Z. T. M s h m o V a


 ‘qituvchi  psixologning  mijozi  va  yaqin  hamkori



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/188
Sana31.12.2021
Hajmi3,82 Mb.
#230454
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188
Bog'liq
psixologikxizmatnishanovaztpdf

0 ‘qituvchi  psixologning  mijozi  va  yaqin  hamkori
0 ‘q ituvchilar  ham   alohida  e ’tib o r  talab  qiladigan 
obyektdir.  Amaliyot  shuni  ko£rsatadiki,  odatda  o ‘qituvchilar 
psixolog  bilan  hamkorlik  qilishga  tayyor  bo‘ladilar.  Hamma 
gap  psixolog  o‘zini  qanday  tutishiga  borib  taqaladi.  Bunda 
psixologning  o‘qituvchilarga  nisbatan  egallaydigan  pozitsiyasi 
juda muhim rol o'ynaydi.
Psixolog  pozitsiyasining  asosiy  tarkibiy  qismlari  quyi- 
dagilardan  iborat:
a)  pedagog  bilan  munosabat;
b)  pedagogni  qanday  bo‘lsa,  shundayligicha  qabul  qilish;
31


d) 
sub’yekt  —  sub’yekt  munosabatlaridan  iborat  tenglik 
va hamkorlik.
Mana shunday holat pedagoglar bilan bo‘lgan ijobiy  ham- 
korlikni ta’minlay oladi.
Dastlabki  kezhrda psixolog o‘qituvchilarga o‘z yordamini 
haddan tashqari faollik bilan tiqishti rmasl igi zarur.  Kamtarona 
ravishda,  agar zarur bo‘lsa,  yordam berishga tayyorligini  m a’- 
lum  qilsa,  shuning  o ‘zi  kifoya.  Kimdir  darrov  hamkorlikka 
shoshiladi,  kimdir birozdan  so‘ng,  kimgadir umuman psixolog 
yordami kerak bo‘lmaydi.  0 ‘qituvchilar bilan ishlashda bolada 
ro‘y berayotgan ijobiy o ‘zgarishlarga asosan o‘qituvchi sababchi 
bo‘layotganini ta’kidlab turishi kerak.  Psixologning ishi «soya- 
da»  qolishi  kerak.  Shunda  u  pedagoglar  orasida  tan  olinadi. 
0 ‘qituvchilar bilan  olib  boriladigan  individual  ishlardan  tash­
qari ular bilan seminarlar shaklida psixologik targ‘ibot ishlarini 
olib  borish  maqsadga  muvoviqdir.
Bundan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad  kimgadir  o‘z  bilim- 
larini  ko‘z-ko‘z  qilish  emas,  balki  pedagoglaming  psixologik 
madaniyatini  oshirishdir.  Ushbu  mashg‘ulotlarni  shunday 
tashkillashtirish  kerakki,  o‘qituvchilar  passiv  tinglovchi  bo‘lib 
qolmasinlar.  Buning  uchun  har  bir  psixologik  m a’lumotga 
ulami o‘z tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak.  Oxi- 
rida  esa biror bir  hazil  aralash  testni  bajarish  hammaga yaxshi 
kayfiyat baxsh  etadi.
Har  qaysi  maktab  psixologi  oldidagi  savol  shuki  « 0 ‘zim 
yordamimni  taklif qilaymi  yoki  o‘qituvchilar murojaat  qilishini 
kutaymi?»  Mayli  bu  savolga  har  kirn  o ‘z  vaziyatidan  kelib 
chiqib javob  bera  qolsin.  Lekin  psixolog  bir  narsani  unutma- 
sinki, o‘qituvchilaming unga murojaat qilishi ularning pedagogik 
staji  va  tajribasiga  bog‘liq  emas.  Bu  ko‘proq  ularning  shaxsiy 
fazilatlariga:  m uloqotga  kirishuvchanlik  darajasi,  xavo- 
tirlanuvchanlik,  qiziquvchanligi,  yangilikka  ochiqligi  va  bosh- 
qalarga  bog‘liq.  0 ‘qituvchilar  bolalar  haqida  har  qanday  uzoq 
muddatli psixologik tadqiqotlar natijalaridan ko‘ra ko‘proq narsa 
biladi.  Ular  bolalar  bilan  har  kuni  muloqotga  kirishadilar  va 
tabiiyki,  ularga  ta’sir  etish  uchun  ko‘proq  imkoniyatga  egalar.
32


Demak,  shunday  ekan,  psixolog  o ‘qituvchining  yaqin 
hamkori va yordamchisi bo‘lishi kerak.  Psixologlar shuni unut- 
masinlarki, maktab hayotini o‘ziga xos sahna asari deb tasawur 
qilsak,  undagi  rollar  quyidagicha  taqsimlangan  bo‘ladi:
1. Bolalar. 2 .0 ‘qituvchi. 3. Psixolog. 4. Hisobchi. 5. Oshpaz.
Hurmatli  psixologlarga  birinchi  rol  ajratilgan.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish