II. Revmatizm kasalligida ishlatiladigan antibiotiklar haqida umumiy ma’lumot…………………………………………………………………………12
II.1.Antibiotiklarning ta’sir mexanizmi, kimyoviy tarkibi va tuzilishi……..……22
II.2.Antibiotiklarning tuzilishi va ishlatilishi………………………………...…..43
II.3. Xalq tabobatida revmatizm kasalligini davolash………………….….
XULOSA…………………………………………………………………..……. 56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………...…..57
ILOVA……………………………………………………………………..…….
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, ko’p sohalarda tubdan o’zgarishlar ro’y berdi. Jumladan ilm fan, texnika, sog’liqni saqlash, maorif va madaniyat, san’at va boshqa sohalarda ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Kimyo sanoatining rivoji o`z navbatida eksport va import hajmiga va uning sifatiga o`z ta`sirini ko`rsatmay qolmaydi. Shu o`rinda, bu sohada bizning kimyo kafedramizda faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarimiz bajarayotgan ishlar tahsinga sazovor deb o’ylayman. Chunki, kimyo fanlari qatoriga 22-fan sifatida “Tovarlar kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” fani qo’shildi. Ushbu fan 1997-yil kimyo va yuridik fanlari doktori, xalq tabobati akademiyasi raisi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan ixtirochi va ratsionalizator I.R. Asqarov va texnika fanlari doktori akademik T.T. Rizqiyevlar tomonidan asos solingan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” fani ham bu ikki sohani bir biriga bog`laydi.
02.00.09 - “Tovarlar kimyosi” ixtisosligi tovarlarning kimyoviy tarkibi, kimyoviy va fizikaviy va boshqa xossalari asosida xalqaro TIF TN da kod raqamlarini belgilash va sertifikatlar berish muammolarini tadqiq etadi.[1]
Ushbu fanning yutuqlari bugungi kunda barcha sohalarni o`z ichiga qamrab olmoqda xususan, sog`liqni saqlash sohasida ham bir qator izchil ishlar olib borilib uning samarasi o`laroq dori - darmon vositalarini eksport va import qilishda kimyoviy tarkibi va xavfsizligi darajasiga alohida e`tibor berish ularni tasniflash, sertifikatlash va kodlash asosida yanada mukammal amalga oshirilmoqda [2].
Mavzuning dolzarbligi. So`nggi yillarda sog`liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar fuqarolarning zamonaviy tibbiy xizmatlarga, dori-darmonlar bilan ta’minlanishiga bo`lgan imkoniyatlarini kengaytirdi, shuningdek, ko`rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligi yaxshilanishiga olib keldi. [3]
Sog’liqni saqlash hodimlari ayrim yurak qon tomir tizimida bo’g’imlarda va boshqa a’zolar (teri, buyrak,o’pka, serroz qavatlar) da joylashuvi biriktiruvchi to’qimani yallig’lanishi shikastlanish bilan harakterlovchi ummumiy infeksion allergik kasalliklarni kamaytirish va samarali davolash xususida ko’rgan tadbirlariga qaramay,katta odamlarda, kichik yoshdagi bolalarda ham uchrab turibdi. Yurak qon tomir va bo’g’imlardagi yallig’lanish kasalliklarini keng omma hayotida kamaytirish, ularni samarali davolash hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Mutaxasislar faqat bir narsani takrorlashgan: odam noto’g’ri ovqatlanish, noto’g’ri dam olish, pala partish hayot tarzida yashar ekan u o’z sog’ligining qotili bo’lib qolaverdi. Inson organizimida uchraydigan ko’plab kasalliklarning bir qator turlari asab tizimining ish faoliyatiga bog`liq., kamharakatlilik kabi illatlar ortidan kelib chiqadi. Revmatizm kasalligiga ta’sir etuvchi farmatsevtik dorilar va xalq tabobatidan samarali foydalanish kasallikni oldini olishga, kasallikni yengishga asosiy omillardan biri bo`lib hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |