Sefalosporin guruhiga kiruvchi preparatlardan sefaleksin va sefaloridin ham tarkibidagi β – laktamid halqasi hisobiga penitsillinlarga o‘xshash mis yoki temir tuzlari bilan rangli gidroksamatlar hosil qiladi. Sefalotin natriy xilidagi preparatlar esa faqat β - laktamid halqasi hisobigagina gidroksamat tuzlarini hosil qilib qolmasdan, balki ayni tuzlarni hosil qilishda, ular kimyoviy tuzilishining C3 holatidagi murakkab efir guruhlari ham ishtirok qiladi [11].
Tetrasiklin guruhi preparatlardagi molekula tuzilishi, kimyoviy va fizikaviy xossalari hamda antimikrob ta'sir doirasi jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan bio va yarim sintez usullar bilan olinadigan antimikrob moddalar kiradi. Ularning kimyoviy tarkibini o‘zaro kondensirlangan to‘rt halqali siklik sistema-gidronaftatsen tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |