YECHISH USULLARI
1-§. QONUNIYATLARNI TOPISHGA DOIR MASHQLARNI YECHISH USULLARI
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi matematikadan ta’lim jarayonini tashkil etar ekan, o`quvchilar bajara oladigan aqliy operasiyalar: taqqoslash, umumlashtirish, klassifikasiyalash(sinflarga ajratish),
abstraktlashtirish va konkretlashtirishga tayangan holda o`rganilayotgan ob’ekt, hodisa, vaziyat va jarayonlarning miqdoriy xarakteristikalari orasidagi bog`lanishlarni o`rnatib, ularni matematik simvollar bilan ifodalaydi.
Qonuniyatlarni topishga doir mashqlar boshlang`ich sinf o`quvchilarining aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o`ynab, ularni bilish faoliyati samaradorligini orttirishga ijobiy ta’sir o`tkazadi. Shuning uchun quyida ana shu turdagi mashqlar va ularni yechish usullarini ko`rib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |