Zahiriddin muhammad bobur lirikasining semantik-stilistik xususiyatlari



Download 475,35 Kb.
bet9/13
Sana17.07.2022
Hajmi475,35 Kb.
#813797
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Zahiriddin muhammad bobur lirikasining semantik-stilistik xususi

III BOB. «BOBURNOMA»
3.1. BOBURNOMA» NING ILMIY – MA’RIFIY VA ADABIY QIMMATI


Zahiriddin Muhammad Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va adabiy tilning yorqin namunasi bo’lgan "Boburnoma" asaridir. Asarning asli nomi "Boburiya" bo’lsa – da, uni "Voqeanoma", "Tuzuku Boburiy", "Voqeoti Boburiy" deb atadilar, keyinchalik asar "Boburnoma" degan nom bilan mashhur bo’lib ketdi. "Boburnoma" memuarlar (esdaliklar) to’plamidir. Bu tarixiy – badiiy asar 1494 –1529 yillardagi voqealarni, Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindistonda ro’y bergan va ko’pida Boburning o’zi ishtirok etgan o’zaro feodal urushlarni o’z ichiga oladi. Aftidan, Bobur siyosiy faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab voqealrni xotira sifatida qayd etib borgan, keyinchalik bu qaydlar "Boburnoma" ning yaratilishiga asos bo’lgan. Boburning "Boburnoma" ni qachon yozishga kirishgani ma’lum emas. Biroq asarning ayrim o’rinlari uning ko’proq qismi Hindistonda yozilgani yoki qayta tahrir qilinganini ko’rsatadi. Masalan, adib 909 (1503-1504) yilgi Afg’oniston voqealarini bayon qilar ekan Ibrohim Lo’diy ustidan qozongan g’alabasini eslaydi. Bu esa Boburning 909 yil voqealarini Hindistonda yozganini yoki avvalgi yozganlarini tahrir qilganini ko’rsatadi. Bobur bu asarini umrining oxirlarida, 1529-1530 yillarda yozib tugatadi. Boburning o’z so’zi va uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" dagi ma’lumotlariga ko’ra, "Boburnoma" dastlab "Voqeanoma" deb atalgan. "Boburnoma" dagi bir ruboiysida shoir shunday degan edi: Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum, Har kim bu "Vaqoe" ni o’qur, bilgaykim, Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum. "Boburnoma" ni ko’chirgan bir kotib uni "Boburiya" deb nomlaydi. Demak, "Boburnoma" asari o’z davrida yuqorida aytib o’tganimizdek bir qancha nomlar bilan atalgan ekan. "Boburnoma" ning o’ndan ziyod qo’lyozma nusxalari ma’lum. Asarning Boburning hayot davridayoq ko’chirilgan ikki nusxasi haqida ma’lumotlar bo’lsa – da, ularning qaerda saqlanayotgani ma’lum emas.
"Boburnoma" ning XVII – XVIII asrlarda ko’chirilgan nusxalari Leningrad, Kalьkutta, Agra, Haydarobod, Manchestr, London, Edinburg va boshqa joylarda saqlanadi. "Boburnoma" 1857 yilda Qozonda turkshunos rus olimi N.Ilьminskiy tomonidan nashr etiladi. 1905 yil ingliz olimasi A.Beverij xonim "Boburnoma" ning Haydarobodda topilgan qo’lyozmasining faksimiliesini nashr ettiradi. Asar Turkiyada ham nashr ettirilgan. Asardan parchalar bir necha xrestomatiyalarda nashr ettirildi. 1948-49 
yillarda ikki kitob holida, 1965-66 yillarda uch tomlik tarkibida, 1990 yilda alohida kitob holida chop etildi. "Boburnoma" asari bilan SHarq va G’arb olimlari alohida qiziqishgan. Uni eng kamyob va nodir asarlardan hisoblagan ko’pgina G’arb olimlari tadqiq etib o’rganganlar, tarjima qilganlar. Jumladan, G’arb tarixchi olimlardan Elfinston Boburning bu asari haqida shunday yozadi: "Bu memuarlarda buyuk turk podshosining hayoti batafsil tasvirlangan, uning shaxsiy his – tuyg’ulari har qanday mubolag’adan, pardadan holi. Uning uslubi oddiy va mardona, shuningdek, jonli va obrazli. o’z zamondoshlarining biografiyalarini, ularning qiyofalarini, urf-odatlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan u ("Boburnoma") Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir..." "Boburnoma" bir necha tillarga tarjima qilingan. Akbarshoh davrida (1586). "Boburnoma" fors tiliga tarjima qilinib, unga miniatyuralar ishlangan. Bu tarjimaning nusxalari ko’p. Asar 1705 yilda Vitsen tomonidan golland tiliga tarjima qilinib, Amsterdamda bosiladi. Djon Leyden bilan V.Erskin "Boburnoma" ning o’zbekcha va forscha nusxalarini solishtirib, uni ingliz tiliga tarjima qilishga va 1926 yilda Londonda nashr ettirishgan. A.Keyzer "Boburnoma" ning inglizcha tarjimasi asosida uni qisqartirilgan holda nemis tiliga tarjima qilinadi va bu tarjima 1828 yilda Leyptsigda bosiladi. Frantsuz olimi Pave de Kurteylь tarjima qiladi. Bu tarjima 1871 yilda Parijda nashr etiladi. "Boburnoma" ni rus olimlaridan dastlab N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, V.Vyatkinlar tarjima qilgan bo’lsalar, u keyinchalik M.Salьe tomonidan rus tiliga to’la tarjima qilindi va ikki marta nashr etildi. O’zbek adabiyotshunoslari tomonidan "Boburnoma" ning ko’p jihatlari tadqiq etilgan. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar A.Fitrat, H.Yoqubov, Ya.Fulomov, V.Zohidov, I.Sulton, M.SHayxzoda, F.Sulaymonova, A.Qayumov, H.Hasanov, N.Mallaev, S.Hasanov, X.Nazarova, P.Qodirov, R.Nabiev, X.Qosimov, F.Salomov, S.Jamolov, N.Komilov, A.Abdug’ofurov, I.Haqqulov, H.Qudratullaev, tarixchi olimlardan S.Azimjonova va boshqalarni nomi bilan bog’liq. "Boburnoma" tarixiy manba sifatida alohida qimmatga ega. Unda XV asrning oxiridan XVI asrning 30 – yillariga qadar ro’y bergan tarixiy voqealar aks ettiriladi. Asar 1494 yil voqeasi tasviri bilan, Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning Farg’onaga hujumi, Umarshayx Mirzoning halok bo’lishi va 12 yoshga qadam qo’ygan Boburning taxtga chiqishi bilan boshlanadi. Asarda voqealar doirasi kengayib, chuqurlashib, murakkablashib boradi.
Muallif Movarounnahrdagi, keyinroq Xuroson, Afg’oniston va Hindistonda voqealarni bayon qiladi. Faktik materiallarning ko’pligi, boyligi, aniqligi va to’laligi, tarixiy voqealarning asosan ob’ektiv, beg’araz va rostgo’ylik bilan bayon etilishi, xronologik izchillik, ifodaning soddaligi va ravonligi "Boburnoma" ning tarixiy manba sifatidagi afzalliklarini tashkil etadi. SHu jihatdan qaraganda "Boburnoma" o’tmishning ko’pgina tarix kitoblari va memuarlaridan ustun turadi. "Boburnoma" da tarixiy voqealar asosan ob’ektiv bayon etiladi. "Boburnoma" sodda uslub, ravon, shirali va boy til bilan yozilgan, jonli manzaralar, portret va xarakterlar, original badiiy til vositalari bilan badiiiylashtirilgan asardir. Aynan mana shu afzal jihatlari bilan "Boburnoma" uzoq zamonlardan buyon tarixchilarning va boshqa olimlarning diqqat – e’tiborini o’ziga jalb etib, yuksak baholanib kelmoqda. "Boburnoma" XV-XVI asr tarixiy hodisalari bilan tanishish va ularni umumlashtirish, SHarq feodal jamiyatining xususiyatlarini belgilash va yoritishda juda ko’p xarakterli faktlar, ma’lumotlar beradi. "Boburnoma" o’zbek adabiyoti tarixida badiiy prozaning eng birinchi yirik namunasi hisoblanadi. Bu asar adabiyotimizda prozaning rivojlanishiga uzoq vaqt ijobiy ta’sir etib keldi.
Dadil aytish mumkinki, bu asarda badiiy prozaning deyarli ma’lum darajada barcha elemaentlari bor. Muallif o’z asarining ko’p qismlarini xuddi ana shu planda yozadi, o’z boshidan kechirgan va ko’rganlarini, o’zining atrofidagi yoki tarixiy aloqador bo’lgan odamlarni, bu odamlar nima qilgan bo’lsalar – ularning barchasini tasvirlaydi. Mazkur asarda muallifning juda chuqur bilimi, badiiy salohiyati va mahorati namoyon bo’ladi. "Boburnoma" da qahramonlarning harakatlar bilan voqealik uzviy va chambarchas bog’lanib ketadi. Muhimi shundaki, bu voqealarning barchasida Boburning hayoti va faoliyati, uning harbiy yurishlari yetakchilik qiladi. Ular o’quvchiga shunday yetkazib beriladiki, asarning ba’zi joylari badiiy umumlashma darajasiga ko’tariladi. "Boburnoma" ning syujeti juda murakkabdir. Bobur syujetni rivojlantirishda SHarq adabiyotida keng tarqalgan bayon ichiga bayon kiritish usulini qo’llaydi. Mazkur usul turli mavzularni qamrab olishga, konfliktning kuchayishiga va asarning serqirra bo’lishiga imkoniyat beradi.
Muhimi shundan iboratki, Bobur ko’pincha badiiy umumlashma va voqealikni realistik aks ettirish orqali yuksak mahoratga erishadi. Bu jihatdan "Boburnoma" da bayon qilingan 1502- 1503 yil voqealarini o’z ichiga olgan bobning (ikkinchi yarmida yolg’iz qolgan Boburning dushmanlar ta’qib qilar ekan, u barcha xavf-xatarni bilgani, tushungani holda uzoq vaqt katta masofani ajal bilan yonma-yon bosib o’tganligi) tasviri ajralib turadi. Muallif epizodik hodisalarni aks ettirganda ham shu usulni qo’llaydi. Voqealarni tasvirlagan adib ularning ko’pida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, voqealar Boburning o’z obrazi orqali bir-biri bilan ulanadi, o’ziga xos syujet chizig’ini yaratadi. SHuning uchun ham "Boburnoma" juda yengil o’q’iladi, kitobxonni o’ziga maftun etadi.


Voqealar rivojida muhim o’rin tutgan Umarshayx mirzo, Husayn Boyqaro, 
Sulton Ahmad mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl – shamoyili, nasl – nasabi, ma’naviy qiyofasi, xislati, xulq-atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarini ham tasvirlaydi, xilma – xil badiiy portretlar, xarakterlar yaratadi. Bunday personajlar bevosita tarixiy roman yoki qissalardagi qahramonlarga o’xshab ketadi. Bobur ularning ta’rifi va tavsifini bir joyga to’plab, mujassamlashtirib beradi, bu bilan kitobxonni tarixiy shaxs bilan tanishtiradi, shundan keyin voqealar bayonini davom ettiradi. "Boburnoma" da ilm – fan, san’at va adabiyot ahllariga ham katta o’rin berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, SHayxim Suhayliy, Yusuf Badeiy, Ahmad Hojibek Behzod, Sulton Ali, Xoja Abdullo Marvoriy, SHoh Muzaffar, Fulom SHodiy, Husayn Udiy kabi qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni mao’taydi, asarlardan namunalar keltiradi, ba’zan hayoti, faoliyati va shaxsiy sifatlari haqida qiziqarli faktlarni keltiradi. "Boburnoma" bu kishilarning hayoti va faoliyatini o’rganishda, ularning madaniy hayotdagi o’rnini belgilashda juda ahamiyatlidir. "Boburnoma"ning bosh qahramoni – Bobur. U juda murakkab shaxs – siyosiy arbob, lashkarboshi, olim, shoir va donishmand. Tabiiyki, barcha badiiy asarda inson, uning hayoti, turmush tarzi va xarakteri o’z ifodasini topadi. Mumtoz nasriy asarlar ham bundan xoli emas. Odamlar orasidagi munosabat eng avvalo hissiyot, hayajon, ruhiy o’zgarishlarsiz vujudga kelmaydi. Bu holatlarning badiiy, tarixiy, sarguzasht, voqeaiy – ilmiy sarguzasht asarlarida g’ay darajada yoritilganini o’rganish adib uslubi, bayon tarzini belgilashga yordam beradi. "Boburnoma" da muallifning psixologik holati tasviri alohida o’rin tutadi. Boburning birinchi marta may ichishga rag’bat etgani jiddiy ruhiy kechinmalar orqali o’tganligi bunga bir dalil. Vaqti kelib Bobur o’zida "chog’irga mayl paydo" bo’lganligini sezgan. Muallifning inkor qilib bo’lmas sabablar, xolis dalillar keltirib, may ichuvchilar davrasiga qo’shilishi uchun ruhan va ma’nan tayyorligini zikr etadi, o’zini tinchitadi. Biroq yana bir monelik sezadi: Boburni bilgan barcha kishilar uning azaldan ichkilik ichmasligidan boxabar bo’lganliklari tufayli uni qistamas edilar. Uning o’zi esa jur’at etib, ichishga mayli borligini ochiq bildira olmasligini shunchalik aniq, hayotiy tasvirilaganki, ehtimol bu holatni bundanda mazmunliroq yoritib bo’lmas: "... so’ngralar yigitlik havasidan va nafs taqozosidinkim, chog’irga mayl paydo bo’ldi, taklif qilur kishi yo’q erdi, balki chog’irga maylini bilur kishi yo’q erdi. Ko’nglum agarchi moyil edi, qilmag’on amrni o’zluk bila qilmoq mushkul edi". Bugungi kunda mumtoz adabiyotimiz orqali yuksak ma’naviy jihatlarni yosh avlodga yetkazish borasida ko’p so’z yuritmoqchimiz. Boburning yuqoridagi andishasi temuriyzodalar axloqi, insoniy qadr - qiymatga ehtiromi, atrofdagilar fikr – mulohazasi bilan hisoblashish, jamiyatning qonun - qoidalari barcha uchun, hatto shoh Bobur uchun ham birdek amal qilishining yorqin dalili emasmi? Bobur qanchalik ichishga mayli bo’lmasin, yoshi kattalar, davradoshlarning hohish – istagi bo’lmagan ekan, u o’zini tiyadi, o’z irodasini ishga soladi, ichmaydi. Xuddi shu xislat davrimiz yoshlari uchun, ularni may va boshqa sarxush etuvchi moddalarni iste’mol qilishdan bosh tortish uchun yuksak ibrat va ma’naviy saboq vazifasini o’taydi. "Boburnoma" ning bosh qahramoni Bobur timsoli, uning faoliyati, ruhiy – ma’naviy olami haqida o’rnak bo’ladigan darajadagi juda ko’plab ma’lumotlarni olish mumkin. "Boburnoma" qomusiy asardir. Unda tarixiy voqealar bilan birga, tabiiyot, geografiya, topografiya, adabiyotshunoslik, etnografiyaga va fanning boshqa sohalariga doir juda qimmatli fakt va ma’lumotlar berilgan. Bobur tog’ va daralar, ko’l va daryolar, xilma – xil o’simlik va hayvonlar, joylarning yer osti boyliklari, xalqlarning urf – odati, tili, san’ati va adabiyoti, ayrim so’zlarning etimologiyasi va boshqa masalalar bilan qiziqadi, bularning barchasini erinmay kuzatadi, o’rganadi, turli kasbdagi kishilardan, keksalardan ma’lumot to’playdi. Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindiston faqat siyosiy tarixi bilangina emas, balki tabiati, ilm – fani, san’at – adabiyoti va boshqa jihatlari bilangina emas, balki tabiati, ilm – fani, san’at – adabiyoti va boshqa jihatlari bilan "Boburnoma" da birmuncha to’la va mukammal tasvirlanadi. "Boburnoma" da shu darajada ko’p turli – tuman ma’lumotlar borki, fanning deyarli barcha sohalaridagi mutaxasisslar bu asardan bahramand bo’la oladilar. SHular bilan bir qatorda "Boburnoma" o’zbek adabiy tilining juda muhim yodgorliklardan biridir. Bu asar orqali biz XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi o’zbek adabiy tili va hamda uning o’sha davrdagi asosiy shevalardagi bo’lagan Andijon shevasi haqida keng va mukammal tasavvurga ega bo’lamiz. "Boburnoma" da nosir Boburning san’atkorlik mahorati ham sezilib turadi. Asarda romantik tuyg’u, yuksak badiiy vositalar – tashbeh, istiora, majoz, mubolag’a, badiiy san’atlari orqali voqea - hodisalarni tasvirlash uning jozibador va go’zal bo’lishini ta’minlaydi. Nasrda nazm qanchalik an’ana bo’lmasin, har bir adib bu masalaga o’z o’lchovi, uslubi, tasviri bilan yondashgan. Masalan,
"Boburnoma" da muallif o’z fikrini nasrda bayon etadi, boshqacha aytganda, shoir Boburdan ko’ra nosir Bobur yaqqolroq ko’ringan. "Boburnoma" voqeaviy – ilmiy – saprguzasht asar bo’lganligi bois muallif o’zining yuksak romantik tuyg’ularini ifodalash uchun gohida shoirona tuyg’uga beriladi, realistik tasvirlariga ko’tarinkilik baxsh etish niyatida she’rga murojaat etadi. "Boburnoma" ning ana shu qismlari, ayniqsa, juda ravon o’g’iladi, o’quvchini muallif hikoya qilgan voqea - hodisalarga hamroh qiladi. Xullas, Bobur o’zining lirikasi bilan ham, "Boburnoma" asari bilan ham o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Boburning "Boburnoma" sidan ilhomlangan qizi Gulbadanbegim fors – tojik tilida "Humoyunnoma" asarini yaratdi. "Boburnoma" Navoiy nasriy asarlaridan so’ng turkiy tildagi nodir badiiy, ilmiy nasr xazinasi bo’lganligi bois bugungi kunda ham va hech qachon o’zining ilmiy – adabiy – ma’rifiy qimmatini yo’qotmaydi. Tayanch tushunchalar va so’zlar: "Boburnoma" – memuar asar, qomusiy asar, "Voqeanoma", "Boburiya", "Tuzuki Boburiy", "Voqeaoti Boburiy", Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston, Hindiston, tarixiy shaxslar qiyofasi, peyzaj, Navoiy, Jomiy, Binoiy, Ahmad Hojibek. Bobur – asarning bosh qahramoni, qahramonning ruhiy olami, badiiy san’atlar va tasvir vositalari: tashbeh, mubolag’a, istiora.






























Download 475,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish