L .S .V ig o ts k iy
173
L.S.Vigotskiy psixik rivojlanishga nisbatan bildirilgan an’anaviy
nuqtayi nazarni baholab, assotsiativ va bixeviorizm psixologiyasi-
ga taalluqli 3 ta asosiy qoidani ajratgan:
— oliy psixik funksiyalarni ularni tashkil qiluvchi tabiiy jara-
yonlar tomonidan o‘rganish;
— oliy va murakkab jarayonlardan elementargacha bilish;
— xulq-atvorning madaniy rivojlanishini o‘ziga xos xususiyat-
lari va qonuniyatlarini e’tiborga olmaslik.
U oliy psixik jarayonlarni tadqiq qilishga bunday yondashuv-
ni, uning umumiy noadekvatligini ko‘rsatib, «atomistik» deb ata-
gan. L.S.Vigotskiy an’anaviy yondashuvni tanqid qilib, shunday
yozadi: «Bolalar psixologiyasiga oliy psixik funksiyalar rivojla
nishi tushunchasini o‘zi begona, u bolaning psixik rivojlanishi
tushunchasini bolaning organik yetilish funksiyasi sifatida, mi-
ya rivojlanishidan bevosita bog'liqlikda keluvchi, elementar funk
siyalarni biologik rivoji bilan chegaralaydi». L.S.Vigotskiy in-
sonning oliy psixik funksiyalari rivojlanishini tushunish uchun,
biologik bo‘lmagan, boshqacha yondashuv zarurligini ta’kidlagan.
U bolaning rivojlanishi uchun nafaqat ijtimoiy muhit muhimligi-
ni ko‘rsatgan, balki bu ta’sirning aniq mexanizmini aniqlashga
harakat qilgan. L.S.Vigotskiy quyi elementar psixik funksiyalarni
tabiiy rivojlanish davri va yuqori psixik funksiyalarni madaniy
rivojlanish davri ajratgan. L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari suril-
gan faraz, elementar va oliy psixik funksiyalar o‘rtasidagi aloqa
muammolarining yangi yechimini taklif etgan. Ular o'rtasidagi
asosiy farq ixtiyoriylik darajasidadir, ya’ni tabiiy psixik jarayonlar
inson tomonidan boshqarib bo‘linmaydi, oliy psixik funksiyalarni
odamlar ongli boshqarishi mumkin. L.S.Vigotskiy ongli boshqa
rish bevosita xarakteri bilan bog‘liq, degan xulosaga keldi.
L.S.Vigotskiy eng avvalo noaniqlikning bu klassik vaziyati
yoki muammoli holat ikkita teng imkoniyatlar o'rtasidagi tan-
lov yuzaga kelgan vaziyatni tubdan o'zgartirishga yordam beradi-
gan vositalar nuqtayi nazaridan qiziqtirgan. L.S.Vigotskiy bo‘yi-
cha, inson tomonidan tashlangan qur’a vosita hisoblanib, uning
174
yordamida inson ushbu vaziyatni tubdan o‘zgartiradi va hal etadi.
Inson reaksiyasi va ta’sir ko‘rsatuvchi stimullar qo‘zg‘atuvchilar
o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in orqali qo‘shimcha aloqa hosil b o la
di — stimul vosita yoki belgi. Belgilar yoki stimul vositalar bu —
psixik qurol bolib, mehnat qurolidan farqli ravishda, fizik olamni
emas, balki unda harakat qiluvchi subyektning ongini o‘zgartira-
di. Belgi — bu ma’lum bir ma’no ahamiyatga ega bolgan har
qanday shartli belgidir, stimuldir, timsoldir. Inson tomonidan
yaratilgan bolishi mumkin bolgan stimul vositadan farqli ravish
da, masalan, ro‘molchadagi tugun yoki harorat olchagich o‘rni-
ga tayoqcha, belgilar bolalar tomonidan yaratilmaydi, biroq kat
talar bilan bolgan muloqotda ular tomonidan egallanadi. Inson
uchun xos bolgan oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishiga
ta’sir ko‘rsatuvchi, bolaning psixikasi o‘zgarish mexanizmi — bu
psixik faoliyatni tartibga solish vositasi sifatida belgilar interiori-
zatsiyasi mexanizmidir.
Interiorizatsiya — filogenez va ontogenezda oliy psixik funk-
siyalar rivojlanishining fundamental asosiy qonunidir. L.S.Vigot
skiyning oliy psixik funksiyalarning yuzaga kelishi va tabiati ha
qidagi farazi shundadir. Bolaning oliy psixik funksiyasi dastawal
boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish shakli sifatida, jamoaviy
xulq-atvor shakli sifatida yuzaga keladi hamda keyinchalik faqat
gina interiorizatsiya yoli orqaligina ular shaxsiy individual funk-
siyalarga aylanadi, yoki L.S.Vigotskiy yozganidek — bolaning
madaniy rivojlanishidagi har qanday funksiya sahnada ikki ma-
rotaba, ikki xil doirada — dastlab-ijtimoiy, so‘ngra — psixologik,
dastawal interpsixik kategoriya sifatida odamlar oltasida, keyin
esa intrapsixik kategoriya sifatida bolaning ichida paydo boladi.
Masalan, agar oliy psixik funksiya sifatida ixtiyoriy diqqat ha
qida so‘z yuritadigan bolsak, uning shakllanish bosqichlari ket-
ma-ketligi quyidagicha dastlab, kattalar muloqotda bolaning
diqqatini qaratadi, jalb qiladi va yo‘naltiradi, asta-sekin bolaning
o‘zi jest, imo-ishora harakatlari va so‘zlar ro‘yxatini o‘zlashtirib
oladi, o‘zgalarning va o‘z diqqatini tartibga solish usullari inte-
175
riorizatsiya yuz beradi. Shuningdek, nutq ham dastlab, odamlar
o‘rtasidagi muloqotning tashqi vositasi sifatida namoyon bo'lib,
u oraliq bosqichga egotsentrik nutq o'tadi, intellektual funksi-
yani bajarishni boshlaydi va asta-sekin ichki, interorizatsion psi
xik funksiyaga aylanadi. Shunday qilib, belgi dastlab tashqi doi-
rada, muloqot doirasida, keyin esa ichki doiraga, ong doirasiga
o'tadi. Interiorizatsiya muammosi o‘sha yillardayoq fransuz ijti
moiy maktablari tomonidan ishlab chiqilgan. Oldindan mavjud
bo'lgan va avvaldan assotsiatsiyalashgan individual ongga sirtdan
umumiy ongning ayrim shakllari bog'lanadi:
— fransuz psixologik maktablarining tasavvurlari shundan
iborat. L.S.Vigotskiy uchun ong faqat interiorizatsiya jarayoni-
da shakllanadi — hech qanday na filogenetik, na ontogenetik av
valdan mavjud bo'lgan asotsial ong mavjud emas. Interiorizatsiya
jarayonida insoniyat ongi shakllanadi, mantiqiy tafakkur, iroda,
nutq kabi insoniyatga xos bo'lgan psixik jarayonlar yuzaga kela-
di. Belgilar interiorizatsiyasi bolaning psixikasini shakllantiruv-
chi mexanizm hisoblanadi. L.S.Vigotskiy oliy psixik funksiyalar
rivojlanishi umumiy tushunchasiga bola xulq-atvorining oliy
yuqori shakllarini rivojlanish jarayonini birgalikda hosil qiluvchi
ikki guruh hodisani kiritgan;
— tafakkur va madaniy rivojlanishning tashqi vositalari sifati
da til, imlo, bisob, tasvirni egallash o'zlashtirish jarayonlari;
— maxsus oliy psixiy funksiyalarni rivojlantirish jarayonlari
ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira, tushuncha va boshqa oliy psi
xik funksiyalarni farqlovchi belgilari asoslanganlik, ixtiyoriylik,
tizimlilik, hayot mobaynida shakllanadi, namunalar interorizat-
siyasi yo'li orqali hosil bo'ladi. L.S.Vigotskiy insoniyat rivojlani-
shining ikki tarixiy bosqichlari biologik evolutsion va madaniy
tarixiy rivojlanishni ajratib ontogenezdagi rivojlanishning ikki-
ta tipi sifatida ham ularni farqlash va o'ziga xos tarzda alohi
da qarama-qarshi qo'llashni muhim deb hisoblagan. Ontogenetik
rivojlanish sharoitlarida bu ikki yo'l biologik va madaniy-murak-
kab o'zaro ta’sirda bo'ladi, tutashadi, yaxlit, murakkab jarayonni
176
hosil qiladi. A.M.Matyushkinning ta’kidlashicha, L.S.Vigotskiy
uchun asosiy muammo va tadqiqot predmeti ikki turdagi jarayon
lar chalkashligini tushunishdan, rivojlanishning har bir bosqichi-
da ularning aniq o‘ziga xosligini kuzatishidan, har bir oliy psixik
funksiyaga nisbatan va bosqichlarning har biridagi rivojlanish
ning yoshga bog‘liq va individual tipologik ko‘rinishini aniqlash-
dan iborat bo‘lgan. L.S.Vigotskiy uchun qiyinchilik madaniy
rivojlanishning alohida jarayonini kuzatish va tushunishida emas,
balki jarayonlarning murakkab chalkashligida uning o‘ziga xos
ligini tushunishda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |