahlilga muxtoj. Mavjud manbalar va ma’lumotlar qadimgi shaharlarni ishlab chiqarishning turli sohalari markazlari, iqtisodiy va texnologik yangiliklar maskanlari sifatida chuqurroq o‘rganilishiga imkon beradi.
Qadimgi shaharlar tarixini o‘rganishning eng asosiy xususiyatlaridan yana biri shundaki, sivilizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan yangi shaharsozlik madaniyati markazlarining turli hududlarda paydo bo‘lishi o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, jamiyat rivojlanishining o‘zaro aloqalari va umummadaniy an’analarida ham kuzatiladi. Masalaning kam o‘rganilgan ushbu jihatlarini tadqiq etish muhim vazifadir.
Ilk shaharlar tarixida ro‘y bergan madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni, ilk shaharlar taraqqiy etishining asosiy omillari va sabablarini zamonaviy yondashuvlar asosida aniqlash maqsadidan kelib chiqib, darslik oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yildi:
-qadimgi O‘rta Osiyo shahar madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi tarixi mavzusida tarixiy mazmunga ega maxsus tadqiqotni yaratish jarayonida arxeologiya ma’lumotlarini tarixiy manba sifatida umumlashtirish hamda arxeologik ma’lumotlarni tarixga yo‘naltirishning beqiyos ahamiyatini ko‘rsatib berish;
-«shahar»ni tarixiy tushuncha sifatida izohlash haqidagi turli konsepsiyalar va yondashuvlarni ko‘rib chiqish va ushbu tushuncha bo‘yicha qilingan ilmiy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, ilk shaharlar haqidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar hamda konsepsiyalarni o‘zaro qiyosiy taqqoslash asosida ilmiy xulosalar chiqarish;
-ilk shaharlar paydo bo‘lish shart-sharoitlari va o‘ziga xos xususiyatlarini, asosiy omillarini arxeologik ma’lumotlar asosida qiyosiy va umumlashma holatda o‘rganish;
-Qadimgi Sharq va jahon tarixidagi ilk shaharsozlik madaniyati taraqqiyoti qonuniyatlarini tahlil etish, urbanizatsiya jarayonlarining yangi tarixiy-madaniy viloyatlar paydo bo‘lishidagi ahamiyatini ko‘rsatib berish;
-bronza va ilk temir davri O‘rta osiyoda shahar madaniyati rivojlanishining xarakterli jihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini qiyosiy tahlillar orqali ochib berish,
-mintaqadagi urbanizatsiya jarayonlari davrlashtirilishiga aniqliklar kiritish;
-janubiy Turkmaniston va O‘zbekistondagi ilk shahar markazlarini izohlash, O‘rta Osiyo shahar madaniyati rivojlanishining umumiy va o‘ziga xos jihatlarini tahlil etish;
-O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlatchilikning paydo bo‘lish asoslarini ko‘rib chiqish va bu jarayonda shaharlarning ahamiyatini, ularning iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy va hududiy funksiyalarini yangi ma’lumotlarga tayangan holda tadqiq etish;
-Ahmoniylargacha bo‘lgan davr qadimgi Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm va Farg‘ona shaharsozlik madaniyati tarixini umumlashtirilgan holda o‘rganish va xulosalar chiqarish;
-Ahmoniylar davri shaharsozlik madaniyatini arxeologik va yozma manbalarni qiyosiy taqqoslagan holda tadqiq etish.
Tarixiy hodisalar va voqealarning tarixiy aniqligida, tarixiy-madaniy taraqqiyot bosqichlarida shunday jihatlar borki ularni bir-biri bilan mantiqan taqqoslash, qiyosiy solishtirish asosida o‘rganish, qo‘yilgan masalaga ko‘pgina oydinliklar kiritishi tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan. Chunonchi, O‘rta Osiyo, umuman dunyo tarixida ro‘y bergan urbanistik (shaharsozlik) jarayonlar xususida turli davrlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etish va qiyoslash bu jarayonni chuqur va har tomonlama ta’riflash imkonini beradi. Shuning uchun ham ilk shaharlar tarixini haqiqiy manbalar – arxeologik va yozma ma’lumotlar asosida tahlil etish – jamiyatda ro‘y bergan qadimgi tarixiy-madaniy jarayonlarni anglab etishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Ko‘p hollarda "urbanizatsiya jarayoni" deyilganda turli davrlardagi tarixiy-madaniy bosqichlarda va shart-sharoitlarda turli vazifalarni bajargan shaharlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayonlari tushuniladi. Jamiyatda ro‘y bergan urbanistik jarayonlar va taraqqiyot darajasining asosiy omillari xususida tadqiqot ishlari olib borgan ko‘pchilik tadqiqotchilar «ilk shahar» yoki «shahar» tushunchasini birbirlariga bog‘liq bo‘lmagan holda turlicha talqin qilishlariga qaramay, ko‘p hollarda ular tadqiqotlari xulosalarining bir-biriga ancha yaqinligini kuzatishimiz mumkin. Shunisi diqqatga sazovorki, ko‘pchilik tadqiqotchilar (V.Masson, B. Litvinskiy, V.Sarianidi, I.Dyakonov, A.Asqarov, T.Shirinov, B. Udemurodov, I. Masimov va boshq.) O‘rta Osiyodagi urbanistik jarayonlarning asoslari eng qadimgi davrlarga borib taqalishini ta’kidlagan holda, uning boshlanishini eneolit-bronza davri bilan belgilaydilar va o‘z xulosalarini dalillar bilan isbotlashga xarakat qiladilar.
Avvalo shunga e’tibor berish lozimki, tarixiy, ilmiy va sotsiologik adabiyotlarda ko‘plab uchraydigan «urbanizatsiya» («shaharlashish», «shaharlashuv», «shaharlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi» yoki «shaharsozlik madaniyati») tushunchasining mohiyat va mazmunini tadqiqotchilar turlicha talqin etadilar hamda bu borada ular orasida aniq bir fikrga kelinib, yagona konsepsiya yaratilmagan.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borgan mutaxassislarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lishimiz mumkin:

  • xorijlik tadqiqotchilar. Ular o‘z ilmiy ishlarida urbanizatsiyaning jamiyat taraqqiyotida etakchi o‘rinda turishini ta’kidlagan holda, qishloqlar va shahar atroflarining ham shahar qulayliklaridan keng foydalanganligini e’tirof etadilar (Soberg, Trigger, Kristaller, Oppenxeym, Veber va boshq);

  • sobiq ittifoq davridagi tadqiqotchilar. Ular ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarga turli hududlarda shaharlar sonining ortib borishi hamda shahar aholisining ko‘payib borishini asosiy mezon qilib olgandilar (V. Masson, B. Litvinskiy, M. Dyakonov, E. Rtveladze, A. Sagdullaev va boshq.);

  • ushbu guruhdagi toifaga kiruvchi tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlariga migratsiya (ma’lum hudud aholisining shaharlarga ko‘chishi va orqaga qaytishi) qadimgi yo‘llar va xalqaro aloqalar jarayonlarini asosiy mezon qilib olishgan. (V.Sarianidi, A.Asqarov, T.Shirinov va boshq.).

Ibtidoiy turmushdan jamiyat rivojlanishining nisbatan yuqori pog‘onasiga o‘tishning umumiy manzarasini tadqiq etish hozirgi kunda uslubiy yondashuvni yanada chuqurlashtirish hamda ushbu tadqiqotlarda aniq yo‘nalish ishlab chiqishni talab etmoqda. SHu nuqtai nazardan ham shaharlarni urbanizatsiya jarayonining asosiy mezoni sifatida talqin etish masalasi nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Metodologik jihatdan shaharni faqat yangi shakldagi jamiyat toifasiga kiruvchi hodisa emas balki, muhim va asosiy omil deb hisoblash ham nihoyatda muhimdir. Fikrimizcha, bu jihatdan shaharlarning paydo bo‘lishini tuzumdagi yangi ijtimoiy belgilarning yuzaga kelishi va shakllanayotgan tuzum aloqalari hamda munosabatlari bilan emirilayotgan ibtidoiy jamiyat o‘rtasidagi qarama qarshilikni bartaraf etuvchi jarayon sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
Dastlabki shaharlar markazlarining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish shaharlar tarixini o‘rganish uchun nihoyatda muhimdir. Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil jarayonida foydalaniladigan tushuncha nuqtai nazaridan qadimgi shaharlar-aholi bir erda zich joylashgan joy, ishlab chiqarish qurollari va vositalari markazlashgan hudud, madaniy va mafkuraviy imkoniyatlar markazi, o‘ziga xos hunarmandchilik va savdo-sotiq vazifalarini bajaruvchi yirik punktlar sifatida izohlanadi.
Turli tarmoqlar markazlashgan hudud sifatida shaharlarning ahamiyati avvalo, zich qurilgan inshootlar va mahobatli me’morchilikning rivojlanishi bilan izohlanadigan shakliy xususiyatlarda o‘z aksini topadi. Ma’lumki, ibtidoiy jamoa munosabatlari emirilishi bilan me’morchilikda, odatda, shahar markazlarida joylashadigan nufuzli inshootlar – qal’a, saroy va ibodatxonalar majmualarining o‘ziga xos qurilish uslublari ishlab chiqiladi. Aholi joylashuvining miqdoriy belgilari turli xo‘jaliklardagi, birinchi navbatda, dehqonchilik tizimidagi aholi zichligi bilan mos tushmog‘i lozim. Ma’lum hududni yoki manzilgohni (qishloqni) shahar sifatida izohlashda tashqi miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan birga ichki sifatiy va tuzilishga oid o‘zgarishlar ham nihoyatda muhimdir.
I.Shifmanning fikricha, shahar erkin aholining ijtimoiy tashkilot shakli sifatida o‘zining ichki va tashqi ishlarida mustaqil hokimiyatni u yoki bu darajada amalga oshiradigan fuqarolar jamoasini o‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy uyushma sifatida shahar hokimiyat organlarining ma’lum tartibiga ega bo‘ladi. SHahar uyushmasi uchun mustahkamlangan markaz va markazdan chetda bo‘lib, unga bo‘ysunuvchi fuqarolarning turli inshootlardan iborat turar joylari mavjudligi ham xosdir. SHahar qishloq jamoalaridan paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Fikrimizcha, shaharlarning qishloq jamoalardan farqi shundaki, u o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlardan tashqari davlatga xos bo‘lgan xususiyatlarni ham o‘zida mujassamlantiradi.
O‘z xususiyatiga ko‘ra «shahar»ni ta’riflash turlicha bo‘lishi mumkin. Shaharlar uchun faqat bir narsa – ular bir-biriga tutash (nisbatan bo‘lsa ham) manzilgohlarni, aholi yashash hududini, bir yoki bir nechta alohida joylashgan turar joylarni o‘zida aks ettirishi umumiydir. Odatda, «shahar» deyilganda bu atamadan boshqa yana bir miqdoriy belgi – shahar katta manzilgoh ekanligi ham nazarda tutiladi. Bizningcha, ushbu atama o‘z ma’nosiga deyarli mos tushadi. Xususan, O‘rta Osiyo, umuman dunyo tarixidagi eng qadimgi shaharlarning shakllanishi va rivojlanishini tahlil etganimizda ushbu fikrning to‘g‘riligi ayon bo‘ladi.
Sotsiologik nuqtai nazardan «shahar» – bir-biriga tutash uylardan iborat aholi zich joylashuvi turar joylari sifatida izohlanadi. Bunday ta’rifdan so‘ng katta qishloqlarni «shaharlar» deb hisoblash bilan kifoyalanish ham mumkin. Fikrimizcha, ushbu ta’rifning haqiqatga qanchalik yaqin ekanligi va ob’ektivligi umumiy tarixiy-madaniy shart-sharoitlarga (paydo bo‘lish shart-sharoitlari, aloqalari, joylashuvi va boshq.) bog‘liqdir.
Iqtisodiy nuqtai nazardan shaharni aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi emas, balki, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi hudud sifatida ta’riflash mumkin. Bizning fikrimizcha, shunga o‘xshash barcha hududlarni ham «shaharlar» deb atash maqsadga muvofiq emas. Tarixiy adabiyotlarda odatda, viloyat va tumanlarning madaniy, xo‘jalik va ma’muriy markazlari bo‘lgan yirik manzilgohlar «shaharlar» sifatida talqin etilib, ular haqiqatdan ham, tom ma’nodagi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Arxeologik tahlil paytida ishlatiladigan tushuncha nuqtai nazaridan qadimgi shaharlar – aholi markazlashib yashaydigan yirik hududlar, ishlab chiqarish va madaniy markazlar, muntazam savdosotiq va hunarmandchilik vazifalarini bajaruvchi o‘ziga xos markazlar sifatida kuzatiladi va talqin etiladi. Qadimgi manzilgohlarning paxsa uylardan iborat zich qurilgan inshootlarini hisobga olgan tadqiqotchilarning fikricha, ularning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan miqdoriy chegara o‘lchamlari ilk shahar markazlari shakllanib rivojlangan Mesopotamiya va qadimgi Baqtriya uchun 6-7 gektardan iboratdir. Tadqiqotchilar aynan shunga o‘xshash, ya’ni maydoni 6-7 gektardan ortiq barcha manzilgohlarni «shaharlar» deb e’tirof etadilar. Shuningdek, O‘rta Osiyoning janubidagi ilk shaharlarning minimal maydonining shartli chegarasi 3-6 gektar bo‘lishi mumkin degan fikr ham bor. Bu o‘rinda shaharlar uchun xos bo‘lgan boshqa ko‘pgina xususiyatlarni ham hisobga olish o‘ta muhimdir. Fikrimizcha, ichki, sifatiy va rejaviy xususiyatlar ham nihoyatda muhimki, ular tashqi va miqdoriy o‘zgarishlar bilan bir qatorda ayrim manzilgohlar guruhini «shaharlar» deb ta’riflash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchi bir jamiyatga o‘tish davrida shaharlarning paydo bo‘lish jarayoni ham muammoli masala hisoblanadi. Bu davrda «shahar tuzilmalari» ilk dehqonchilik qabilalarining ilgari mavjud bo‘lgan tuzilmalari asosida o‘sib boradi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, bu jarayonni «shaharsozlik inqilobi» deyish mumkin. «Shaharsozlik inqilobi» deganda, ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladigan va mehnatning ikkinchi yirik taqsimoti (bronza davrida hunarmandchilikning boshqa xo‘jalik turlaridan alohida ixtisoslik sifatida ajralib chiqishi) bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hamda qadimgi sivilizatsiyalar iqtisodiy va madaniy shakllanishiga olib keladigan aniq tarixiy jarayonni tushunish lozimdir.
«Shahar» tushunchasini turli tadqiqotlar asosida tahlil etib talqin qilar ekanmiz, shunga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladiki, bu tartibda asosiy belgi shaharning o‘zi hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda «shahar» tushunchasini har tomonlama izohlash nihoyatda muhimdir. Demak, bu boradagi ayrim tadqiqotchilar qarashlarini qiyoslaymiz. I.M. Dyakonov «shaharni» atrof manzilgohlar unga tutash markaz, Shuningdek, ixtisoslashgan hunarmandchilik, mahsulot va boshqa turdagi almashuvlar hamda zahiralari markazi deb hisoblaydi. V.M. Masson esa, anchagina umumiy va ko‘pchilikka ma’lum ushbu izohga «yirik markaz» tushunchasini ham qo‘shish lozim4 degan fikrni bildiradi. V.I. Ionesovning fikricha, «ilk shahar» sivilizatsiyasi paydo bo‘lishi va rivojlanishi yo‘nalishidagi ijtimoiymadaniy jarayonlar avvalo, bo‘linib ketish va alohida birlashish yo‘llari orqali takomillashib, rivojlanib boradi.
Juda ko‘plab arxeologik materiallar tahlili asosida xulosa chiqargan T.Shirinovning fikricha, bronza davri O‘rta Osiyoning ilk shaharlari qishloq xo‘jalik atrof hududlar markazi, vohalarning hunarmandchilik, ma’muriy va diniy markazi edi.
Ma’lumki, o‘tgan asrning o‘rtalarida ingliz olimi G.Chayld boshqa belgilardan tashqari aholisi 5000 va undan ortiq bo‘lgan aholi yashash hududlarini «shahar» deb hisoblash mumkinligi haqida taklif kiritgan edi. Bu holat, misol uchun dehqonchilik aholisining zichligi yuqori bo‘lgan Mesopotamiya uchun xos bo‘lishi mumkin. Ammo boshqa hududlardagi aholisi ancha kam bo‘lgan kichik shaharlarni ma’lum bir toifalarga yoki guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Tuzilish-vazifaviy tahlil nuqtai nazaridan qadimgi shaharlar yagona bir butun tizim sifatida izohlanishi mumkinki, bunda asosiy belgilar (reja, o‘lcham, ishlab chiqarish markazlari, me’moriy inshootlar, shahar madaniyati va boshqalar) bir-biriga munosabat nuqtai nazaridan tashqi ob’ektlarni emas, balki shu munosabatlar tufayli butunlay yangi sifat oladigan mazkur tizimning o‘zaro bog‘liq qismini o‘zida aks ettiradi.
Shahar tushunchasini anglash va uni ishlab chiqishdagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar haqida gap ketar ekan, I.M. Dyakonov va V.A. YAkobsonlar mil. avv. III ming yillik qadimgi Shumer misolida shahar-davlatlar shakllarini aniqlovchi ayrim belgilarini ajratadilar. Bular - unchalik katta bo‘lmagan hudud, bir hududiy jamoa yoki bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan bir nechta jamoa chegarasida joylashuv, tabiiy chegaralar: tog‘lar, atrof vohalar, dashtlar, sug‘orish kanallari o‘rab turgan kengliklar, bosh xudo ibodatxonasi va uning atrofida ma’muriy xo‘jalik hamda hunarmandlar ustaxonalari joylashgan markazlar, bu hududni o‘rab turgan devorlardir. Fikrimizcha, ushbu konsepsiya, «ilk shahar» tushunchasining ko‘pgina jihatlarini o‘zida mujassamlantiradi va bu jarayonni izohlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, Dyakonov – Yakobson konsepsiyasiga ko‘ra, qadimgi Sharq ilk shaharlari asosan ma’lum bir butun vohalarning iqtisodiy-siyosiy markazlari sifatida, butun vohada etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini markazlashtirish va qayta taqsimlash vazifasini bajargan. YA’ni bu funksiya ilk davlatchilik tizimi kuchi bilan amalga oshirilib uning markazi ilk shahar tuzilishida mujassamlashgan:
ma’muriy hokimiyat – saroyda, diniy-mafkuraviy hokimiyat esa ehromlarda, ya’ni Sharqda ilk shaharlarning asosiy vazifasi shakllanayotgan ilk davlatlarning iqtisodiy hayotini boshqarib uni taraqqiyot sari yo‘naltirgan.
Bu konsepsiya haqiqatga ancha yaqin bo‘lib ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan. Fikrimizcha, uni ko‘p hollarda mil.avv. III ming yillikdayoq tom ma’nodagi davlatchilik shakllana boshlagan Misr va Mesopotamiyaga nisbatan qo‘llash mumkin. O‘rta Osiyoning janubidagi Oltindepa, Namozgoh, Sopolli, Jarqo‘ton kabilar ma’lum davlatlarning markazlari emas edi. Chunki, bu davrda hali davlatlar paydo bo‘lmagan edi. Boshqa hududlarda esa bu jarayon nisbatan kechroq boshlangan.
V.V.Bartold tomonidan ishlab chiqilgan shahar haqidagi konsepsiya O‘rta Osiyo shaharsozligi masalalarini tadqiq etish jarayonida nisbatan ko‘proq yoyilgan bo‘lib, tadqiqotchi bu konsepsiyasida IX-XII asrlar shaharlari uchun uch qismli tuzilish (ark, shahriston, robot) xususiyatli deb hisoblaydi.
Ammo shunga e’tibor berish lozimki, ushbu xususiyat faqat o‘rta asrlar shaharlariga xos bo‘lib, yanada qadimgiroq davr shaharlari tuzilishi ko‘p hollarda bundan mustasno.
So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ilk shaharlar rivojlanishida yagona reja yo‘qligi va uch qismli shahar tuzilishi O‘rta Osiyoning barcha shaharlari uchun xos emasligi tasdiqlanmoqda. Fikrimizcha, ushbu holat, tabiiy-geografik shart-sharoitlar va albatta, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy-siyosiy omillar bilan izohlanadi.
T.Sh.Shirinovning fikricha, «shahar» tushunchasini izohlayotgan paytimizda izohlanayotgan shahar qaysi davrga oid ekanligi nihoyatda muhimdir. Chunki, dastlabki shaharlar, antik davr yoki o‘rta asrlar shaharlari tuzilishi va bajargan vazifasi nuqtai nazaridan bir xil bo‘lmasligi mumkin. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, qadimgi manzilgohlarni o‘rganishda gektarlarda aks etadigan hududiy
(yoki o‘lchovga oid) yondashuv «shahar» tushunchasini ifodalash uchun unchalik ham ishonchli emas. Ammo bu yondashuvni butunlay inkor etib ham bo‘lmaydi. Bu holatni ayniqsa, O‘rta Sharq sug‘orma dehqonchilik madaniyati manzilgohlarini o‘rganish jarayonida kuzatish mumkin. O‘lchamlari nuqtai nazaridan «shahar» tushunchasi izohlanayotgan paytda ilk shaharning shartli chegara maydoni 3-6 gektar bo‘lishi mumkin. SHunday o‘lchamga ega bo‘lgan manzilgohlarning ichki tuzilishini hisobga olgan holda ularni shaharlar safiga kiritish mumkin.
Tadqiqotchilar «shahar» tushunchasini ularning vazifaviy holati nuqtai nazaridan ham ifodalaydilar. Bu borada tadqiqotchilarning bir-birini inkor etuvchi turli fikrlari mavjud. Ayrim xorijlik olimlar manzilgohlarning bosqichma-bosqich rivojlanishida siyosiy jihatdan ustun mavqega ega bo‘lgan har qanday manzilgohni shahar deb e’tirof etadilar.
Boshqa bir guruh olimlar esa aholisi dehqonchilik bilan shug‘ullanmaydigan manzilgohlarning barchasini shaharlar qatoriga kiritishni taklif etadilar. YAna bir guruh olimlar esa faqat siyosiy markaz vazifasini bajargan manzilgohlarni shaharlar deb hisoblaydilar.
O‘rta Osiyoning ilk shaharlari dastavval, xo‘jalik hamda ma’lum dehqonchilik vohalarining markazlari bo‘lib, ulardagi aholi geografik sharoitlardan kelib chiqib, ko‘p hollarda atrof hududlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ochilgan ko‘p sonli moddiy madaniyat buyumlari shundan dalolat beradiki, bronza davri O‘rta Osiyoning ilk shaharlari atrof qishloq xo‘jalik markazlari, ma’muriy va diniy markazlar hisoblangan. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, ilk shaharlar vazifaviy holatida savdo-sotiq, harbiy, siyosiy va madaniy jarayonlar ham muhim o‘rin egallagan.
O‘rta Osiyoda urbanizatsiya jarayonlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalalari hali ko‘plab tadqiqotlar talab etishiga qaramay, tadqiqotchilarning turli fikrlarini umumlashtirib tahlil etganimizda shu narsa aniq bo‘ladiki, dastlabki, eng qadimgi shaharlarga hozirgi «shahar» tushunchasi nuqtai nazaridan yondoshish maqsadga muvofiq emas. CHunki, paydo bo‘lish va shakllanish nuqtai nazaridan, hamda asosiy shaharsozlik belgilari va bajargan vazifasi nuqtai nazaridan ilk shaharlar hozirgi, hattoki, o‘rta asrlar shaharlaridan ham keskin farqlanadi.
Olib borilgan tadqiqotlar shunday xulosa chiqarish imkonini beradiki, dastlabki shaharsozlik madaniyati dunyoning turli hududlarida turli davrlarda shakllanib rivojlanganligi kabi, shaharlar paydo bo‘lgan ilk davrida yoki rivojlangan davrida turli vazifalarni bajargan va turli bosqichlarda taraqqiy etish jarayonida turli davrlarni boshdan kechirgan bo‘lishi mumkin.
Shaharlar tarixini tahlil etish jarayonida markaziy poytaxt shaharlaridan tashqari, shahardavlatlar, agrar (dehqonchilik) shaharlar, savdo shaharlari (ayrim hududlarda port shaharlar) va shu kabilar bo‘lganligini kuzatishimiz mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha, har bir tarixiy davrda o‘sha davr tarixiy-madaniy jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari va taraqqiyotidan kelib chiqib o‘ziga xos «shahar» tushunchalari bo‘ladi. Misol uchun, «ilk shaharlar», «antik davr shaharlari», «o‘rta asr shaharlari» va hokazo. Shuning uchun ham urbanizatsiya jarayonining turli davrlardagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib shaharlarni eng qadimgi, qadimgi, o‘rta asrlar va zamonaviy shaharlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu o‘rinda ular o‘sha davrda bajargan vazifalarini hisobga olish ham nihoyatda muhimdir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, shahar – odamlarning nisbatan qadimgi va shu bilan birga eng zamonaviy hududiy joylashuv shakli bo‘lib, uning taqdiri va gullab-yashnashi bilan unda yashovchi har bir fuqaro qiziqishi tabiiydir. SHaharlarning paydo bo‘lishi, mavjudlarining rivojlanishi atrofmuhitning o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lib bu jarayon ijtimoiy tuzum taraqqiyoti va xususiyatini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, har bir tarixiy davr shaharsozligining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shahar – bu insoniyat tomonidan tabiiy yaratilgan hayotiy zarurat bo‘lib, uning har tomonlama faoliyat ko‘rsatishi uchun o‘ta muhimdir. Jamiyat taraqqiyoti natijasida shahar shakllanadi, rivojlanadi va kengayib boradi. Shahar – me’morchilik va qurilish faoliyatining nisbatan yuqori va murakkab ko‘rinishidir. Aynan Shuning uchun ham shaharlarning paydo bo‘lishi me’morchilik inshootlarining qad ko‘tarishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shahar – bu rejali, murakkab tuzilishga ega hudud bo‘lib bu erda ishlab chiqarish kuchlari, madaniy an’analar, ixtisoslashgan hunarmandchilik kabilar markazlashadi. Shaharlarning taraqqiy etishi ko‘plab omillar, avvalo, aholining o‘sishi va uning mehnat faoliyati hamda turmush tarzi bilan bevosita bog‘liqdir.
Jamiyatdagi ma’lum bo‘g‘in sifatida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi butun jamiyat hayotidagi chuqur sifatiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu tarixiy-madaniy rivojlanish natijasida shaharlar qishloqlardan kelib chiqadi. Ushbu jarayon natijasida ikkala qarama-qarshilik birlashuviga asoslangan jamiyat rivojlanishining davr taqozo etgan o‘ta muhim yangi qonuniyatlari ma’lum tuzum sifatida o‘rnatiladi. Muhim yangi ijtimoiy jarayon sifatida shaharlar shakllanishidagi dastlabki shart-sharoitlar ilg‘or va nisbatan jadal rivojlangan (ma’lum tarixiy va tabiiy sharoitlarda, albatta) jamiyatda, ko‘p qirrali mehnat taqsimoti jarayonining doimiy chuqurlashuvi natijasida paydo bo‘ladi.
Ilk shaharlarning paydo bo‘lish asoslari va omillari masalalari bo‘yicha turli yillarda V.M. Masson, B.A.Litvinskiy, A.A.Asqarov, V.I. Sarianidi, E.V.Sayko, I.M.Dyakonov, G.E.Areshyan, T.Sh.Shirinov, E.V.Rtveladze, A.S.Sagdullaev hamda qator xorijlik olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar. Ularning turli hajmdagi maqolalari va monografiyalarida ilk shaharlar paydo bo‘lish asoslari, omillari va shart-sharoitlar, dunyo tarixidagi qadimgi shaharlar bilan qiyosiy tahlil masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, kammahsul mehnat va ishlab chiqaruvchi kuchlarning nisbatan past darajasi sharoitida mehnat taqsimoti jamiyat rivojlanishining yagona asosi edi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, doimiy tabaqalanish jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatining ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va qo‘shimcha mahsulot o‘sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining murakkablashuviga olib keladi. Fikrimizcha, bu jarayon esa o‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-maishiy munosabatlarning keyingi tabaqalashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, sivilizatsiyaning eng qadimgi o‘choqlarida dastlabki dehqonlarning mehnat sharoitlari hamda ta’minoti, mehnatning tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tobora o‘ziga xos bo‘lib borayotgan tashabbuskorlik, bunyodkorlik, harbiy va diniy vazifalarning alohida bo‘lishiga olib keladi (2-jadval). Ayni paytda, dastlab tabaqaviy tengsizlik ko‘rinishida bo‘lgan ijtimoiy tabaqalanish bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, mulkiy tengsizlik va shaxsiy qaramlikning paydo bo‘lishi uchun imkoniyatlar yuzaga keladi.
Siyosiy jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanishning xususiyatlari va darajasini izohlash paytida, turli munosabatlarni emas, balki urug‘ jamoasining ustunlik qilishini hisobga olgan holda, qadimgi ko‘mish marosimlari, turar joylar va boshqalardan tabaqalanish haqidagi arxeologik ma’lumotlarning tarixiy tahliliga ehtiyotkorlik bilan yondashuv talab etiladi. Ko‘p qirrali mehnat taqsimotining umumiy tartibda ajralishi va turli ko‘rinishdagi boshqaruv vazifalari manzilgohlar turlarining o‘lchamlariga ko‘ra hamda jamoat ishlarining tashkiliy ahamiyatiga qarab tabaqalanishga imkoniyat yaratdi.
Demak, quyidagi shart-sharoitlar ilk shaharlar paydo bo‘lishi uchun asosiy va muhim o‘rinda turadi:

  1. Qishloq (manzilgoh)larning aholi soniga qarab kengayib borishi.

  2. Qishloq (manzilgoh)larda aholi tabaqalanishining boshlanishi.

  3. Mehnatning markazlashuvi va mehnat faoliyatining chuqurlashib borishi.

  4. Mehnatning yangi ehtiyojlarni qondirishdagi zaruriy shart sifatida ixtisoslashuvi (3-jadval).

Bronza davridagi mehnatning ikkinchi yirik taqsimoti ilk shaharlar shakllana boshlanishi uchun muhim imkoniyat yaratibgina qolmay, bu jarayonning asosiy iqtisodiy omili ham bo‘ldi. Ushbu mehnat taqsimoti natijasida hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Bu jarayon natijasida jamiyatda ishlab chiqarish bo‘g‘inlarining xususiyatlarida va uning tuzilishida o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatdagi ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning rivojlanishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti ilk shahar madaniyati paydo bo‘lishining dastlabki shart sharoitlari hisoblanadi. Tarixiymadaniy va ijtimoiy-tarixiy tadqiqotlar urbanizatsiya jarayoni shakllana boshlangan davrdagi ishlab chiqaruvchi iqtisod darajasi va ijtimoiy mehnat taqsimoti shakllarini aniqlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning mavjud darajasi alohida boshqaruv ittifoqi va ijtimoiy hayotni boshqarishga bo‘lingan jamiyat tashkilotining anchagina tabaqalashgan shakliga mos tushadi. Dastlabki shaharlarning ijtimoiy hayotdagi sifatiy yangilik darajasi o‘ziga xos bo‘lib, u har tomonlama qishloq jamoalari turmush tarzidan keskin farqlanadi.
Ilk shaharning paydo bo‘lishida ko‘plab ijtimoiy-madaniy xususiyatdagi omillar sabab bo‘lishiga qaramay, turli sharoitlarda u yoki bu guruh nisbatan ustunlik qiladi. Fikrimizcha, aniq tarixiy-madaniy sharoitlarda shahar madaniyatining shakllanishi ijtimoiy-iqtisodiy (hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi), harbiy-siyosiy (mudofaa inshootlariga bo‘lgan ehtiyoj) va boshqaruv (boshqaruv tizimining ajralishi) tartiblarining mavjudligi bilan uzviy bog‘liqdir.
Mehnat taqsimotini shaharlar paydo bo‘lishidagi asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rib chiqayotgan paytimizda bu jarayonning dastlabki davrda nisbatan tor hudud doirasida yuz berishini ham alohida qayd etish zarur. Shahar madaniyatining shakllanishi xo‘jalik-madaniy tiplar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti rivojlanib, ayrim jamoalar o‘rtasidagi mehnat taqsimotiga aylanish darajasiga mos keladi.
Ilk shahar madaniyatining muhim ko‘rinishlaridan biri – aholining turli qatlamlari yashovchi turli shakldagi aholi punktlarining paydo bo‘lishi va o‘zaro munosabatlari hisoblanadi. Bu o‘rinda shunga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladiki, shahar madaniyatining shakllanishi etnogenetik jarayonlarda sifatiy yangi bosqich boshlanganligidan dalolat beradi.
Mil. avv. IV ming yillikning oxiri – III ming yillikning boshlariga kelib O‘rta Osiyoning ko‘pgina hududlarida o‘troq dehqonchilik iqtisodiyoti va aholining o‘sishi natijasida yirik aholi manzilgohlari – oziq-ovqat zaxirasi, hunarmandchilik faoliyati, jamoa ibodatxonalari hamda hokimiyat organlari markazlashgan hududlarga – qishloq xo‘jalik viloyatlari yoki vohalarning markazlariga aylanib boradi.
Ilk shaharlarning vazifaviy holati hamda ularning ichki tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga, o‘z rivojlanish shakliga ega. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bronza davri O‘rta Osiyo shaharsozligining shakllanishida sug‘orma dehqonchilik asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, O‘rta Sharqning ayrim ilk shaharlari bundan mustasno (misol uchun, Afg‘onistondagi Mundigakning shakllanishida lojuvard-tranzit yo‘li katta ahamiyatga ega bo‘lgan).
Jahon tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, urbanizatsiya jarayonlari barcha hududlarda bir xil kechmagan va bu jarayon bir necha davr va bosqichlardan iborat. Misol uchun, mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Misrda Enxab (Nexen) va Buto shaharlari poytaxt shaharlar sifatida mavjud bo‘lgan bo‘lsa, mil. avv. III ming yillik boshlarida Mesopotamiyada Kish, Uruk, Lagash, Umma, Larsa kabi yirik shaharlar bor edi.
Qadimgi Elam va Erondagi dastlabki yirik shahar markazlari Suza, Anshan, SHahri So‘xta kabilar ham mil.av. III ming yillikning boshlariga oid.
Aynan mana shu davrda Hindistonda Mohenjodaro, Xarappa va Kalibangan kabi yirik shahar markazlari taraqqiy etadi. Dunyo tarixidagi ushbu ilk shahar markazlarining rivojlanish bir necha davrlarni o‘z ichiga oladi.
Dastlabki shaharlar o‘sha davr (ya’ni bronza davri - B.E.) uchun jiddiy ko‘rinish bo‘lib, ular boshqaruv va turli marosimlar markaziga aylanadi. Ularda hunarmandchilik ishlab chiqarish, aholi ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan manzillar, hukmdor va uning ma’muriyati, diniy marosimlar vakillari, Shuningdek, atrof qishloq xo‘jalik tumanlarida ishlovchilar mavjud edi. Ishlab chiqarishdagi iqtisodiyotning tashkil topishi, sug‘orma dehqonchilik va uy chorvachiligining rivojlanishi, dastlabki metallning (mis, bronza) o‘zlashtirilishi hamda ulardan mehnat, jangovar, uy-ro‘zg‘or buyumlarining tayyorlanishi va nihoyat, dastlabki shaharlarning paydo bo‘lishi insoniyat tarixida, jumladan, O‘rta
Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bronza davriga kelib O‘rta Osiyoning har bir tarixiy-madaniy vohasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlangan dehqonchilik asosida ilk shahar markazlari paydo bo‘la boshlaydi. O‘zida ilk shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi markazlarga hozirgi kunda Janubiy Turkmanistondagi
Oltindepa, Namozgohdepa, Ulug‘depa, Gonur I, Janubiy O‘zbekistondagi Sopollitepa, Jarqo‘ton, Shimoliy Afg‘onistondagi Dashli 3, Janubiy Afg‘onistondagi Mundigak, Janubi-Sharqiy Erondagi
Shahri So‘xta, Shimoliy Erondagi Hisor kabilarni kiritish mumkin.
Jamiyatdagi mavjud shart-sharoitlar va omillar mil. avv. III ming yillikning oxiri – II ming yillikning boshlariga kelib yuqorida ta’kidlaganimizdek, O‘rta Osiyo hududlarida o‘zida shaharsozlik madaniyati belgilarini aks ettiruvchi aholi manzilgohlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Dastlabki shaharlarda aholining turli ishlab chiqarishdan kelgan qo‘shimcha mahsuloti, yirik inshootlar – saroylar, ibodatxonalar, mudofaa inshootlari kabi qurilishlarda, madaniy va iqtisodiy aloqalarda o‘zining moddiy aksini topdi.
Jamiyat hayotida mehnatning ikkinchi ijtimoiy taqsimoti yuz berishi natijasida ixtisoslashgan hunarmandchilik taraqqiy etadi. Arxeologik ma’lumotlar ko‘hna shaharlarda hunarmandchilikning turli sohalari-kulolchilik, metallga ishlov berish, zargarlik kabi sohalari ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. O‘rta Osiyodagi dastlabki shahar markazlari ulardagi yirik qurilish inshootlari (saroylar, ibodatxonalar va boshq.) ko‘plab hunarmandchilik ustaxonalarining mavjudligi mavqei bilan qishloqlardan ajralib turadi.
Shaharlarni jamiyat taraqqiyotining etakchi omili sifatida yuzaga kelishi insoniyat rivojlanishi tarixidagi muhim voqea bo‘lib, bu jarayon ibtidoiy turmushdan sivilizatsiyaga, urug‘chilik tuzumidan davlatchilikka o‘tishning bosh va asosiy belgisidir. Tadqiqotchilarning ko‘pchiligi e’tirof etganlaridek, sivilizatsiya – insoniyat taraqqiyoti bo‘lib o‘tayotgan jamiyat hayotining ma’lum davrida paydo bo‘ladi. Sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi va yuksak darajada rivojlanishida shaharsozlik madaniyatining ahamiyati beqiyosdir. (2-jadval) Chunki, aynan ilk shahar markazlarida sivilizatsiya rivojini ta’minlovchi ko‘pgina tarixiy-madaniy jarayonlar bo‘lib o‘tgan.
Olib borilgan tadqiqotlarni tahlil qilish va solishtirish shuni ko‘rsatadiki, O‘rta Osiyo jumladan,
O‘zbekiston sivilizatsiyasi ham Sharqdagi dastlabki sivilizatsiyalar Mesopotamiya va Hindistonning Xarappa madaniyati bilan uzviy aloqada shakllangan va rivojlangan. Bu ikkala mashhur sivilizatsiyalar oralig‘ida joylashgan O‘rta Osiyo qadimgi Sharq xalqlarining yagona iqtisodiy va madaniy tizimga birlashuvida hamda ular o‘rtasidagi turli aloqalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. YUqorida ta’kidlaganimizdek, mil. avv. III ming yillikka kelib O‘rta Osiyo daryo vohalarida o‘lchamlari jihatdan kattagina bo‘lgan jamoat inshootlari, dushmandan himoyalanish vositasi bo‘lgan mustahkam devorlar paydo bo‘lishi dastlabki shaharsozlik madaniyati belgilari edi. III-II ming yilliklarga kelib esa, O‘rta Osiyo jamiyatida sodir bo‘lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari ilk shaharlarning keyingi rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ilk shaharlarning paydo bo‘lishi dastlabki davlatchilik shakllanishidagi eng muhim va asosiy omil bo‘lib, bu ikkala jarayon uzviy bog‘liq holda kechgan.
O‘ziga xos qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyati uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni bosib o‘tgan. Xususan, A.Asqarov va T.Shirinovlarning O‘rta Osiyoning janubidagi ilk shahar madaniyatiga bag‘ishlangan maxsus monografiyasida ta’kidlanishicha, O‘rta Osiyo jamiyati taraqqiyotidagi urbanistik jarayonlarning boshlanishi uzoq vaqt antik davr, deb hisoblanib, yanada qadimgi yodgorliklar nazardan chetda qolgan. Vaholanki, O‘rta Osiyoning shahar madaniyati qisqa muddatli tarixiy hodisa bo‘lmasdan, chetdan kirib kelmagan. Bu holat uzoq davom etgan urbanistik jarayonlarning natijasi bo‘lib, janubiy hududlarda bronza davridayoq boshlangan edi.
Demak, ayrim tadqiqotchilarning ilk shaharlar bosqichlari va taraqqiyot davrlari haqidagi ma’lumotlarini tahlil etamiz. O‘tgan asrdagi ingliz olimi V.Tarnning fikricha, O‘rta Osiyoda grekmakedon bosqiniga qadar mustahkamlangan manzilgohlar – shaharlar bo‘lmagan. Tadqiqotchi ushbu fikrini Pompey Trog va Chjan Szyan bergan ma’lumotlariga tayanib Baqtriya va Farg‘onaning ko‘p sonli shaharlari Grek-Baqtriya podsholarining ma’lum siyosati tufayligina paydo bo‘lgan deya asoslaydi.
Ammo S.P.Tolstov ko‘pgina ma’lumotlarga asoslanib, O‘rta Osiyoning ahmoniylargacha ham, undan keyinroq, ellinizm davriga oid bo‘lgan mustahkamlangan manzilgohlarining istehkomlarida hamda ularning ichki rejaviy tuzilishida grek madaniyatining ta’siri sezilmaydi, degan fikrni ilgari surdi.
E.V.Rtveladzening fikricha, S.P.Tolstovning bu fikri bir tomondan to‘g‘ri. Chunki, ahmoniylargacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo shaharlari tuzilishi o‘ziga xos bo‘lib, ularda tashqi ta’sir kam bo‘lgan. Ikkinchi tomondan esa o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab Baqtriya va Parfiya hududlarida olib borilayotgan ko‘p sonli arxeologik tadqiqotlar ma’lumotlari O‘rta Osiyoning ellinistik va kushonparfiya davri me’morchiligi va shaharsozligida ellinizmning ta’siri kuchli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga bu o‘rinda shuni ham alohida ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyoda hozirgi kunga qadar butunlay ellinizm shaharsozligi an’analariga asoslanib bunyod etilgan shaharlar aniqlanmagan (Oyxonim qo‘hna shahri bundan mustasno).
O‘rta Osiyo shaharsozligi madaniyati qadimgi davrlarga borib taqalishi ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan. B.A.Litvinskiy O‘rta Osiyo qadimgi shaharsozligi madaniyatini quyidagi bosqichlarga bo‘ladi:

  1. Dastlabki shaharmonand (protogorod) qishloqlar (mil. avv. III-II ming yilliklar).

  2. Eng qadimgi shaharlar (mil. avv. II ming yillikning oxiri –I ming yillikning birinchi choragi).

  3. Antik davr shaharlarining shakllanishi (mil. avv. VI-IV asrlar).

  4. Shaharsozlik dualizmi va O‘rta Osiyo ellinistik aralashuvning boshlanishi (mil. avv. IV – II asrlar).

  5. O‘rta Osiyo-Ellinizm-Hind madaniyati umumlashuvi va O‘rta Osiyo qadimgi shaharlarining nisbatan rivojlanishi (mil. avv. I – milodiy III – IV asrlar).

V.M.Masson esa O‘rta Osiyo urbanizatsiya jarayonini quyidagi ikki davrga bo‘ladi:
1). qadimgi Sharq (mil. avv. III ming yillikning oxiri mil. avv. I ming yillikning o‘rtalari): 2). antik davr (mil. avv. III – milodiy IV asrlar):
T. Shirinovning fikricha, tadqiqotchilar tomonidan taklif etilayotgan urbanizatsiya jarayonlarini davrlashtirish juda mushkul. Qolaversa, har bir tadqiqotchining o‘rtaga tashlagan fikri o‘sha tadqiqotchini o‘z materiali va ish uslubidan kelib chiqqan holda yaratiladi. Urbanizatsiya jarayonlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi qay darajada echilishiga qaramay, tadqiqotchilar bir narsaga umumiy fikr bildiradilar: Markaziy Osiyoda shaharlar boshqa joylarga nisbatan ancha oldin paydo bo‘lgan.
YUqoridagi qadimgi shaharlar rivojlanish bosqichlari va davrlari asosan O‘rta Osiyoning janubiy hududlariga xosdir. CHunki, O‘rta Osiyoning Shimoliy va xususan, Shimoliy-Sharqiy hududlarida shaharlarning rivojlanishi shakllanishning o‘zgacha yo‘llarini aks ettiruvchi boshqacharoq tarixiy-madaniy sharoitlarda bo‘lib o‘tgan. Fikrimizcha, O‘rta Osiyoning turli tarixiymadaniy viloyatlaridagi shaharlari ma’lum umumiylikka ega bo‘lish bilan birga paydo bo‘lishi va rivojlanishi, me’moriy tuzilishi, moddiy va badiiy madaniyati hamda shahar hayoti nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu o‘rinda, butun O‘rta Osiyo uchun xos bo‘lgan, bir necha asr mavjud bo‘lib keyin inqirozga uchragan ko‘hna shaharlar uchun turli bosqichlar va davrlarni boshdan kechirish mustasnodir. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikrlarini qiyosiy va umumlashma tahlili asosida, qadimgi O‘rta Osiyodagi urbanistik jarayonlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini quyidagi to‘rtta asosiy davrga bo‘lish mumkin:
1). Janubiy Turkmaniston hududlaridagi eneolit davrining nisbatan rivojlangan dastlabki dehqonchilik manzilgohlari (mil. avv. IV-III ming yilliklar):
2). O‘zbekistonning janubi, Zarafshon vohasi, Shimoliy Afg‘oniston, Janubiy Turkmaniston hududlaridagi bronza davrining rivojlangan qishloqlari va ularning shaharlarga aylanishi (mil. avv. III – II ming yillikning oxirlari):
3). Baqtriya, So‘g‘diyona, Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi va Xorazm hududlaridagi ilk temir davrining dastlabki shaharlari (mil. avv. I ming yillikning boshlari va ikkinchining choragi):
4) O‘rta Osiyo hududlaridagi ellinistik-antik davr shaharlari (mil. avv. III – milodiy III asrlar).
Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillar shaharlar belgilari uchun asosiy hisoblanadi. Undan tashqari shaharsozlik uchun tabiiy-geografik omillar ham muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, shaharning geografik joylashuvi hududi, suv bilan ta’minlanganligi, qazilma boyliklari mavjudligi, savdo-madaniy aloqalari (karvon yo‘llari), diniy inshootlar ham muhimdir (4-jadval). Demak, ko‘pchilik tadqiqotchilar «shahar» deb e’tirof etadigan yirik aholi yashash makonida barcha shartsharoitlar, ya’ni shu hududda aholining uyushib yashashi uchun kerak bo‘ladigan barcha dunyoviy, diniy va iqtisodiy uyushmalarning bir butun, yaxlit tashkiloti qaror topadi.
So‘nggi yillarda ilk shaharlar masalalari bilan shug‘ullanayotgan T.SH.Shirinov doktorlik dissertatsiyasida bronza davri O‘rta Osiyo ilk shaharlarining quyidagi arxeologik belgilari ro‘yxatini keltiradi:

  1. Yuqori tabaqa vakillari, hokim yashaydigan saroy tizimi.

  2. Toat-ibodat qilinadigan joylar – ibodatxona, topinish va sig‘inish bilan bog‘liq inshootlar mavjudligi.

  3. Himoya devorlari bilan o‘ralgan qal’a-arkning alohida bo‘lishi, uning ichida hukmdor va uning yaqinlari yashaydigan uy-joylarning bo‘lishi.

  4. Turar – joylar va boshqa jamoat mahallalari, zich qurilishlar bilan band bo‘lgan hududning katta (3-

6 gektardan kam bo‘lmagan) maydoni, ishlab chiqaruvchi kuchlarning bir erga to‘planishi, sug‘orma dehqonchilik vohasining markazi.

  1. Hunarmandchilik ishlab chiqarishining yuqori darajasi, hunarmandchilik dahalari – kulolchilik, zargarlik, metallchilik, to‘quvchilik, qurilish, toshga va teriga ishlov berish kabilarning alohida bo‘lishi.

  2. «Yo‘lboshchilar» dahmalarida qimmatbaho buyumlar, ajralib turuvchi muhr-ramzlar va boylikning mavjudligi;

  3. Mahobatli qurilishlarning (saroy, ibodatxona va boshq.) tashqi ko‘rinishi, rejaviy tuzilishi va xonalari ishlanish-jixozlash uslublari jihatidan boshqa turar-joylardan keskin farqlanishi;

  4. Keng savdo-almashinuv jarayonlaridan darak beruvchi va o‘sha hudud madaniyatiga xos bo‘lmagan sopol, suyak, tosh, metall buyumlar va qimmatbaho toshlarning mavjudligi.

  5. Toshga naqsh o‘yish san’ati (gliptika), balki, ibtidoiy yozuvning mavjudligi.

Tadqiqotchining ta’kidlashicha, yuqoridagi arxeologik belgilardan birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va ettinchi belgilar asosiy bo‘lib qolganlari ikkinchi darajali hisoblanadi.
Tadqiqotchilar fikrlarini umumlashtiridigan bo‘lsak, bronza davriga kelib O‘rta Osiyoning keng dehqonchilik vohalari hududlarida aholining alohida joylashuvi tizimi shakllanadi. Bu jarayon o‘z navbatida o‘zida ilk shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi aholi manzilgohlarining paydo bo‘lishi va keyingi rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Fikrimizcha, ushbu imkoniyatlar quyidagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq edi:

  • o‘troq dehqonchilikning paydo bo‘lishi natijasida aholining ma’lum hududlarga to‘planishi hamda bu joylarda boshqa hududlarga nisbatan zich joylashuvi;

  • mehnatning ikkinchi yirik ijtimoiy taqsimoti, ya’ni hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi natijasida ayrim aholi manzilgohlarida ixtisoslashgan ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi;

  • ijtimoiy tabaqalanish jarayonlarining chuqurlashuvi hamda mavjud jamiyatdagi boshqaruv tizimining yanada murakkablashuvi (yirik aholi manzilgohlarida boshqaruv tizimi shakllanadi va markazlashadi);

  • eng qadimgi yo‘llarning rivojlanishi natijasida hududlar o‘rtasida madaniy va iqtisodiy munosabatlar, xususan, savdo-sotiq aloqalarining taraqqiy etishi (mil. avv. IV – III ming yilliklardayoq

Janubiy Turkmaniston hududlarida dastlabki loydan yasalgan g‘ildiraklar paydo bo‘lgan bo‘lsa, mil.avv. III ming yillik o‘rtalariga kelib esa tuyaga, ba’zan, ho‘kizga qo‘shib ishlatadigan aravalar paydo bo‘ladi). Transport vositalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi qishloq xo‘jaligi hududlarining markazi hamda kundalik zaruriy va qo‘shimcha mahsulotni taqsimlovchi markaz vazifasini bajarish imkonini yaratadi.
Shaharlar paydo bo‘lishining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari diniy, harbiy-strategik va tabiiy-geografik omillar ham nihoyatda muhimki, fikrimizcha,ular quyidagilardir: – e’tiqod, diniy-mafkuraviy qarashlarning taraqqiy etishi natijasida ibodat inshootlarining shahar markazlarida qad ko‘tarishi (shaharlar diniy markaz sifatida);

  • qal’alarning paydo bo‘lishi va ularda mustahkamlangan manzilgohlarning qo‘rg‘onlar hamda shaharlarning muhim belgisi sifatida shakllanishi;

  • o‘z davridagi harbiy-siyosiy vaziyat (atrof ko‘chmanchilarning hujumlari va o‘zaro urushlar) tufayli qal’alarning qo‘rg‘onlarga aylanishi va himoya inshootlari bilan o‘rab olinishi;

  • ekologik va geografik shart-sharoitlar (dastlabki shaharlarning yashash uchun qulay bo‘lgan daryo vohalari va tog‘ oldi hududlarida paydo bo‘lishi) mavjudligi.

Shaharlar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida shaharlarning ayrim tuzilish belgilari o‘zgarishiga qaramay shaharsozlik ko‘rinishining asosiy mohiyati hisoblangan hamda o‘zida ijtimoiy va madaniy-maishiy belgilarni mujassamlashtirgan uch qismlik (qal’a – hokim maskani; shaharning hunarmandchilik ishlab chiqaruvchi, savdo-sotiq hamda turar joylar mavjud bo‘lgan qismi; shahar oldi – diniy ko‘mish marosimlariga oid va ishlab chiqaruvchi qism) aslida o‘zgarmasdan avvaligicha qoladi.
Demak, asoslari eneolit davriga borib taqaluvchi O‘rta Osiyo shaharsozligining o‘ziga xos tarqqiyot yo‘li va rivojlanish bosqichlari hamda davrlari mavjud. Ushbu jarayonni davrlashtirishda asosan arxeologik ma’lumotlarga tayanganimiz tufayli u og‘ir kechadi hamda ko‘p hollarda mukammal emas. Binobarin, bu masala hali to‘liq echimini topgan emas va hali yana ko‘plab tadqiqotlar talab etiladigan masala hisoblanadi.
Jahon sivilizatsiyasining ma’lum davrlarida urbanizatsiya jarayonlari jamiyatning har tomonlama taraqqiy etishida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham jamiyatning rivojlanishini shaharlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, shaharlarning rivojlanishi ikkita-tartibsiz bunyod etiladigan inshootlar va bir hududda joylashgan manzilgohlar o‘sib shahar uyushmalariga aylanishi, Shuningdek, ma’lum davrlarda jamoat, turar joy, mudofaa inshootlari, ko‘chalar va maydonlar kabi omillarning o‘zaro ta’siri natijasida bo‘lib o‘tadi.
SHaharlar paydo bo‘lishi uchun yuqorida eslatilgan turli-tuman omillar sabab bo‘lganidek, shaharlarning o‘zi ilk davlatchilikning asosiy va muhim omili sifatida shakllanadi.
O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab butun dunyo hududlarida keng miqyosda olib borilayotgan arxeologik qazishmalar hamda tadqiqotlar dunyo tarixidagi ilk shahar markazlarini o‘rganish masalalariga ko‘plab aniqliklar kiritish va yangi ma’lumotlar olish imkoniyatlarini yaratdi. Bu borada, dunyo tarixidagi ilk shahar markazlari paydo bo‘lishining asosiy-ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy omillari haqidagi yangi ilmiy ma’lumotlar ayniqsa diqqatga molikdir.
Hozirgi kunga qadar mavjud bo‘lgan ilmiy-tarixiy adabiyotlarni qiyosiy-tarixiy tahlil etish asosida shunday xulosa chiqarish mumkinki, jamiyat hayotida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, o‘troq dehqonchilikning taraqqiy etishi, ixtisoslashgan hunarmandchilik hamda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning rivojlanishi kabi omillar jahon tarixidagi ilk shaharlar paydo bo‘lishi uchun ham xosdir. 2-Mavzu: Janubiy Turkmaniston shaxarlari urbanizatsiyasi. (2 soat) Reja

  1. Bronza davri O‘rta Osiyo shaxarsozligining vujudga kelishi.

  2. Janubiy Turkmanistonda ilk shaxarsozlik madaniyati va uning rivojlanishi.

  3. Antik davr Janubiy Turkmaniston shaxarlari

  4. Ilk va o‘rta asrlarda Janubiy Turkmaniston xududidagi shaxarsozlik madaniyati.


Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish