Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya



Download 2,56 Mb.
bet16/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117
Qusam ibn Abbos maqbarasi (Samarqand, XI asr)
Shohizinda ansamblining shimoliy – sharqiy qismida joylashgan eng qadimgi yodgorlik. Kusam ibn Abbos qabri atrofida keyinchalik turli masjid, maqbara va chillaxona bunyod etilgan. Qusam ibn Abbos islom dinining asoschisi, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning amakivachchasi bo‘lgan Abbosning zurriyoti edi. Kusam ibn Abbos islomni targ‘ib va tashviq qilishda ishtirok etgan buyuk shaxslardan bo‘lgan. U shu maqsadda 676 yilda arab istilochilari bilan birgalikda Samarqandga kelgan.
Shu yerda, afsonalarda aytilishicha, nomoz o‘qib turgan paytlarida kofirlar hujum qilib uni o‘ldirgan ekanlar.
Buxoro namozgohi (Buxoro, 1119)
Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Shaharning janubiy chekkasida, qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o‘rnida barpo etilgan. Masjid pishiq g‘ishtdan oddiy qilib qurilgan, atrofi baland devor bilan o‘ralgan. XVI asrda 3 toqili va ustunli peshayvon shaklidagi gumbazli bino qurilgan. Tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, 3 asosiy xonadan iborat. O‘rtadagi murabba tarxli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan. Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalon – yo‘lakdan kirilgan. Peshtoqqa girih naqsh ishlangan, Qur’ondan ko‘chirilgan oyatlar bitilgan. Buxoro namozgohi me’morchiligida mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro me’morchiligi va bezak san’atining an’analari o‘z ifodasini topgan. Raboti Malik, Shoh raboti ( hozirgi Navoiy shahrida yaqinida, Karmona, taxm. 1069 – 79)
O‘rta Osiyodagi Monumental me’moriy yod-gorlik Qadimgi Buxoro – Samarqand yo‘lining Cho‘li Malikdagi yirik chegara va savdo bekatida bunyod etilgan. Katta karvonsaroy, hozirgi Navoiy shahri yaqinida. Bizgacha uning faqat peshtoq qismi (diametri – 12,6 m.) saqlangan.
Janubiy minorasi (balandligi 5,5 m) 1930 yilgacha mavjud bo‘lgan. Raboti Malik karvonsaroy vazifasidan tashqari, istehkom, qo‘rg‘on sifatida ham muhim rol o‘ynagan. Rabot katta keng hovli
(22,5x22,5 m) va atrofi o‘ralgan 2 qavatli xona – hujralardan iborat bo‘lib, ularga sopol quvurlar orqali suv o‘tkazilgan. Markaziy qismi to‘ridagi muhtasham saroy oldi bir qatorli ravoqli ayvon (7,5x13 m) 2 qanotiga joylashgan.
Buxoro Arki (Buxoro, IX – XX asrlar)
Buxorodagi qadimgi shaharsozlik yodgorligi. Dastlab mil. avv. I asrda qurilgan. Shaharning qadimgi qal’asi. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari – buxorhudotlar yashagan. Somoiiylar davrida (IX – X asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan.
Qoraxoniylar davrida (XI – XII asrlar) va mo‘g‘ullar bosqinchiligi vaqtida (XIII asr) ark bir necha bor vayron qilingan. Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (XVI asr)da shakllangan.
Balandligi 20 m cha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga, tarhi ko‘pburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom g‘isht, paxsalar bilan mustahkamlangan.
Chashmai Ayyub maqbarasi (Buxoro, XII asr, 1380)
Muqaddas ziyoratgoh binosi to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (19 x 26 m) bo‘lib, g‘arbdan sharqqa cho‘zilgan 4 xonadan iborat, har bir xona bir – biriga o‘xshamagan gumbazlar bilan qoplangan. Dastlab eng qadimgi xona – murabba tarhli (4,5 x 4,5 m) quduqxona bunyod etilgan (Arslonxon tomonidan Minorai kalon va Namozgoh masjidi bilan bir davrda qurilgan degan rivoyatlar saqlangan), uning ikki yonida ziyoratchilar uchun o‘z vaqtida 2 eshigi bo‘lgan. Old tomoniga toqli xona (4,5 x 4,5 m) tutashtirib qurilgan, u binoga peshtoq vazifasini o‘tagan, qo‘sh gumbazli, oldi peshtoqli. Ziyoratxona devorida Amir Temur farmoyishiga binoan 1379 yilda unga taqab gumbazli katta xona, burchaklarida minoralari bo‘lgan daxliz qurilganligi yozilgan. Binoning qadimgi qismi ichkarida qolgan. Rivoyatlarga ko‘ra chashma – quduq Ayyub payg‘ambar qadamjoyi.
Jarqo‘rg‘on minorasi (Surxondaryo viloyati, 1108 – 09)
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Minor qishlog‘ida joylashgan me’moriy yodgorlik.
Xuroson me’morlik maktabi an’analari asosida barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq g‘ishtdan qurilgan Jome masjid bo‘lgan (saqlanmagan). Jarqo‘rg‘on minorasi 8 qirrali poydevor ustiga g‘ishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirg‘adan iborat. 20 m balandlikda g‘ishtin panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbog‘ hoshiya bor. Belbog‘ ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. N.N. Karazin rasmida masjid va minora xarobasi aks ettirilgan (1879 yil).
Minoraning hozirgi bal. 21,6 m, asosi (diametri – 5,4 m)ning kitobasida me’mor nomi Ali ibn Muhammad Saraxsiy va qurilgan sanasi yozilgan (V.A. Shishkin tomonidan o‘qilgan). Jarqo‘rg‘on minorasi ta’mirlangan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish