10.2. Inson psixik rivojlanishining o‘ziga xos muammolari
Biologizatorlik, tarixiy bolmagan yondashuv, evolutsionizm
g‘oyalariga L.S.Vigotskiy madaniy-tarixiy rivojlanish ta’limoti,
tarixiylik g‘oyalarini qarama-qarshi qo‘ygan L.S.Vigotskiyga mu
vofiq, madaniy rivojlanishning har bir shakli oddiy organik yeti
lish emas, balki insoniyat tarixiy rivojlanishining mahsulidir, ij
timoiy hayot jarayonida insoniyatning tabiiy ehtiyojlari chuqur
o‘zgarishlarga bardosh berdi, yangi insoniyat ehtiyojlari yuza
ga keldi va rivojlandi. Insoniyat ontogenezining o‘ziga xosligini
tushunish uchun rivojlanishning real va ideal shakllari o‘rtasida-
gi nisbat g‘oyalari kalit hisoblanadi.
L.S.Vigotskiy o‘zining ma’ruzalaridan birida bola taraqqi-
yotini rivojlanishning boshqa turlari bilan taqqoslab, (embri-
onal, geologik, tarixiy) shunday deydi: «Eng qadimgi, ibtidoiy
odam endigina yer yuzida paydo bolgan damda, bu ilk shakl bi
lan bir vaqtning o‘zida oliy, pirovard shakl kelajak insoni mavjud
bolganligini hamda o‘sha ideal shakl qandaydir tarzda ibtidoiy
odam qo‘ygan birinchi qadamga bevosita ta’sir ko‘rsatganligini
tasavvur qilish mumkinmi? Buni tasavvur qilib bolmaydi. Biz-
ga ma’lum bolgan rivojlanish turlarining hech birida, ilk shakl
skakllanayotgan vaziyatda, rivojlanish so‘nggida yuzaga keluvchi
oliy shakl, ideal o‘z o‘rniga ega bolganligi hamda u ilk yoki bir
lamchi, shakllar rivojlanishi yolida bolaning qo‘ygan birinchi qa-
177
dami bilan bevosita o‘zaro ta’sirda bo'lganligi hech qachon so
dir bolmagan. Rivojlanishning boshqa turlaridan farqli ravishda
bolalar rivojlanishining eng katta o‘ziga xosligi shundan iborat-
dir, bunday holat rivojlanishning boshqa turlari o‘rtasida aniqlay
olinmagan va topolmaymiz ham». Bu o‘z navbatida, bolaning
rivojlanishida, shaxs rivojlanish mazmunida va uning o'ziga xos
insoniy xususiyatlarida rivojlanish manbayi rolini o'ynaydi.
L.S.Yigotskiyga ko'ra, ijtimoiy muhit bu oddiy tashqi qurshov
emas, balki moddiy va ma’naviy madaniyat predmetlariga mate-
riallashgan, turlangan umuminsoniy tajribadir; insoniyat tomo
nidan yaratilgan predmetlar va hodisalar olami, madaniy ijod,
xususan, insoniyat faoliyati olamidir.
Muhit rivojlanishining ideal shakllari namunalarini qamrab
oladi, ya’ni bolaning rivojlanishi nimaga intilishi kerak bolsa,
katta yoshdagi insonlarning oliy psixik funksiyasi, kattalarning
nutq va faoliyati harakati ontogenetik rivojlanish yo'nalishini bel-
gilab beruvchi bolaning nutqi va faoliyatiga nisbatan ideal shakl-
dir. Ijtimoiy muhit individual psixik rivojlanish manbayi sifatida
ontogenezda inson tomonidan o'zlashtiriladigan va uning psixi-
kasini real shakliga aylanadigan ideal shakllarni mavjudlik ma-
koni sifatida ko'rib chiqiladi. Inson ijtimoiy mavjudot bolib, u
jamiyat bilan o'zaro ta’sirsiz, o'zida butun insoniyat rivojlanishi
natijasida yuzaga kelgan o'sha xususiyatlarni alohida shakllanti-
ra olmaydi.
L.S.Vigotskiy oliy psixik funksiyalarni shakllantirishning
umumiy mexanizmi deb, bolaning kattalarga taqlid qilishini hi
soblagan. Psixik rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch omil —
ta’limdir. Bolaning oliy psixik funksiyalari hayot davomida kat
talar bilan bolgan muloqot natijasida shakllanadi L.S.Vigotskiy
muloqot vositasi deb madaniyat fenomeni sifatida nutq belgisi-
ni e’tirof etgan. Insoniyat jamiyatini tarixiy rivojlanishi davomi
da ishlab chiqilgan maxsus qurol-vositalarni qo'llash usullarini
egallash — ya’ni ta’lim yetilish emas, psixik rivojlanish kechishi
va yo'nalishini ijtimoiydan individualgacha aniqlaydi. Bolaning
178
rivojlanishini muhim sharti organizmning barcha funksional
tizimlarini to‘liqligi bir butunligi, me’yorda ishlovchi miyadir.
Tabiiy o'ziga xos xususiyatlarning ulkan variativligini inkor qi
lish, organik rivojlanishning ijobiy yoki salbiy omillari ahamiyati-
ni to‘g‘ri baholamaslik mumkin emas. Biroq o'zining mohiya-
tiga ko‘ra, ta’lim va tarbiya tabiiy o'ziga xos xususiyatlar rolidan
yuqori turadi. Keng ma’noda insoniyat jamiyatida hayotning o'zi,
tabiiy ta’lim bolaning insoniy rivojlanishini o'ziga xos sharti hi-
soblanadi.
Bundan tashqari, maxsus tashkillashtirilgan maqsadga yo'nal-
tirilgan ta’limiy jarayon sifatida ta’lim psixik rivojlanishning turli
tomonlari uchun muhim. Ko'r, kar bolaning to'laqonli rivojlani-
shiga u bilan maxsus tashkil etilgan ta’lim va muloqot orqali eri-
shish mumkin va aksincha ko'pgina hollarda jismonan sog'lom
bolalarning eng maqbul shart-sharoitlari ham kattalar bilan mu-
loqotning kamligi, bolalar faoliyatini tashkil etishning adekvat
shakllarining yo'qligi bois amalga oshmay qolishi mumkin. Shun-
day qilib, og'zaki va yozma nutqning rivojlanishi uchun fonema-
tik eshitish muhim. U bir tomondan insonning nerv tizimi va
eshitish apparatiga asoslanadi, biroq nutqni egallash jarayonida
shakllanadi. Shunday, qilib madaniy-tarixiy yondashuvga me’yor
darajasida taraqqiyot variativligiga ta’sir ko'rsatuvchi rivojlanish
sharoitlari ostida miya va muloqotning morfofiziologik o'ziga xos
xususiyatlari tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |