3. Harakat tayyorgarligi.
— mayda motorika;
— katta harakatlarni amalga oshirish (qo‘l, oyoq, tana).
4. 0 ‘quv faoliyatiga tayyorgarlik:
— kattalarni diqqat bilan eshita olish va uning ko‘rsatmalarini
aniq bajarish;
— topshiriqni mustaqil bajarish;
— chalg‘ituvchi omillarga e’tibor bermasdan topshiriqni ba-
jarishga kirishish.
Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo'lishi ke
rak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga
xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlana
di. Uning og'irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo'yi esa 0,5 sm ga-
cha ko'payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yu-
gura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang'ida uchish,
suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin.
Musiqa bo'yicha mashg'ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plas-
tik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, yengil va
chaqqon bajara oladilar.
274
6—7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni
surunkali kasalliklardan xalos etish, ko‘rish va eshitish qobili-
yatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pog‘onasining
to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Katta
lar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yosh
dagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doi
mo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga
o‘rgatish hali barmoq muskullari toliq rivojlanmaganligi sabab-
li ularga ma’lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza
olmasligi esa, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki
o‘qishga nisbatan qiziqishining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi nafaqat uning aqliy
va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy, ijtimoiy-psixologik tayyor-
garligiga ham bogliq.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘rtog‘ining salbiy xu
susiyatlarini ko‘pchilik va begonalar o‘rtasida bemalol ayta olish
xususiyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa axloqi va odobi jihatidan tan-
qidga uchrayotgan bolani o‘rtoqlari jamoasiga qo‘shilishdan bosh
tortishiga yoki umuman maktabga kelishni istamasligiga sabab
bo‘lishi mumkin. Shu sabab bolani o‘rtoqlari va ustozlari tomo
nidan tanqidga uchramaydigan darajada axloq-odob qoidalariga
o‘rgatish ahamiyati jihatidan kam bo‘lmagan axloqiy tayyorgar
lik hisoblanadi. Bolani maktabga irodaviy tayyorgarligi uni yan
gi kun tartibiga amal qilishida, dars jarayonida qunt bilan bilim
larni o‘zlashtirishida, uy vazifalarini bajarishida o‘z yordamini
ko‘rsatadi. Maktabga o‘qish uchun kelayotgan bola yangi ijti
moiy mavqeyini — turli majburiyatlari va huquqlari bolgan va
unga turli talablar qo‘yiladigan — o‘quvchi mavqeyini olish uchun
tayyor bolm ogl lozim. Ushbu xohish va harakat bolaning mak
tabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun tabiiy ravishda asos bola ola
di. Bolaning endi o‘zini katta bolganini, bog‘cha bolasi emas,
balki ma’lum bir majburiyatlari bor o‘quvchi bolishini anglashi,
jiddiy faoliyat bilan shug‘ullanayotganligini bilishi nihoyatda mu
him. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat
275
hisoblanadi. Maktabga shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgar
lik bolalarda tengdoshlari, o‘qituvchilari bilan munosabatga kiri-
sha olish xususiyatini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Har
bir bola bolalar jamoasiga qo‘shila olishi, ular bilan hamkorlik-
da harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, bosh
qa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Ushbu xu
susiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha
olishini ta’minlab beradi. 6—7 yoshli bolalar o‘qishidagi asosiy
qiyinchilik shundaki, ko‘pincha bu yoshdagi bolalar o‘qituvchi-
ni uzoq vaqt davomida tinglay olmaydilar, o‘quv harakatlariga
uzoq vaqt o‘z diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat,
shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida
emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish xu-
susiyatiga ham bogliq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bola
lar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida
so‘ray oladilar. Natijada ularning o‘qishga bolgan qiziqishlari or-
tadi va o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt
eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va
muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgar-
ligining ham ahamiyati juda katta.
Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so‘ngra esa emot
sional motivatsion yo‘nalish bo'yicha ichki shaxsiy hayot boshlana-
di. U yoki bu yo‘nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha
bolgan bosqichlarni olaydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning
turli obrazlarni yaratishi, ularni o‘zgartirishi va erkin harakat-
ga keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik,
lingvistik, mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuni-
ladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi.
Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o‘yinlari-
da, texnik va badiiy ijodlarida namoyon boladi. Bu davrda max
sus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tash-
lana boshlaydi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq
umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omi-
li sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Bi-
276
lish jarayonlarining sintezi bolaning o‘z ona tilini toliq egallashi
asosida yotadi. Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunla-
na boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda ax
loq me’yorlari va qoidalar egallaniladi. Bu me’yor va qoidalar bo
la axloqini boshqaradi.
Kichik maktab davri 6—7 yoshdan 9—10 yoshgacha davom eta
di. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan bi
ri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z
mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalar-
ni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirish-
dan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga,
shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish
javoniga ega bolish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi
yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, shuning
dek, uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va
psixologik jihatdan tayyor boladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra,
7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum dara
jada rivojlangan boladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psi
xik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi mu
rakkab shakllariga javob beradigan maxsus bolim lari hali toliq
shakllanib bolmagan boladi (miyaning bu qismlari 12 yosh
da rivojlanib boladi). Miyaning boshqaruv funksiyalarini toliq
shakllanib bolmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning
xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional so-
halarida yaqqol namoyon boladi.
Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qish-
ga tayyor bolmay turib, maktab ostonasiga qadam qo'yishadi.
Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil
kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqson-
lar paydo boladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya struktura-
sining va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun
toliq yetishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik
277
motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining
pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihat-
larining ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmagan-
ligi, xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir
so‘z bilan aytganda hali «0 ‘quvchi ichki pozitsiya»sining shakl-
lanmaganligi maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning
muvaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning foy-
da yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishi
ning neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olish-
lari lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning
bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojla
nishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab
boladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining ke-
chishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir b o la
di. Bunday holatda energiya taqsimlanishining majburan buzi
lishi sodir bolib, u 7—8 yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki
giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qish-
ga tayyorlash kerak emas, degan fikr emas, lekin bolaning aqliy
rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina
erishib bolmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga kola, har
qanday taraqqiyot ko'rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiy-
likka qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy
jihatdan tayyor bolmay turib, unga harf va raqamlarni yozish,
o‘qish olgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga
sabab boladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolutsi-
ya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda
universaldir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkin-
ki, neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur
bolgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7—8 yoshda
(aqliy yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti yoshda ham) shakllanadi.
Ya’ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor boladi.
Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 yoshda boladigan
to'rtinchi fiziologik krizis bilan mos keladi (bola organizmida
278
jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegeta-
tiv o‘zgarishlar bilan bog‘liq bolgan keskin endokrin o‘zgarish-
lar ro‘y beradi).
6—7 yoshli maktabga tayyor bolada «Men shuni xohlayman»
motividan «Men shuni bajarishim kerak» motivi ustunlik qi
la boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchi-
da psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salo-
matligida, balki xatti-harakatida ham, masalan, ma’lum darajada
qo‘rquvning kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namo
yon boladi.
Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardi-
nal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksi-
yalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli zo‘riqish va
o‘z ichki imkoniyatlaridan to liq foydalanish zaruriyatini taqozo
etadi. Maktabga tayyor bolgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy
oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaf
faqiyatli moslashuviga yordam beradi. 0 ‘qituvchining munosabat
uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt
diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emot
sional boladilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining
asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bolib, bular: jismoniy, psixik va
ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik — soglom organizmning ha
rakat qilishga bolgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy
ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat boladilar.
Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bi
lan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham
bogliqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bogliqdir.
Chunki, psixik soglom bola harakatchan boladi, charchagan, si-
qilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik
— bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmet
larni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psi
xik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham
tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchi-
279
liklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha maktab qoi-
dalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang'ich sinf o‘quvchisi
uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. O'qituvchi-
lar o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, le
kin kam harakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars
jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi.
Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola yengishi
kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchi-
liklar: maktab hayotini o'zlashtirish, yangi kun tartibini yara-
tish va unga moslashish, u uchun yangi bolgan sinf jamoasiga
qo'shilish, xatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qi
lish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosa-
batlarni qabul qilish va h.k. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni
ustoz va ota-onalar bolalarga albatta yordam berishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |