Sefaloridin oq kristall kukun, suvda yaxshi eriydi. Uning suvdagi eritmasi yorug‘lik ta’sirida oksidlanib, qoramtir tus oladi. Sefalosporin qatoridagi antibiotiklarning chinligini aniqlashda turli kimyoviy va fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi. Masalan, ular tarkibida 1 foizli nitrat kislota saqlagan va 80 foizli sulfat kislota ta'sirida oksidlanib, turli rangga bo‘yalgan birikmalar bo‘ladi. Bunda sefaleksin sariq rangga, sefalotin-natriy qizil-qo‘ng‘ir rangga o‘tib ketuvchi sarg‘imtir-yashil rangli, sefaloridin esa yashil-havo rangli birikma hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |