Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

15.2.  Maktabga moslashish

Birinchi  bor  maktabga  kelgan  bola  hali  o‘zini  to‘liq  anglashi 

va  o'z  xatti-harakatlarini  aniq bilishi  qiyin.  Faqat  o‘qituvchigina 

bolaga me’yorlar  qo‘yishi,  ularning xatti-harakatlarini baholashi, 

o‘z  xatti-harakatlarini  boshqalar  bilan  moslashtirishga  sharoit 

yaratishi  mumkin.  Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o'qituvchi to­

monidan  qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar, 

shuningdek,  ularning  qoidalariga  to'la  amal  qilishga  harakat 

qiladilar.

Maktabga  qabul  qilingan  bolalarning  hayoti  birmuncha  qi- 

yinlashib  boradi.  Birinchi  kunlardan  boshlab  o‘quvchi  bir  qan­

cha  qiyinchiliklarni  boshdan  kechiradi:  yangi  maktab  muhitiga 

moslashish;  yangi  kun  tartibini  ishlab  chiqish;  yangi  tengdosh- 

lari  jamoasiga  kirishish;  xulq-atvorda  ko'pgina  cheklov  va  us- 

tanovkalarni  qabul  qilish,  o‘qituvchi  bilan  munosabat  o'rnatish, 

oilaviy vaziyatlarda  yangi  munosabatlarning uyg‘unligini ta’min- 

lash.  Shu  bilan  birga  o‘quvchi  yangi  huquqlarga  ham  ega  bo'la­

di:  kattalar  uning  o‘quv  topshiriqlariga,  dars  qiladigan joyiga  va 

o'quv qurollariga hurmat bilan munosabatda bo'ladi.

280



Qulay  sharoitlarda  o‘quv  vaziyatlarini  qabul  qilish,  egallash 

ikki  oy  (ba’zan  bir  yilgacha)  davom  etadi.  Sevikli  va  g‘amxo‘r 

ota-onalar  farzandining  «o‘quvchi bo‘lish»  imkoniyatini  qadrlab, 

o‘quv  faoliyati  talablari  majmuasini  egallashga  yordamlashmoq- 

lari  darkor.

Bunday  qiyin  vaziyatda  bolani  o‘zi  mustaqil  eplaydi  deb,  o‘z 

holiga  tashlab  qo‘yish  mumkin  emas,  lekin  bunda  boladagi  ta­

shabbuskorlik  cheklanishi mumkin.

Ota-onaning  qollab-quvvatlashi  maktabda  beriladigan  top- 

shiriqlarga  yuqori  qiziquvchanlik  tarzida  portfelini  yig‘ish,  ke- 

yingi  kunga  tayyorlanish  tarzida  bolishi  mumkin.  «0 ‘qituvchi 

aytgan  topshiriqlarning»  barchasini  aniq bajarishga  farzandining 

intilishini  tushunish  bilan  qabul  qilish  lozim.  0 ‘qituvchilar  va 

o‘quv  dasturlarining  takomillashtirilmagani  haqida  fikrni  keyin- 

ga  qoldirgan  ma’qul.

0 ‘g‘il  bolalar  va  qizlar  rivojlanish  tempidagi  o‘zgarishlar 

saqlanib qoladi.  Qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘iI 

bolalardan oldinga o lib   oladilar.

Kichik maktab yoshidagi  o'quvchilarning  axloqiy onglari  I va 

IV  sinfdagi  o‘qish  mobaynida  muhim  o‘zgarishlarga  uchraydi va 

axloqiy sifatlar,  bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi.

Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar 

asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlari- 

ga erishish uchun  mashq qildiradi.  0 ‘quv faoliyati boladan nutq, 

diqqat,  xotira,  tasavvur  va  tafakkurini  kerakli  darajada  rivojla­

nishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun 

yangi  sharoitlarni  yaratadi.  Kichik  maktab  davri  bu  anglanil- 

gan  va  ixtiyoriy  xatti-harakatlarga  o‘tish  davridir.  Bola  faol  ra­

vishda o‘zini o‘zi boshqarishga,  qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zi- 

ning faoliyatini tashkil etishga  o‘rganish davridir.  Kichik maktab 

davrida  xatti-harakatlarning  yangi  shakllarini  paydo  bolishi  be­

vosita  o‘quv  faoliyati  bilan  bogliqdir.  Hech  bir  0‘qituvchi  mak­

tabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik mi- 

sol  va  masalalarni  yechishni  talab  etmaydi,  lekin  afsuski,  juda



281


ko‘p  o'qituvchilar  ulardan  qunt  bilan  o‘qishni,  uyushqoqlikni, 

mas’uliyatlilikni,  tartibga  aniq rioya etishni talab  etadilar. Vaho- 

lanki,  ushbu  ko‘nikmalar  o'qituvchi  tomonidan  ma’lum  odat  va 

malakalarga o'rgatilganidan so'nggina paydo bo'ladi.

Ixtiyoriy ravishda harakat  qilish layoqati  butun  kichik  maktab 

davri  davomida  shakllanadi.  Psixik  faoliyatning  oliy  shakli  sin- 

gari ixtiyoriy xatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy qonu- 

niga  bo'ysunadi.  Unga  ko'ra  yangi  xatti-harakatlar  avvalo  katta­

lar  bilan  bo'lgan  umumiy  faoliyatda  yuzaga  kelib,  bola  shunday 

xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o'rganadi va shun- 

dan keyingina u bolaning  individual xatti-harakat usuliga  aylana­

di.  Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o'z vaqtlarini to'g'ri taqsim- 

lash borasida yaxshi o'qish,  o'ynash,  sayr qilish va boshqa narsalar 

bilan shug'ullanish  qoidalariga o'rgatadilar.  Demak,  oilada bola u 

bilan hisoblashadigan,  maslahatlashadigan  yangi  bir  o'rinni  egal- 

laydi.  Kichik maktab davri bu ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar 

davridir.  Shuning  uchun  ham  rivojlanishning  shu  bosqichida  har 

bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisob­

lanadi.  Agar  shu  yoshda  bola bilish,  o'rganish  quvonchini  his  et- 

masa,  o'qish  malakalarini  egallay  olmasa,  do'stlashishni  bilmasa, 

o'ziga  nisbatan,  o'z  imkoniyat  va  layoqatlariga  nisbatan  ishonch- 

li  bo'la  olmasa,  bu  ishlarni  kelgusida  amalga  oshirish  qiyinroq 

bo'lib,  boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo'riqishni talab  etadi.

Bu  davrga  kelib  bola  atrofidagilar  bilan  o'zaro  munosabat­

da  ma’lum  bir  natijalarga  erishgan,  o'zi  xohlayotgan  narsalarni 

hamda,  o'z  sinfi  va  oilasida  o'zi  egallagan  o'rnini  aniq  biladi- 

gan bo'ladi.  Shuningdek,  u  o'zini-o'zi boshqarish  malakasiga ega 

bo'ladi,  vaziyat  va  holatga  qarab  ish  yurita  oladi.  Bu  yoshdagi 

bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o'zlariga beradigan 

baholariga qarab  «Men yaxshi bolaman»  emas, balki bu xatti-ha­

rakatlar  o'zgalar  ko'z  o'ngida  qanday  namoyon  bo'lishiga  qarab 

baholanishini  tushuna  boshlaydilar.  Bola  maktabda  noaniqlikka 

duch  kelsa,  kattalarning  xatti-harakatlari  ma’nosini  tushunmasa 

unda  taqlidchanlik  rivojlanadi.  Bolaning  taqlidchanligi  ixtiyoriy



282


va  ixtiyorsiz  bolishi  mumkin.  Ixtiyorsiz  taqlidchanlik  ustozi  va 

sinfdoshlarining  xatti-harakatlarini  o‘zlashtirishga  olib  keladi. 

Bunda  xatti-harakatlarni  anglamagan  ravishda  egallaydi.  Shuni 

hamisha  yodda  saqlash  lozimki,  bola  ixtiyorsiz  ravishda  nafaqat 

chiroyli  va  kerakli  narsalarga,  balki  turli  salbiy  ko‘rinish  va  ho- 

latlarga  ham  taqlid  qilishi  mumkin.  Ixtiyoriy  taqlidchanlik  iro­

daviy zo‘riqishni  talab  etadi.  Bunday vaziyatlarda bola  maqsadga 

yo‘naltirilgan  ravishda  u  yoki  bu  xatti-harakatni  amalga  oshira- 

di,  bu  xatti-harakatlarini  qoida,  namuna  etalonga  moslashtirish- 

ga  intiladi.  0 ‘qituvchi  boladagi  ixtiyoriy  taqlidchanlik  xususiya­

ti  orqali ularda samarali ijtimoiy odat va xislatlarni rivojlantirishi 

mumkin.  Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bola­

ni baholaydi,  o‘quvchi  shu baholash  asosida  esa  o‘z-o‘zini baho- 

lashga o‘rganib boradi.

Bolaning  ustoziga  bolgan  munosabati  yomon  baho  olib  xa­

fa  bolgan  taqdirda  ham  ijobiy  bolib,  unga  ishonch  bilan  qa- 

rashi  saqlanib  qolaveradi.  3—4-sinflarda  o'quvchilarda  o'rtoqlari 

va  sinfdoshlari  o‘rtasida  mavqeli  bir  o‘rinni  egallashga  harakat 

yuzaga kelib,  o‘rtoqlari fikrlariga  asoslanish paydo boladi.

0 ‘qishning  ijtimoiy  ahamiyatini  tushunish  (2—3-sinflarda) 

o‘qish  mazmunini  va  bilimlarni  egallash  yollariga  qiziqishning 

yuzaga  keltirilishi  bilan  mustahkamlanishi  mumkin.  Bunday 

holda  kichik  maktab  davrining  oxirlarga  borib  o‘qishga  nisba­

tan motivatsiyaning  pasayishi  ko‘zga tashlanmaydi.  Kichik  mak­

tab davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi 

o‘qituvchi tomonidan berilgan  maqsadlarni  qabul  qilishga tayyor 

boladi. Kichik maktab davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlari- 

ni  o‘qituvchi  qo‘ygan  maqsad  va  vazifalarga  moslashtirishi  sinf- 

dan-sinfga  ko‘tarilgan  sari  kuchayib  boradi.  Bu  o‘quvchining 

maktab qoidalariga amal qilishida,  sinfdagi vazifalarini bajarishi- 

da  ko‘rinadi.  O'quvchi  darsdagi  va  darsdan  tashqari  o‘z  vaqti- 

ni  mustaqil  tashkil  etish  borasidagi  maqsadlarining  ahamiyatini 

belgilashni  o‘rganib  boradi.  Bu  uy  vazifalarini  bajarish  tartibiga 

amal  qilishda  ko‘rinadi.  Mustaqil  ravishda  o‘qituvchi  tomonidan



283


qo‘yilgan  maqsadlardagi  oraliq  maqsadlari  tizimini,  masalan, 

masalani  yechishning  o‘z  yo‘llari  va  bosqichlarini  mustaqil  ay- 

tib  bera  oladi,  shuningdek,  oraliq  maqsadlarga  erishish  vosita- 

larini belgilay oladi.  Kichik maktab  davrida  maqsad  qo‘yishning 

murakkab  xarakteri  birinchi  sinf  o‘quvchisining  irodaviy  xat- 

ti-harakatlari bilan  bog‘liqligi  tadqiq  etilgan1.  Yuqorida  ko‘rsatib 

o‘tilganlar  kichik  maktab  davridagi  o‘quvchilarning  motivatsion 

sohasi  o‘zgarib  borishini,  maktabgacha  davrda  bo‘lgan  umumiy 

bilish va  motivlarning  ijtimoiy yo‘nalganligi  aniqlanib,  «o‘quvchi 

mavqei»ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu pozit- 

siya  qondirilganidan  so‘ng  esa  yangi  munosabatlarning  — o‘quv 

motivlari va bir  qadar  murakkab  shaklda bolgan  ijtimoiy  motiv­

larning  yuzaga  kelishidan  dalolat  beradi.  Kichik  maktab  davri­

ning  oxirlariga  kelib  o‘quvchilarda  o‘quv-bilish  motivlari,  ya’ni 

faqat  yangi  bilimlarnigina  emas,  hatto  umumiy  qonuniyatlarni 

emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron-bir yollarini 

egallashga  qiziqish  shakllantirilgan  bolishi  lozim.  Ushbu  mo­

tivlarning  shakllantirilishi  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarning 

o‘rta maktabga tayyorgarligining  zaruriy jihati hisoblanadi.

0 ‘qish  faoliyati  kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchining  aql- 

idroki,  sezgirligi,  kuzatuvchanligi,  eslab  qolish  va  esga  tushi- 

rish  imkoniyatlarining  rivojlanishi  uchun  muhim  shart-sharoit- 

lar yaratadi,  hisoblash  malakalarini  shakllantiradi.  Shu yoshdagi 

bola  idrokining  o‘tkirligi,  ravshanligi,  sofligi,  aniqligi,  xayoli­

ning  yorqinligi,  xotirasining  kuchliligi,  tafakkurining  yaqqolligi 

o‘zining  qiziquvchanligi,  ishonuvchanligi  bilan  boshqa  yoshdagi 

bolalardan ajralib turadi.

Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug'uJlanish, jum- 

ladan,  moddiy narsalarning  har xil xossalari bilan  tanishish  sezgi- 

larning  o‘sishiga  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kichik  maktab  yoshida­

gi  o‘quvchilarda  asosan farq  qila  olish,  ko‘rish va  eshitish sezgilari


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish