nisbatan kuchliroq ifodalangan bo’ladi. Masalan, baqalarning
yetuk davri va lichinkasi,
kapalaklar va ularning lichinkasi va boshqalar.
Turli yoshdagi guruhlar o’rtasida hayot tarzida farqlar shunga olib keladiki, ba’zi
funksiyalar to’lig’icha rivojlanishning ma’lum bosqichlarida bajariladi. Masalan,
hasharotlarning ko’pchiligi yetuk davrida deyarli oziqlanmaydi. Oziqlanish va o’sish lichinka
bosqichida amalga oshiriladi. Yetuk davri esa tarqalish va ko’payish vazifasini bajaradi.
Populyasiyada individlarning yosh jihatidan bir-biridan farq qilishi populyasiyaning
ekologik xilma-xilligini kuchaytiradi, bu esa noqulay tashqi muhit sharoitlarida
turning yashab
qolish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O’simlik populyasiyalarida yosh tuzilma turli yoshdagi individlar nisbatida ifodalanadi.
Individlarning yosh holati-uning tashqi muhit bilan ma’lum munosabatlarini tavsiflaydigan
ontogenezning ma’lum bosqichidir. O’simlik populyasiyasining yosh tuzilmasida quyidagi
guruhlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
O’simta- tuzilishi jihatdan sodda, ikki yo’l bilan oziqlanadigan (urug’dagi zapas oziqa va
qisman mustaqil) kichik o’simliklar;
Yosh o’simliklar- mustaqil oziqlanadi, shoxlanmagan
yoki shoxlanish boshlangan,
barglari uncha yirik bo’lmagan o’simliklar.
Yetuk vegetativ o’simliklar - yer usti va yer osti organlari to’liq shakllangan, lekin
reproduktiv organlari hali yo’q. Bu o’simliklar keyinchalik gul va meva hosil bo’lishi bilan
generativ bosqichga o’tadi. Generativ bosqichga o’tishda organizmda fiziologik va bioximik
o’zgarishlar yuzaga keladi. Transpirasiya va fotosintez tezligi oshadi.
Yosh generativ o’simliklar- gullaydi,
meva hosil qiladi, o’simlik yetuk shaklga kiradi.
O’rta yoshli generativ o’simliklar - har tomonlama yetuk, eng yuqori o’sish va urug’
hosil qilishga qobiliyatli o’simliklar.
Qari generativ o’simliklar - reproduktiv funksiyasi zaiflashgan, shoxlanish va ildiz
o’sishi jarayonlari sekinlashgan o’simliklar. Bu o’simliklarda yemirilish
jarayoni yangilanish
jarayonidan ustun.
Qari vegetativ o’simliklar- meva hosil qilishi to’xtagan o’simlik, yemirilish jarayoni
ko’payadi, ildiz va shoxlari orasidagi bog’lanish zaiflashadi.
O’layotgan individlar - o’lchamlari kichiklashgan, ko’pchilik hujayralari o’lgan
o’simliklar.
O’simlik populyasiyasida individlarning yosh holatiga
qarab taqsimlanishi yosh
spektri deb ataladi. Agar populyasiya yosh spektri fakat urug’ va o’simtalardan iborat bo’lsa, bu
populyasiya invazion populyasiya deb ataladi. Yosh biosenozda endi shakllanayotgan
populyasiyalar shunday populyasiyadir. Bunday populyasiya o’z-o’zini boshqarishga qodir
emas. Agar populyasiya barcha yoshdagi guruhlardan iborat bo’lsa, normal populyasiya
deyiladi. Bunday populyasiya mustaqil va o’z-o’zini boshqara oladi. Generativ va vegetativ qari
individlardan iborat populyasiya regressiv populyasiya deb ataladi.
Invazion, normal va
regressiv populyasiyalar bir-biriga o’tib turadi.
Senopopulyasiyalar yosh tuzilmasi turning biologik xususiyatlari tomonidan
belgilanadi, hamda tashqi muhit sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Senopopulyasiyaning yosh
spektri uning holati va o’zgaruvchan yashash muhitiga moslashganlik darajasini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: