Dor us-Siyodat – «Sayyidlar uyi» (1379 – 1380)
Shahrisabzning janubiy – sharqiy qismida Amir Temur qurdirgan maqbara kompleksi. XIX – XX asr boshlarida qisman ta’mirlangan. Farzandi Jahongir Mirzo maqbarasi (Hazrati Imom maqbarasi) va Amir Temurga mo‘ljallangan yer osti go‘rxonasi saqlanib qolgan. Dor ut-tilovat bilan bir ansamblni tashkil qilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»sida yozilishicha, Amir Temur Shahrisabzda maxsus bino qurdirgan, unda o‘z o‘g‘li Amirzoda Jahongir va boshqa amaldorlar hamda buzrukvorlarning daxmalari qo‘yilsin, deb farmon bergan.
Dor ut-tilovat majmuasi
(Tilovat uyi, Qur’on o‘qiydigan joy, XIV asr)
Shahrisabz markazida Dor us-siyodat majmuasi g‘arbida temuriylar xonadoniga mansub qadimgi inshootlardan iborat Dor ut-tilovat majmuasi ham joylashgan. Hozir kompleksdan uchta yodgorlik saqlanib qolgan: 1) Amir Temur tomonidan otasi Tarag‘ayning piri shayx Shamsuddin Kulol mozori (1370) ustiga shahar jome’ masjidi yoniga qurdirilgan maqbara. 2) Otasi Tarag‘ay mozori qoldig‘ini Shahrisabzga ko‘chirtirib, pirini oyoq tomoniga qo‘ydirib, gumbaz maqbara qurdirgan. 3) Ulug‘bek jome’ masjidi Ko‘k gumbaz (1435 – 1436).
Oqsaroy (1380 – 1404)
Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik. Amir Temurning onasi Takina xotun sharafiga qurilgan. Shaharning shimoliy – sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Me’mor Muhammad Yusuf. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli bo‘lgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtoqi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko‘rinishi ham salobatli va go‘zaldir. Bu salobatlilik va go‘zallikka g‘ishtlarning yaxlit bo‘lib ko‘rinishini ta’minlash – old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravog‘ining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. 20 yil davomida qurilgan ushbu me’moriy yodgorlikning ranglari oy yorug‘ida jilolanib – oqarib ko‘rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan. Saroyning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan.
1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon Oqsaroy peshtoqi ostida toj kiyib, taxtga o‘tirganligi peshtoqning o‘sha paytda butun ekanligidan darak beradi. 1973 – 1975 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994 – 1996 yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan.
Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning me’moru binokorlari qo‘li bilan saroylar, masjidlar, maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403 –
1404 yillarda Samarqandda bo‘lgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo (? – 1412.2.4) Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan.
Jumladan, mo‘g‘ullar bosqinida butunlay vayron etilgan va aksari aholisi qirib tashlangan va qisman qul qilingan Samarqand shahri Amir Temur hukmronligi davrida o‘zining qadimgi o‘rni Afrosiyobdan birmuncha janubroqda butunlay yangidan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qal’a devori bilan o‘ralib,
Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza o‘rnatildi. Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar bino kilindi. Ko‘ksaroy 4 qavatli bo‘lib, gumbazlari va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u shunday atalgan. Ko‘ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga chiqarish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o‘tqazadigan toshdan taxtkursi – Ko‘ktosh qo‘yilgan edi. Bulardan tashqari arkda davlat devonxonasi, qurol – yarog‘lar ustaxonasi va aslahaxona, tangalar chekiladigan zarbxona kabi imoratlar joylashgan.
Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn
Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak – atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog‘i lozim edi.
XIV asrning oxiri – XV asrda Samarqandda ko‘rkam va muhtasham binolardan tashqari shahriston yoki rabodi doxidda turli – tuman kasbdagi hunarmandlar mahallalari qad ko‘taradi. Amir Temur mamlakatda, xususan uning poytaxti Samarqandda hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi. Ispan elchisi Klavixoning yozishicha, Sohibqiron hunarli biror kishini ham Movarounnahrni tashlab ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Aksincha, Amir Temurning amri – farmoni bilan Damashqning eng mohir to‘quvchilari, Halabning mashhur paxta yigiruvchilari, Anqaraning movut to‘quvchi korxonalari, Turkiya va Gurjistonning zargarlari, xullas, ko‘p kasb-hunar sohiblari boshqa shaharlardan Samarqandga ko‘chirib olib kelindi. O‘sha davrda shaharda turli din va mazhablardagi kishilar istiqomat qilardi. Klavixoning ma’lumotiga ko‘ra, Samarqandda 150 mingdan ziyodroq aholi yashagan. Shahar maydoni
Ispaniyaning Shibliya (Sevilya) shahridan kengroq bo‘lgan. Lekin uning bu ma’lumotida shahar arki bilan qal’a, ya’ni ichki shahar kismlarigina ko‘zda tutilgan xolos.
Shohizinda ansambli majmui (Samarqand, XI – XX asrlar)
Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Qusam ibn Abbos maqbarasi
Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi bo‘lib, xalq orasida Shohizinda («Tirik shoh») nomi bilann mashhur. Ansambl bir – biri bilan yo‘lak orqali bog‘langan 3 guruh binolardan iborat.
XIII asrda mo‘g‘ullar istilosi davrida Afrosiyob vayron bo‘lgach, xalq bu yerni tark qilgan. Amir
Temur va Ulug‘bek davrida bu yerda qurilish ishlariga ahamiyat berilgan. Arxeologik qazishlardan aniqlanishicha, Afrosiyobning qadimiy qal’a devori yon bag‘rida qilingan zina XVIII asrda vayron bo‘lgan, keyinchalik 40 pog‘onali g‘ishtin yangi zina va chortoq qurilgan, bular hozirgacha saqlangan.
Shohizinda ansamblidagi inshootlarning ko‘pchiligi XIV asrga taalluqli. Ansamblning bosh darvozasi janubda ko‘chaga qaratib qurilgan. Darvozaxonani Ulug‘bek hijriy 838 (milodiy 1434 – 1435) yidda o‘g‘li
Abdulazizga atab qurdirgan. Unda qo‘yidagi so‘zlar bitilgan: «Abdulaziz Baxodir ibn Ulug‘bek ibn
Shohrux ibn Temur».
Shohizinda ansambli tarkibida temuriylar xonadoni bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi me’moriy yodgorliklar mavjud:Shodi mulk og‘a (Turkan og‘o) maqbarasi (1372)
Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Amir Temurning opasi Turkan og‘o vafot etgan qizi
Shodimulk og‘o (1370 – 1371)ga atab qurdirgan peshtoq - gumbazli bir xonali sag‘anasi. 1383 yilda Turkan og‘oning o‘zi ham qizi yoniga dafn etilgan. Maqbara 1954 yilda ilmiy o‘rganilib, ta’mirlash ishlari olib borilgan. Maqbarada XIV – XV asrlardagi xalq ustalarining me’morlik va naqqoshlikda erishgan yutuqlari, yuksak mahorati aks etgan.
Tug‘lu Tekin maqbarasi (1376)
Shohizinda ansamblining o‘rta qismida. Shaharning qadimgi devoriga taqab, Temur sarkardalaridan amir Husaynning o‘zi va onasi Tug‘lu Tekin sharafiga qurilgan. Maqbara (8,5 x 9,5 m) bir xonali, eshigi g‘arbga qaragan. Maqbarada o‘sha davr me’morlik hamda koshinkorlik san’atining noyob namunalari saqlangan. Gul va yaproqlar tasviri, tutashgan halqalar hamda yozuvlar ko‘k – moviy bo‘yoqlarda to‘ldirilgan. Tug‘lu Tekin maqbarasi ostida sag‘ana (3,15 x 4,15 m) bor. Unga yo‘lakdan kiriladi. Maqbaraning bizgacha yetib kelgan ravog‘i va unga tutash devor qoldiklari asosida 1960 yillarda qolgan qismlari qayta tiklangan (usta Sh. Is’hoqov, me’mor I.I. Notkin).
Shirinbeka og‘o maqbarasi (1385 – 1386)
Amir Temurning singlisi Shirinbeka og‘oga atab qurilgan. Maqbara ravog‘i ichidagi arabiy bitikda muhim tarixiy hujjat saqlangan (tarjimasi): «Bu qabr malikai muazzama, mukarrama Shirinbeka og‘o
Tarag‘ay (bek) qiziniki. Ravzasini Alloh nurli etsin. Sana 787» (mil. 1385/6).
Tuman og‘o majmuasi (XIV – XV asrlar)
Majmua Amir Temurning xotini Tuman og‘o begim nomi bilan bog‘langan. Tuman og‘o majmuasi maqbara, masjid, hujralar va chortokdan iborat, turli davrlarda bunyod etilgan. Bezaklari XV asr boshlarida ishlanib, uning yaxlitligini ta’minlagan. Tuman og‘o qurdirgan bir guruh binolar yaqinida usta Muhammad Shayx ibn Hojibek Tabriziy tomonidan 1405 – 1406 yillarda kurilgan Tuman og‘o maqbarasi bor.
Shohizinda ansambli tarkibiga Xoja Ahmad maqbarasi (XIV asr 60 – yillari) va Usta Ali maqbarasi (1380) ham kiradi.Xoja Ahmad maqbarasi (XIV asr 60 – yillari)
Shohizinda xazirasining yuqori hovlisi (to‘ri)da joylashgan. Maqbara peshtoq – gumbazli, to‘rtburchak tarhli (7,6 x 3 m) xonadan iborat bo‘lib, xona o‘rtasida 4 ta nomsiz sag‘ana bo‘lgan. Bino ichi, gumbaz osti tuzilishi XII asr me’morligi uslubini eslatadi.
Old tomondagi peshtoqi rangli sirkori koshinlar bilan bezatilgan, suls va kufiy xatidagi kitobalar va bezaklar mahorat bilan uyg‘unlashtirilgan. O‘ymakori bezaklar orasida «... amali usta Faxr Ali...» yozuvi saqlangan.
Usta Ali maqbarasi (1380)
Bu me’moriy yodgorlik birinchi – nomsiz maqbara bo‘lib, unda qarshilik Usta Ali Nasafiy nomi saqlanganligi uchun uning nomi bilan ataladi. Maqbara to‘rtburchak tarhli (8,1 x 9,8 m), bir xonali, peshtoq – gumbazli, gumbazi 16 qirrali baland asosga o‘rnatilgan. Maqbaraga peshtoqida chuqur ravokli eshik orqali kiriladi. Makbara ostida to‘rtburchakli sag‘ana joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |