Sefaleksin (C16H17N3O4S H2O)
7-(D α - fenilatsetamido) 3-metil, 3-sefem 4-karbon kislota, monogidrat
Sefaleksin kuchsiz, o‘ziga xos hidli, oq yoki biroz sarg‘imtir, mayda kristall shaklidagi kukun bo‘lib, suvda qiyin eriydi, spirt, efir va xloroformlarda esa deyarli erimaydi.
Preparat C4 holatdagi karboksil guruh va aminofenil atsetat kislota qoldig‘idagi amino guruh hisobiga amfoter xossasini namoyon qiladi.
Sefalotin natriy (C16H15N2NaO6S2)
7-(2-tiofen-atsetamido) — sefalosifin kislotasining natriyli tuzi
Sefalotin oq kristall kukun bo‘lib, suvda eriydi, spirtda kam eriydi, efir va xloroformda esa deyarli erimaydi. U optik faol moddadir. Uning solishtirma buruvchanligi — 124odan 134°ga teng.
Sefoloridin( C19H17N3O4S2)
Do'stlaringiz bilan baham: |