3.2 ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYOTI VA IJODINING AKADEMIK LITSEYLARDA IKKINCHI BOSQICH TALABALARIGA O‘TILISHI
Bobur jahongashta olim bo‘lgan. U Farg‘ona vodiysini, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Hisor va Xirotgacha bo‘lgan shahar qishloqlarni, voha va tog‘larni kezib, taqdir taqazosi bilan Afg‘oniston, Eron, Pokiston va Hindiston o‘lkalarida bo‘lib, qimmatli ilmiy ma’lumotlar yozib qoldirgan. Bobur Hindistonni zabt etgandan so‘ng uni Movarounnahrga taqqoslaydi: “g‘aroyib mamlakate voqe bo‘lubtur, bizning viloyatlarg‘a boqa o‘zga olamedur. Tog‘ va daryosi va jangal va sahrosi, mavozi va viloyati va hayvonot va nabodoti, eli va tili va yomg‘uri va eli boricha o‘zgacha voqe bo‘lubtur”. O‘z vatanini ta’riflaganda uning diqqat e’tiboridan yer osti xazinalari ham chetda qolmadi.
U Farg‘ona vodiysi chor atrofidagi tog‘larda, ayniqsa, Yettikentda feruza va temir konlari bor deb yozgan. Hozir bizga ma’lumki, vodiyning shimoliy G‘arbiga joylashgan temir konlari mavjud. Bularga Chokadambuloq Chimyon konlarini misol qilishimiz mumkin. Masalan, u o‘simlik va hayvonlar haqida hikoya qilib xurmoni shunday ta’riflaydi” “Yana xurmodir. Agarchi xurmo Hindiston maxsusi emas. Chun ul viloyatlarda yo‘q edi, mazkur bo‘ldi... shoxlari daraxt kallasida bir yerda –o‘q bo‘lur, tanasi nohamvor va badrangdur. Mevasi uzumning xo‘shasidek bo‘lur, xo‘shasidin xiyli ulug‘roq bo‘lur...” Shu tariqa boshqa so‘zlar ham namunadagidek izohlanadi.
Pedagogik texnologiyalar tadqiqotchilarning fikricha-bu axborot texnologiyasi bilan bog‘liq, hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan TCO, kompyuter, masofali o‘qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi –bu o‘qituvchi va o‘quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijada hamkorlikka erishish uchun tanlangan texnologiyalarga bog‘liq deb hisoblaymiz, ya’ni o‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar. Ijodiy ishlasa,
izlansalar, tahlil eta olsa , o‘qituvchi esa ularning faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa bizning fikrimizcha, ana shu o‘qitish jarayonning asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya-bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u o‘quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Ushbu fikrimizni Bobur lirikasida ko‘rishimiz mumkin:
(Zahiriddin Muhammad Boburning “G‘urbatlar ul oy...”g’azali tahlili)
Do'stlaringiz bilan baham: |