Zahiriddin muhammad bobur lirikasining semantik-stilistik xususiyatlari



Download 475,35 Kb.
bet2/13
Sana17.07.2022
Hajmi475,35 Kb.
#813797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Zahiriddin muhammad bobur lirikasining semantik-stilistik xususi

Muammoning o‘rganilish darajasi.


Zahiriddin Muhammad Bobur XVI asrda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlardan biri bo‘lib, uning ijodi o‘zbek adabiyoti tarixida munosib o‘rin egallaydi. Bu sermahsul ijodkorning bizga “Mubayyin”, “Risolai volidiya” nomli she’riy hamda jahonga shuhrati ketgan qomusiy “Boburnoma” kabi asarlari meros bo‘lib qolgan.
U o‘z davrining Alisher Navoiydan keyingi taraqqiyparvar ijodkorlaridan bo‘lib, o‘zbek she’riyati va ayniqsa, nasrining eng ilg‘or an’analarini davom ettirdi.
Boburning ijodi O‘zbekistonda, ba’zi bir istisnolarni hisobga olmaganda, XX asrning 40-yillarigacha o‘rganilmagan, dastlabki maqolalar 1940-yildan boshlab chop etila boshlandi. Ayrim xrestomatiyalarga uning asarlari kiritildi va uning lirikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirila boshlandi.
Shuningdek, Porso Shamsiyev va Sodiq Mirzayevlar 1948-1949-yillarda “Boburnoma”ning ikki jildligi kirill yozuviga tabdil qilinib, chop ettirganlar.
Shu yillarda “Boburnoma” sharqshunos Mixail Sale tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, kitob holiday bosilib chiqqan.
1958 yilda Bobur tavalludining 475 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan akademik V. Zohidovning “O‘zbekiston madaniyati”gazetasining 1958- yil 12- aprel sonida bosilgan “Boburning adabiy faoliyati”, “Sharq yulduzi” jurnalining 1958-yil 11-sonida bosilgan “Boburning faoliyati va adabiy-ilmiy merosi haqida” maqolalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
1959-yilda Aziz Qayumov va Sabohat Azimjonova tomonidan “Bobur lirikasi” deb nomlangan risola nashr etildi.
Aslida “Boburiya” deb nomlangan bu qomusiy shoh asar dunyo tillariga yigirmadan ortiq nom bilan tarjima qilingan: “Voqeanomayi podshohi”, “Taboqoti Boburiy”, “Tuzuki Boburiy”, “G‘aroyib tarjimai hol”, “Sharhlar, “Bobur xotiroti” ushbu nomlar asarning sirli qirralariga ishora qiladigan go‘yo.
Jahon adabiyotida memuar janrning nodir namunasi hisoblangan “Boburnoma” qomusiy asar sifatida e’tibor topgan. Ta’kidlanishicha, asar to‘rt marta forsiyda va ingliz tilida, bir marta golland, italyan, hind, yapon, polyak, uyg‘ur, qozoq, tillarida chop etilgan. Tarjimalarni amalga oshirishda Vitsen (Golland), Velyam Erekin (ingliz), Lyukas Uayt King (Ingliz), Jan Lyui Bakye Gramleok (fransuz), A. Nayzer (nemis), Rushan Oro Begim (fors), Rashit Rahmati Arat (turk), Mixail Sale(rus), Eyji Mono (yapon), Mirzo Nasriddin Haydar Kuragoniy (pokistonlik), Rashid Ahtar Navdiy (pokistonlik), Said Atkor (hind) kabi tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar. Asar matnining aniqlash va tadqiq etishda D.Derbelo, R.M. Kaldekot, F.G.Talbot, A.Denison-Ross, M.F. Kurruluzoda, Ya.G‘ulomov, S.Azimjonova, S.Jalolov, R. Shamsiddinov, V.Zohidov, B.Valiho‘jayev, A.Qayumov, X.Yoqubov, O.Sharafiddinov, M.Sahyxzoda, A.Hayitmetov, A.Ismoilov, X. Nazarov, N.Kamilov, S.Hasanov, Yo. Isoqov singari tarixchi, faylasuf, filolog va tabiatshunos olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Bobur ijodi “Boburnoma”ning badiiy va g‘oyaviy mazmuni haqidagi X.Yoqubov, M.Shayxzoda, V.Zohidov izlanishlari e’lon qilindi.
“Boburnoma” tilini o‘rganishga bo‘lgan dastlabki urinishlar asarni tarjima qilish jarayonidayoq kuzatila boshlandi.
“Boburnoma” dagi ko‘pgina joy nomlari, o‘simlik va hayvonot dunyosiga oid terminlar tarjimonlar tomonidan batafsil sharhlab, izohlab berilgan. Birgina Lyukas Uayt King tuzgan sharhlar to‘rt mingdan ortiqdir.4 Ingliz boburshunosi, A.Beverij tarjimalarida Bobur tili va uslubiga alohida e’tibor beradi. Asar tili, xususan grammatik qurilishini ilmiy asosda o‘rganish, XIX asrning ikkinchi yarmida boshlandi. N.I Ilminskiy “Boburnoma” morfologiyasiga doir masalalar asarini e’lon qildi. “Boburnama” tilini o‘rganish bo‘yicha X.Nazarovning o‘n beshga yaqin ilmiy maqolasi, risolalari va lug‘ati nashr etildi. Asar tilining fonetik jihatlari yuzasidan ham maqolalar e’lon qilindi.5 X. Dadaboyev “Boburnoma”da qo‘llangan ijtimoiy-siyosiy, harbiy terminlarni tadqiq qildi. A. Ibrohimov Bobur asarlaridagi o‘zlashma leksika tadqiqiga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini tayyorladi. Shuningdek, , M.Olimovning qator maqolalari asarda qo‘llanilgan sinonimlar lug‘ati nashr etildi. Jumladan, Boburning so‘z qo‘llash mahorati mavzuida “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida A.Ibrohimovning maqolasi chop etildi.

Download 475,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish