10.4. Ta’lim va rivojlanish muammolari
Dastlab bu muammo L.S.Vigotskiy tomonidan inson ongi va
oliy psixik funksiyalar rivojlanishi doirasida ko‘rib chiqilgan edi.
L.S.Vigotskiyga ko‘ra, ong shakllanishi inson rivojlanishining eng
muhim yo‘li hisoblanadi. Insoniyat ongini alohida psixik funk-
siyalarga taqsimlab bo‘lmaydi, u o‘zida mexanik yig‘indini emas,
balki oliy psixik funksiyalar tuzumini tuzilmaviy tuzilishini aks
ettiradi. Ya’ni ong tizimli tuzilishga ega. Hech bir psixik funk
siya alohida holatda izolatsiyada rivojlanmaydi. Aksincha, uning
taraqqiyoti, u qaysi tuzilishga kirish va unda qanday o‘rin egal-
lashiga bogliq. Masalan, ilk bolalikda ong markazida idrok, mak-
tabgacha tarbiya yoshida asosiy psixik funksiya xotira, maktab
yoshida tafakkur boladi. Qolgan barcha psixik jarayonlar ustu-
180
vor bo'lgan funksiyalar ta’siri ostida rivojlanadi. Bola asta-sekin
inson va olam o‘rtasida doimo mavjud bo'lgan madaniy vositalar
nutq belgilari mazmun ma’noni o‘zlashtirib borib, ularning juda
muhim bo'lgan tomonlarini kashf etadi. Ongning mazmuniy tu-
zilishi bu ushbu insonning og'zaki umumlashtirish so'zlar mohi-
yatini rivojlanish darajasidir. L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivoj-
lanishiga ta’limning ta’siri haqidagi tezisni ongning tuzilishi va
mazmuniy hamda uni ontogenezdagi taraqqiyoti haqidagi farazlar
ko'rinishida shakllantirgan. L.S.Vigotskiyning flkriga ko‘ra, ong-
ga faqat nutq orqaligini kirish mumkin. Psixik rivojlanish jarayoni
ongning tizimli tuzilishini o'zgartirish qayta tuzish umumlashti-
rishning mazmuniy tomonlari rivojlanish darajasining o'zgarishi-
ga asoslanadi. So'z mazmun mohiyatini boyitib, umumlashtirish
darajasini oshirib, odamlarning nutqiy muloqoti orqali ongning
tizimli tuzilishini o'zgartirish mumkin, ya’ni ta’lim orqali ong
taraqqiyotini boshqarish mumkin. Bolada insonga tarixiy xos
bo'lgan xususiyatlarni rivojlanish jarayonida ta’lim ichki muhim
va umumiy holat hisoblanadi.
1931—1934-yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan aqliy taraqqiyot
va ta’limning aloqasi muammosiga bevosita taalluqli bo'lgan ek
sperimental tadqiqot o'tkazilgan bo'lib, unda bolalarni kunda-
lik va ilmiy tushunchalarni ona tili va chet tillarini og'zaki va
yozma nutqni o'zlashtirishlari qiyosiy o'rganilgan. Bu tadqiqot
ma’lumotlari ta’lim va rivojlanish muammolarini tushunishda
yangi darajaga chiqishga imkon berdi. Ta’lim rivojlanishga aynan
o'xshash emas. Har qaysi ta’lim rivojlanishni harakatga keltiruv-
chi kuch rolini bajarmaydi, hatto u befoyda bo'lishi yoki rivoj
lanishni tormozlab qo'yishi ham mumkin. Ta’lim rivojlantiruv-
chi bo'lishi uchun u rivojlanishning tugallangan sikliga, davriga
emas, balki bolaning yaqin rivojlanish chegarasida, doirasida yu
zaga keladigan e’tiborini, diqqatini, ahamiyatini qaratishi kerak.
Yaqin rivojlanish chegarasi shakllanayotgan funksiyalarni rivoj
lanish mahsuli emas, balki rivojlanish kurtagi, rivojlanish gullari
deb atash mumkin. L.S.Vigotskiy tomonidan yaqin rivojlanish
181
chegarasi bolaning zarur, muhim, aktual aqliy rivojlanish daraja
si hamda ehtimoli mavjud bolgan rivojlanish darajasi o‘rtasida-
gi oraliq tafovut sifatida aniqlanadi. Bola tomonidan mustaqil ra
vishda hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi zarur
aktual rivojlanish darajasini anglatadi. Kattalar ishtiroki ostida
hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi potentsial im-
koniyat darajasini aniqlaydi. Yaqin rivojlanish chegarasida bola
va kattalarning hamkorlikdagi faoliyatida shakllanadigan psixik
jarayonlar turadi, shakllanish bosqichi tugallangandan so‘ng u
bolaning o‘zini aktual muhim zarur rivojlanish shakliga aylana
di. Bolaning yaqin rivojlanish chegarasidagi o‘zgarish dinamikasi
rivojlanishi va ta’lim o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqani yashi-
radi. Yaqin rivojlanish chegarasi fenomeni bolaning aqliy rivojla-
nishida ta’limning yetakchi roli haqida dalolat beradi, biroq har
qanday ta’lim ta’sirli hisoblanmaydi, L.S.Vigotskiyning ta’kid
lashicha, faqatgina rivojlanishni oldinga undaydigani ta’sirlidir.
Har bir bolada yaqin rivojlanish chegarasining kengligi farqla-
nadi va uning chuqurligini aniqlash amaliy prognostik taxminiy
ahamiyatga ega. Me’yoriy yoshga bog‘liq diagnostika erishilgan
rivojlanishning faqat tashqi, aniq ko‘rinishini kolleksiya qilmas-
dan, to‘plamasdan, balki rivojlanishning ikkala darajasi — aktual
muhim va ehtimolli mavjud bo‘lganini aniqlashni o‘z ichiga olishi
kerak, yaqin rivojlanish chegarasi bolaning potensial imkoniyat-
larini chuqur xarakterlaydi, ilmiy asoslangan prognoz, bashorat,
taxmin qilishga hamda amaliy tavsiyalar berishga yordam bera
di. L.S.Vigotskiy bolalar taraqqiyotining 4 ta asosiy qonuniyatlari
yoki o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi.
1.
Davriylik. Davr mobaynida rivojlanish murakkab tuzilmaga
ega bolib, rivojlanish tempi, tezligi sur’ati hamda tuzilishi bolalik
davri mobaynida o‘zgarib boradi. 0 ‘sish jadal rivojlanish, susa-
yish, sekinlashish, so‘nishga o‘zgaradi. Bolaning hayotida oyning
ahamiyati, u rivojlanish davrlarida qanday o‘rinni egallashi bi
lan aniqlanadi, go‘daklikdagi oylar o‘smirlikdagi oylarga nomu-
tanosib.
182
2. Rivojlanishning notekisligi. Shaxsning turli tomonlari, xu-
susan psixik funksiyalar ham notekis rivojlanadi. Funksiya ustun-
lik qiladigan davrlar mavjud, bu uning birmuncha darajada ja-
dal muvofiq sur’atda rivojlanish davridir qolgan funksiyalar esa
ong ustida bo'ladi hamda ustun bo'lgan funksiyadan tobe bog'liq
bo'ladi. Har bir yangi yosh davri funksiyalararo aloqalarni o'zgar-
ganligidan dalolat beradi — markazga boshqa funksiya chiqadi,
boshqa funksiyalar o'rtasidagi bog'liqlikning yangi munosabati
aniqlanadi.
3. Bola taraqqiyotidagi «metamofozalar». Rivojlanish miq-
doriy o'zgarishga olib kelmaydi bu o'sish emas, balki sifat jihat-
dan o'zgarish qatoridir (zanjirdir). Har bir yosh bosqichida bola
ning psixikasi o'ziga xos bo'lib u sifat jihatdan avvalgilaridan va
keyingilaridan sifatliroqdir.
4. Bola taraqqiyotida evolutsiya va involutsiya jarayonlari-
ning muvofiqligi. Involutsiya jarayonlari jadal rivojlanishga tabiiy
sur’atda hosil bo'lganlar yo'q qilinadi yoki (yangidan tuziladi)
tubdan yangilanadi. Masalan, (gapirishni) so'zlashni o'rgangan
bola g'uldurab (noaniq) gapirmay qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |