Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya


Farg‘ona vodiysidagi arxeologik madaniy yodgorliklar va ularni o‘lkamiz tarixini yoritishdagi ahamiyati



Download 2,56 Mb.
bet13/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117
5. Farg‘ona vodiysidagi arxeologik madaniy yodgorliklar va ularni o‘lkamiz tarixini yoritishdagi ahamiyati. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi arxeologik yodgorliklarga boy hudud xisoblanadi. Vodiyda olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilk paleolit davridan tortib to o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrlarga oid bir necha yuzlab arxeologik yodgorliklar topib o‘rganilgan. Bronza davri va uning so‘nggi bosqichlariga kelib Farg‘ona vodiysi qadimgi axolisi o‘ziga xos madaniyatlar yaratib, tarixiy-madaniy jarayonlarni yanada faollashtiradilar. Ushbu o‘ziga xoslikni o‘troq va dasht axolisi o‘zaro aloqalarida, moddiy madaniyat buyumlarida, turar joylar qurilishi va uslubida, dafn etish inshootlarida ayniqsa, ko‘proq kuzatish mumkin.
Olib borilgan tadqiqotlarni qiyosiy taxlil qilish asosida Farg‘ona vodiysi so‘nggi bronza davridan antik davrgacha bo‘lgan tarixiy-madaniy hayotida Chust madaniyati, Qayroqqum madaniyati va Eylaton madaniyati kabi bosqichlarga ajratildi. Ushbu lavhada yuqorida ajratilgan arxeologik madaniyatlar bosqichlariga nisbatan batafsilroq to‘xtalishga harakat qilamiz.
Chust madaniyati bosqichi. Farg‘ona vodiysining ilk temir davriga oid o‘ziga xos madaniyatini Chust madaniyati deb atashni 1956 yilda Yu.A.Zadneprovskiy taklif etgan edi. Qo‘lda ishlanib qizil angob qoplangan va ayrim xollarda qora bo‘yoq bilan sayqallangan sopollar Farg‘ona vodiysining kattagina hududlariga yoyilgan Chust madaniyati uchun xosdir.
Naqshli sopollar 1933-1934 yillarda Eylatonda B.A. Latinin tomonidan topilgan edi. Ammo o‘sha paytda bu sopollar bronza davriga oid deb noto‘g‘ri talqin etildi. Keyinroq T.G.Oboldueva (1939 y) Katta Farg‘ona kanali qurilishi munosabati bilan olib borgan kuzatuv ishlari natijasida aynan shunga o‘xshash ko‘plab sopol namunalarini topdi. Ushbu madaniyat yodgorliklarini tartibli va har tomonlama o‘rganish 1950 yilda Pomir-Farg‘ona kompleks ekspeditsiyasi tomonidan boshlandi. Xususan, Chust manzilgohida keng ko‘lamdagi tadqiqot ishlari olib borildi. 1952 yilda esa Dalvarzin qo‘hna shahri ochilib uzoq yillar arxeologik tadqiqotlar olib borildi. O‘sha yillarda Farg‘ona vodiysining turli hududlarida ko‘p sonli yangi manzilgohlar aniqlanib, bugungi kunda ularni soni 100ga yaqin hamda ularning yarmida stratigrafik shurf va kichik qazishma ishlari o‘tkazilgan.
Chust madaniyatiga oid bronza mehnat qurollari orasida o‘roqlar, iskana, pichoqlar, bigiz, ignalar bo‘lsa, qurol-yarog‘lardan kamon o‘qi uchlari va nayzalar bor. Ushbu madaniyatga oid metall buyumlar uch guruhga ajratiladi: 1) faqat Farg‘ona uchungina xos bo‘lgan mahalliy buyumlar; 2) Farg‘onadan janubi-g‘arbiy hududlarda (Janubiy Turkmaniston, Eron) joylashgan yerlarda tarqalgan buyumlarga o‘xshash buyumlar; 3) bronza davri dasht madaniyati buyumlariga juda o‘xshash buyumlar. Bular orasida son jihatdan uchinchi guruhga mansub buyumlar ko‘pchilikni tashkil etib, bu holat Farg‘onaning dasht qabilalari bilan uzviy aloqalaridan dalolat beradi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish