Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya


O‘rta Osiyodagi etnik guruhlar (so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar) to‘g‘risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar



Download 2,56 Mb.
bet21/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117
3.O‘rta Osiyodagi etnik guruhlar (so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar) to‘g‘risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar. O‘zbek xalqining etnik tarixi ilk ajdodlari yashagan hudud bilan bevosita bog‘liq. O‘zbek ajdodlari elat bo‘lib O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahrda (Farg‘ona vodiysi ham shuning ichida) Xorazmda, Toshkent vohasida, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalarida shakllangan. Bu mintaqalar insoniyatning qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblanadi. Sopollitepa, Chust, Zamonbobo va Xorazm zaminida olib borilgan arxeologik qazilmalardan topilgan materiallardan ma’lum bo‘lishicha, mil. avv. II minginchi yillarda O‘rta Osiyoning bir qancha tumanlarida o‘troq dehqonchilik mavjud bo‘lgan.
Jez davrida O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda, bir-biridan farq qiluvchi ikki tarixiy madaniy region mavjud bo‘lgan: sug‘orish usuli bilan dehqonchilik qiladigan Old Osiyoda keng tarqalgan o‘troq aholi madaniyati va jez davrida cho‘l joylarida yashovchi qabilalarga taalluqli madaniyat. Bu keyingi madaniyat kishilari chorvachilik bilan bir vaqtda dehqonchilik bilan ham shug‘ullanganlar.
Jez davrida cho‘l qabilalari mil. avv. II minginchi yillarda janubiy- sharqiy Yevropadan to janubiy Sibirgacha bo‘lgan keng hududlarda yashaganlar. Bular asosan ikki komponentdan iborat bo‘lgan: yog‘och band dahmalik qabilalar va Andronovo madaniyati. Janubiy Ural tog‘ oldi mintaqalari har ikkala komponetlarning etnik va madaniy aloqalari yaqinlashib va mustahkamlanib borayotgan hududlardan biri hisoblangan. Jez davriga oid cho‘l qabilalariga mansub madaniyat namunalari Zarafshon vodiysida, mil. avv.
II minginchi yillarga oid madaniy qatlamlaridan ham topilgan. Mazkur arxeologik madaniyat tarkibida
Kopedtog‘ tog‘ oldi mintaqalariga xos madaniyat elementlari ham katnashganligi aniqlanadi. Bu ma’lumotlar Amudaryoning quyi oqimlarida hamda Zarafshon vodiysida mil. avv. II minginchi yillarda, janubda mavjud bo‘lgan o‘troq dehqonchilik madaniyati shimolda yashovchi cho‘l qabilalarining jez davriga oid madaniyati bilan uzviy bog‘lik bo‘lganidan dalolat beradi.
Mil. avv. II minginchi yillarning oxirlariga kelib Tozabog‘yob va Andronovalik qabilalarning madaniyati hozirgi O‘zbekiston hududiga keng tarqaladi. Bu qabilalarga xos moddiy madaniyat yodgorliklari Farg‘ona vodiysidan, Toshkent vohasidan, Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan hamda hozirgi Surxondaryo viloyati hududlarda ham topilgan.
Arxeologlar tomonidan aniqlangan O‘rta Osiyoning Markaziy viloyatlaridagi arxeologik madaniyat, jez davridagi kelgindi yog‘och dahmali va Andronovalik qabilalarning hamda qisman Old Osiyodan kelib, tub yerli aholi bilan yaqinlashib, qo‘shilib ketishi natijasida vujudga kelgan deyishimizga asos bo‘la oladi.
Keyinchalik (mil. avv. II minginchi yillarning birinchi choraklarida) temirdan qilingan mehnat qurollari paydo bo‘lishi bilan O‘rta Osiyoda sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati birmuncha taraqqiy etadi. Eng qadimgi yozma yodgorliklardan biri bo‘lgan Avestoda bir qancha tarixiy viloyatlar eslatiladi, shularning ichida Marg‘iyona (Marv vohasida), Parfiya (Kopedtog‘ni shimolida), Xorazm (Amudaryoning quyi oqimlarida), Baqtriya (Amudaryoning o‘rta va yuqori oqimlarida) viloyatlari nomlari uchraydi. Farg‘ona vodiysi ham o‘sha davrlarda madaniyati taraqqiy etgan mintaqalardan bo‘lgan. Yuqoridagi viloyatlarda yashovchi aholining asosiy mashg‘uloti o‘troq dehqonchilik bo‘lgan. Ularning xo‘jaligida chorvachilik ham muhim o‘rin egallagan.
Mil. avv. VII - VI asrlarda o‘troq aholining jamoa hayotida yirik o‘zgarishlar ro‘y beradi, ibtidoiy urug‘chilik jamoasi yemiriladi, aholining dehqonchiligi bilan bir vaqtda xo‘jaligining boshqa sohalari ham taraqqiy etishiga keng imkoniyat tug‘iladi.
O‘troq dehqonchilikni taraqqiy etib borishi bilan aholining bir yerda doimo o‘troq bo‘lib yashash ko‘payib boradi, mustahkam ko‘rg‘onlar, istehkomlar paydo bo‘ladi. Yashaydigan yirik kishloqlarda, shaharlarda hunarmandchilik (kulolchilik, temirchilik, to‘kimachilik va boshqa) va savdo-sotiq rivojlana boradi. Ishlab chiqarishning turli tarmoqlarining (dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik) mahsulotlarining o‘zaro almashtirish (bozor orqali) tobora kuchayib borishi ayrim patriarxal oilalarning boyishiga olib keladi; sinfiy tengsizlik paydo bo‘ladi. Jamiyat boy va kambag‘al tabaqalarga ajraladi. Urug‘chilik jamoasining yemirilishi (mil. avv. II ming yillikning birinchi yarmida) ilk jamoalar, davlatlar vujudga keladi. O‘troq aholi soni tobora ko‘payib boradi.
Ko‘chmanchilar ijtimoiy tuzumi ko‘p vaqtlardan buyon tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelgan bo‘lsa hamki, lekin bu masalada hanuzgacha aniq bir fikrga kelingan emas. Tarixchi, arxeolog va etnograf olimlarning fikrlarini hisobga olib, qayd qilish mumkinki, tarix fanining otasi
Gerodot sak, massaget deb nomlagan ko‘chmanchi qabilalarining jamoa tuzumi (ibtidoiy bosqich yemirilgan bir davrda) harbiy demokratiya bo‘lgan. Qabilalarni qabila boshliqlari (sarkardalar) boshqargan, bir necha qabilalar birlashib, yirik qabila ittifoqiga uyushib, bunga bosh sarkarda hukmronlik qilgan. Hokimiyat maslahat majlisi bilan chegaralangan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, harbiy demokratiya tuzumi davrida sak, massagetlarning jamoa tuzumi harbiy demokratik bo‘lib, unda sinflar va ekspluatatsiya mavjud bo‘lgan, ammo davlat hali paydo bo‘lmagan edi.
Mil. avv. II ming yillikning o‘rtalarida sug‘orma dexqonchilikning rivojlanishi bilan O‘rta Osiyoning markaziy qismida bir necha davlatlari vujuga keladi. Marg‘iyona, So‘g‘diyona, Baqtriya, Xorazm va boshqalar yirik markaziy shaharlar paydo bo‘ladi. Marv, Marokanda, Baqtriya shular jumlasidandir.
Qadimgi eron fors tilli manbalarda sak yoki skif etnik nomlari uchraydi. Bu etnik nomlar bilan qadimgi eronliklar O‘rta Osiyoning bepoyon cho‘llarida yashagan qabilalarni aytganlar. Saklar asosan to‘rt qabila uyushmasidan iborat bo‘lgan. Bularning uch qismi, ya’ni xaumarka, tigraxauda va tiayadaraya shakllari Persepol yaqinidagi Naqshi Rustam darasidagi qabr toshlarining yozuvlarida uchraydi, to‘rtinchisi esa «So‘g‘diyonadan keyin, uning narigi tomonida» yashovchi saklar Persepoldagi hamda Ekbatanadagi yozuvlarda ham aks etgirilgan.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish