Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

m a ’lum   siymolar,

  sujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni 

tasavvur  etadilar,  yaratadilar.  Juda  ko‘p  multfilmlar  ana  shun­

day bolalarning  tasavvurlari  asosida yaratilgan.  Turli  tasavvurlar 

zamirida  ularning  qo‘rquvni  yengishi,  do'st  topishi,  xursandchi- 

lik  hislari  yotadi.  Bundan  tashqari,  tasavvur  terapevtik  natija- 

ga  olib  keluvchi faoliyat sifatida ham  namoyon bolishi  mumkin. 

Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib,  ulardan  chiqib ke- 

ta  olmagan  holatda  ham  ko‘pincha  xayolga  beriladi.  Masalan, 

mehribonlik  uyida  tarbiyalanayotgan  bola  o‘zining  hamma  ha­

vas  qiladigan  oilasi,  uyi  bolishini,  bu  uyga  o‘g‘rilar  kelib  qolsa, 

u  qahramonlik  qilishini  tasavvur  qiladi.  0 ‘z  tasavvurida  yaxshi 

yoki  yomon  holatlarni  boshidan  kechirgan  bola  o‘zining  kelgu­

si xatti-harakatlari motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi.  Katta-



288


larga  nisbatan bolgan tasavvurning bolalar hayotidagi  ahamiyati 

juda katta.  Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila bosh- 

laydi, o‘z-o‘zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga 

chiqa  oladi,  ijodiy  layoqati  rivojlanadi,  shaxsiy  xususiyatlarining 

rivojlanishiga  xizmat  qiladi.  Maktabning  birinchi  sinfiga  kelgan 

bolada  xayol  yetarli  darajada  rivoj  topgan  bo‘ladi  va  u  xilma-xil 

tasavvurlarning kattagina zaxirasiga  ega bo‘ladi.  0 ‘qish jarayoni­

da u faqat idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan, balki 

shu  bilan  birga,  xayolida  yaratilgan  tasavvurlarga  ham  tayanib, 

o‘rgatilayotgan materialni yaqqol  tarzda o‘zlashtira boradi.

Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asar­

larini  yetarli  darajada  aks  ettirishda  vujudga  keladi.  Siymolar, 

shartli  belgilar,  tabiat  manzaralari jamlanib,  o‘quvchilarda  xayol 

paydo  bo'ladi.  Boshlang‘ich  sinf o'quvchilari  o‘ynaydigan  o‘yin- 

larda ham  ularning xayolini  o‘sishi davom etaveradi.  0 ‘quvchilar 

o‘z  o‘yinlarida  turli  narsalarni  yasaydilar,  turli  yerlarga  sayohat 

qiladilar.  Bunday  o‘yinlardan  o‘quvchi  mazmundor  taassurotlar 

oladi  va  unda  turli  tasavvurlar  hosil  bo‘ladi,  uning  ijodiy,  qu- 

rish-yasash  va  badiiy  qobiliyatlari  o‘sadi.  Kichik  maktab  yoshi­

dagi  o‘quvchining  xayoli  o‘zining  kengligi  va  mazmundorligi ji- 

hatidangina  o‘zgarib  qolmasdan,  balki  yo‘nalishi  jihatidan  ham 

o‘zgaradi.  Kichik  maktab  davridagi  o‘quvchining  ixtiyorsiz  xa­

yoli ham,  ixtiyoriy xayoli ham maktabgacha yoshdagi bolalarning 

xayolidan  o‘zining barqarorligi bilan farq qiladi.

Maktabga  kelish  arafasida  bolaning  so‘z  boyligi  o‘z  fikrini 

bayon  eta  oladigan  darajada  ortadi.  6  yoshdagi  normal  rivojla- 

nayotgan  bola  o‘z  nutqida  3000—7000  so'zni  ishlatadi.  Bolalar 

nutqining  o‘sishida  ularning  maktabdagi  o‘qish  faoliyati  ayniq­

sa,  katta rol  o‘ynaydi.  Bola maktabga kelmasidan  oldin  o‘zi qan­

day  gapirayotgani  ustida  o‘ylab  o‘tirmasdan,  o‘z  nutqidan  faqat 

aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi.  Maktabda esa bola 

gaplashayotgan til  o‘qitiladigan va o‘rganiladigan fan bolib  qola- 

di.  Maktabda o‘qiyotgan: bola o‘z ona tilining grammatikasi bilan 

shug‘ullanishi natijasida,  o‘z nutqini grammatika qoidalariga mu-



289


vofiq  ongli  ravishda tuzishni  o'rganadi.  Grammatikani  o‘rganish 

jarayonida  bola  nutqining  fonetika  jihati  aniqlanadi,  nutqning 

morfologik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi,  sintaksis tuzilishi esa ancha 

takomillashadi.  Nutqning ayrim jihatlariga xos bo'lgan bu sifatlar 

faqat  grammatikani  o‘qib  o‘rganish  natijasidagina  o‘sib  qolmas- 

dan,  balki,  shu bilan birga,  maktabda  o‘qitilayotgan  boshqa  fan- 

larning  ta’siri  ostida  ham  o‘sadi.  Maktabda  o‘qitilayotgan  ham- 

ma fanlarni o‘rganish va shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida 

o‘quvchi  nutqining  lug‘at  zaxirasi  boyiydi,  so‘zlarning  mazmu- 

ni chuqurlashadi va  kengayadi,  har  qaysi  so‘zning,  har  qaysi  ata- 

maning  ma’nosi  aniqlanadi.  Boshlang‘ich  sinf yoshidagi  bolalar 

nutqi  asosan  ot,  sifat,  son,  fe’l  va  bog‘lovchilardan  iborat  b o la­

di.  Bu  yoshdagi  bolalar  o'z  nutqlarida  qaysi  so‘zlarni  ishlatgani 

afzal-u,  qaysilarini  ishlatish  mumkin  emasligini  farqlay  oladilar. 

6—7  yoshli  bola  jumlalarini  murakkab  grammatik  tizimda  tuza 

oladi.  Bola  butun  bolalik  davrida  nutqni  jadal  ravishda  egallab 

borib,  uni o'zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga  aylana boradi.  7—9 

yoshli  bolalar  nutqining  o'ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shunda- 

ki,  ular o'z fikrlarini bayon etish uchungina  emas,  balki o'z suh- 

batdoshining  diqqatini o‘ziga jalb  qilish uchun  ham gapiradilar.

Bu  davrda  bolaning  yozma  nutqi  ham  shakllana  boshlaydi. 

Yozma  nutq jumlalarni  to‘g‘ri  tuzish  va  so'zlarni  to‘g‘ri  yozishga 

ma’lum  talablar  qo‘yilganligi  bilan  xarakterlanadi.  Bola  so'zlarni 

qanday eshitgan boisa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni 

to'g'ri  talaffuz  etishga va  yozishga o'rganishi  zarur.  Yozma nutqni 

egallash  asosida bolalarda  turli  matnlar haqida  ma’lumotlar yuza­

ga keladi.  Bu  davrda yozma  nutq  endigina  shakllana boshlaganli- 

gi bois, bolada o'zi yozgan fikrlarni,  so'z va harflarni nazorat etish 

malakasi  hali  rivojlanmagan  bo'ladi.  Lekin  unga  ijod  qilish  im- 

koniyati  beriladi.  Ushbu  mustaqil  ijodiy  ish  kichik  maktab  yoshi­

dagi  o'quvchilarda  berilgan  mavzuni  anglash,  uning  mazmunini 

aniqlash,  fikrini bayon  etish  uchun  ma’lumot  to'plash,  muhim ji- 

hatlarini  ajratib  olish,  reja  tuzish,  uni  ma’lum  ketma-ketlikda ba­

yon  etish,  malakasini  yuzaga  keltiradi.  Jumlalarni  to'g'ri  tuzish,



290


aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, 

tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish,  o‘z xatolarini topa olish va to‘g‘ri- 

lash aqliy rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.

6—11  yoshli  o‘quvchilarning  bilish  jarayonlaridagi  ixtiyoriy- 

lik  irodaviy  zo‘riqish  asosidagina,  shuningdek,  bola  o‘zini  atrof- 

dagilarning talabini bajarishga yoki shaxsiy harakat qilishga intil- 

gandagina yuzaga kelishi  mumkin.

Kichik  maktab  yoshidagi  bola  psixikasining  sog‘lomligida, 

uning  bilish  faolligida  tafakkurning  ham  rivojlanishini  ko‘rish 

mumkin.  Bolaning  qiziquvchanligi,  asosan,  atrof-olamni  bilish, 

o'rganishga qaratilgan bo‘ladi.  Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘ynab 

turib,  olam  sir-sinoatlari,  sabab-hodisalari  va  bog‘liqlaridan  xa- 

bardor bo‘lishga  intiladi.  Masalan,  u  o‘zi  mustaqil  ravishda  qan­

day predmetlar  suvda  cho‘kishi,  qaysilari  esa  suzishini  tadqiq  qi­

la oladi.  Bola aqliy munosabatlarda faol bolsa,  u shunchalik ko‘p 

savol  beradi va bu  savollar,  asosan,  xilma-xil  bo‘ladi.  Bolani  qor, 

yomg‘ir qanday yog‘ishi, quyosh kechasi qayerda bolishi, mashina 

qanday  qilib  yurishi,  yerdan  osmongacha bolgan  masofani bilish 

juda  qiziqtiradi.  Bu  ularning  «Nima  uchun?»,  «Qanday  qilib?», 

«Nima  orqali?»  kabi  savollariga javob  olishga  qaratilgan  boladi. 

Bu  yoshdagi  bolalar  asosan  o‘zlari  ko‘rib  turgan  narsalar  haqi­

da  chuqurroq fikr yurita  oladilar.  Bu  yoshdagi bolalar  tafakkuri­

ning  asosiy turi obrazli tafakkurdir.  Bolalarga beriladigan va  aso­

san  maktabda  amalga  oshiriladigan  ta’lim  bolalar  tafakkurining 

o'sishi  uchun  g‘oyat  katta  ahamiyatga  egadir.  Masalan,  psixolog 

olim Piaje tadqiqotlarida 6—7 yoshli bolalardan bir-biri bilan teng 

bolgan  idishlardagi  suv  miqdori  solalgan.  Bolalar  «Idishlardagi 

suv miqdori teng»,  — deb javob berishgan.  Aynan shu miqdordagi 

suv  bolalar ko‘z  o‘ngida  turli  xil  balandlikdagi  idishlarga  quyilib, 

so'ngra  qaysi  idishdagi  suv  miqdori  ko'pligini  so‘ralganida  bola­

lar  ingichka,  lekin  baland  idishdagi  suvning  miqdori  ko‘pligini 

aytishgan.  Bolalar  aynan  o‘sha  suv  miqdorini  yana  bir-biri  bilan 

teng bolgan  idishlarda ko‘rganlaridan so‘nggina  o‘z javoblari  no- 

to‘g‘riligini  bilganlar.  Aynan  shunday  tajriba  bir  xil  kattalikdagi



291


plastilin  shakllari  o‘zgartirilganida  hamda  teng  miqdordagi  tug- 

machalar orasi ochiqroq qilib  qo‘yilgan qatordagi tugmachalar bi­

lan solishtirilganida ham xuddi shunday javoblar bolgan.

Bu  tajriba  6-7  yoshli bolalar  asosan  ko‘rganlari  bo‘yicha  fikr- 

lashlarini  isbotlab  beradi.  Bolalarga  beriladigan  va  asosan  mak­

tabda  amalga  oshiriladigan  ta’lim  bolalar  tafakkurining  o‘sishi 

uchun  g‘oyat  katta  ahamiyatga  egadir.  Ta’lim va  maktabda beri­

ladigan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira 

va xayol o‘sib borishi bilan kichik maktab yoshidagi bolalar tafak- 

kuriga  material boladigan narsalar  doirasi  kengaya boradi,  bola­

larda  mantiqiy  tafakkur va  tanqidiy  fikrlash  o‘sib  boradi.  Ta’lim 

jarayonida bolaning tafakkuri katta o‘sish yolni — konkret tafak- 

kurdan abstrakt — nazariy tafakkurga  o‘sish yolini bosib  oladi.

Kichik  maktab  yoshidagi  bolalarning  tafakkuri  hali  ham 

amaliy,  konkret  tafakkur  boladi,  lekin  ta’lim  jarayonida  bola­

larning  bunday  konkret  tafakkuri,  maktabgacha  tarbiya  yoshi­

dagi  bolalarning  konkret  tafakkuriga  qaraganda,  murakkabroq 

va  mazmunliroq  bolib  qoladi,  ulardagi  fikrlash  jarayonlarining 

hammasi  takomillasha  boradi.  Maktabda  o‘quvchi  bola  tobora 

murakkabroq narsalarni va o‘zi idrok qilayotgan  narsalarni ham­

da  hodisalarnigina  emas,  balki  shu bilan birga,  tasavvur  qilayot­

gan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga taqqoslashni,  analiz va 

sintez  qilishni olgan ib  oladi.

Bolaning  maktabdagi  o‘qishi jarayonida  unda  abstraksiyalash 

qobiliyati  o‘sa  boshlaydi.  Matematika  darslarida  amaliy  konkret 

sanashdan  abstrakt  hisoblashga olilgan  vaqtda,  shuningdek,  ona 

tili darslari davomida bu  qobiliyat ayniqsa,  sezilarli sur’atda o‘sa- 

di.  Boshqa  fanlarni  o‘qish jarayonida bu  qobiliyat yanada  o‘sadi. 

Bola  analiz  qilish,  abstraksiyalash  va  taqqoslashni,  mashq  qilish 

yoli  bilan  narsalarning  muhim  belgilari  bilan  ahamiyatsiz  bel- 

gilarini  bir-biridan  farq  qilishni,  predmet,  voqea-hodisalarning 

muhim  belgilariga  qarab  turib  xulosalar  chiqarishni  o‘rgana- 

di.  Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning  tafakkuri  mantiqiy 

fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash



292


tahlil  qilishning  turli  usullarini  qo‘llashda  o‘ziga  xos  xususiyat­

lari bilan maktabgacha yoshdagi bolalar va o‘smirlardan farq qila­

di.  Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga,  mustaqil flkrlash- 

ga o‘rgatish kichik  maktab yoshdagi o‘quvchilarni barkamollikka 

erishtirishning garovidir.  6—11  yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, 

lekin bu yosh asosan ko‘rganlariga tayanib,  ta’lim olishga senzitiv 

bo‘lgan davr hisoblanadi.

Boshlang‘ich  maktabning  o‘zidayoq  bolalar  birinchi  sinfdan 

boshlab ko‘p miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, 

arifmetikaga,  tabiatga  doir,  shuningdek,  ijtimoiy-siyosiy  tushun­

chalarni  o‘zlashtirib  oladilar.  0 ‘quvchilar  o‘zlashtirib  oladigan 

tushunchalar doirasi,  asosan,  har qaysi sinf uchun  turli  fanlar yu- 

zasidan  tuzilgan  o‘quv  dasturi  bilan  belgilanadi.  Muayyan  ilmiy 

mazmunga ega bolgan tushunchalar o‘quvchilarga mantiqiy ifoda- 

langan  shaklda  bayon  qilib  beriladi.  0 ‘quvchilar  o'zlarining  ham 

tushunchalarini mazmunini ta’riflab, ularning jins va turlariga doir 

belgilarini  ko‘rsatib,  aytib  berishni  o‘rganadilar.  0 ‘quvchilar  tu­

shuncha  va  qoidalarni  ta’riflab  berolmay  qolganlarida  yoki  ta’rif- 

lash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, 

misollar bilan ko‘rsatib beradilar. N.S.Leytes mulohazalariga kola, 

inson  yoshi  ulg‘aygan  sari  aqliy  rivojlanish  darajasi  birmuncha 

kolariladi,  uquvchanlik  xususiyati  esa  birmuncha  pasayadi.  Ki­

chik maktab yoshidagi bolalarning uquvchanligi,  albatta,  o‘smir va 

o‘spirinlarga nisbatan yuqori,  lekin o‘smir va o‘spirinlarning aqliy 

rivojlanganligi boshlanglch sinf o‘quvchilariga nisbatan yuqoridir. 

Bu  holat  kichik maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning yetakchi  faoli­

yati — o‘qish bolishi bilan,  lekin bilish jarayonlari hali hamma to­

monlama rivojlanib bolmaganligi bilan bogliq hisoblanadi.

Kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy 

omillar bilan belgilanadi.  Individ  ijtimoiy  munosabatlar ta’sirida 

o‘zgaradi.  Bolaning  maktabda  muntazam  ravishda  o‘qishga  o l i ­

shi uning barcha bilish jarayonlarini rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan 

atrof-hayotdagi  narsa-hodisalarga  nisbatan  fikrini,  munosabatla- 

rini o‘zgarishiga olib keladi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish