Urganch (1929 y.gacha YAngi Urganch) — Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. SHovot kanali shahar o‘rtasidan o‘tib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. SHim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, janubiy qismida esa ishlab chiqarish korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil bir-biri bilan ko‘priklar orqali bog‘langan. Aholisi 136,8 ming kishi (2004).
Shahar nomining kelib chiqishi mil. av. 7—6-asrlarga borib taqaladi. «Avesto» kitobida
Vurukash (Orol) dengizi bo‘yida Urga (Urva) shaxri bo‘lganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurg‘oqchilik) tufayli Urganch hozirgi Ko‘hna Urganch hududiga ko‘chirilgan. 8-asrgacha
«Gurganj» nomi bilan yuritilgan. 712 yilda shaxar arablar tomonidan bosib olinganidan ksyin «Jurjoniya» deb ataldi. 1221 yil mo‘g‘ullar egallagandan so‘ng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Evropa manbalarida shahar (Ko‘hna Urganch) shaklida tilga olinadi.
Ko`hna Urganch-Xonlikning yana bir shahri - Ko`hna Urganch (Gurganch) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir.Ko`hna Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo karvoni yo`llari kesishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlangan. Ko`hna Urganch X - XI asrlarda Xorazm davlatining poytaxti edi. Bu shahar arab geograflari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. X asrning ikkinchi yarmida poytaxt Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan. 995- yilda Gurganch amiri Ma`mun ibn Muhammad poytaxti Kot shahri bo`lgan xorazmshohlarni tormor etib, o`zini Xorazmshoh deb e`lon qilgan. Shu tariqa Gurganch Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan.
XI-XII asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm-fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal`a-devor bilan o`rab olindi.
SHaharga 1646 yilda Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib Orol dengizi tomon oqa boshlaganidan so‘ng Gurganj sh. (Ko‘hna Urganch) suvsiz qolgan. Abulg‘oziy Bahodirxon Gurganj. Vazir qal’a (sha-har)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini ko‘chirib Amudaryoning janubiy qismlarida joylashtirgan va aholi o‘rnashgan hudud atrofini qal’a devori bilan mustahkamlab unga «Toza Urganch», ya’ni «Yangi Urganch» deb nom bergan. SHundan keyin qadimgi Gurganj shaxarning nomi Ko‘hna Urganch bo‘lib qoldi.
YAngi Urganch bilan Ko‘hna Urganch oralig‘i 170 km.
Vazir shahri- Vazir Xorazmning shahar-qal`alaridan biri bo`lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, - shayboniylardan bo`lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o`rtalarida asos solingan.
XVI asrda shayboniylarning o`zaro urushlari shaharni vayron bo`lishiga olib kelgan. 1558- yilda
Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: «Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o`zaro urushlar oqibatida to`rt marta vayron bo`ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor».
1593-1598- yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog`ida ham shahar yana vayron etildi.
Abulg`ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko`chirgan. Shu tariqa shahar o`z ahamiyatini butunlay yo`qotgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |