Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

8.7-rasm.  Saraton  keltirib  chiqaruvchi  kimyoviy  moddalar  potensialini  baho- 
lashning  umumiy  usullari:  hujayra    transformatsiyasi    analizi    (rasm  a)    va  Eyms  
Salmonel  mutagenez  analizi  (rasm b). 


 
 
207 
 
Bu  protseduralar  faqatgina  asosga  birikish  orqali  o‘sadigan  hujayra 
bosqichlari  ustida  olib  boriladi:  me’yordagidek    o‘sish  uchun  birikma  tashkil 
qilolmaganligi  sabab,  yumshoq  agarga  yopishgan  holatda  ular  ko‘paymaydi. 
Saratonga  olib  keluvchi  kimyoviy  moddalar  mavjud  bo‘lgan  holda,  ular  hujayra 
transformatsiyasini  boshdan  o‘tkazadi  va  bu  bilan  hech  qanday  nazoratsiz, 
mustaqil ravishda yumshoq agarda rivojlanadi.  
Hujayralar  transformatsiyasi  tajribalari  morfologik  transformatsiya  va  ortti-
rilgan  hujayra  boqiyligi  kabi  saratonning  tabiiy  sharoitda    o‘sishining    bir  nechta 
bosqichlarni  yaratib  beradi.  Bu  tizimda  o‘zgartirilgan  hujayralar  ko‘p  hollarda 
tajribadan  o‘tkazilayotgan  hayvonlarga  qo‘yilganda    o‘simtalarga  aylanadi.  Bu 
yana bir marta kanserogenezda tabiiy muhitning ahamiyati muhumligini isbotlaydi. 
Hujayra  transformatsiyasi  tekshiruvlari  50  yildan  ortiqroq  vaqt  mobaynida  olib 
borilgan  bo‘lishiga  qaramasdan,  so‘nggi    o‘n  yilliklar  ichida  ular  shartnoma 
asosida  ilmiy-tekshirish  institutlarida,  boshqaruv  tashkilotlarida,  universitet  
laboratoriyalarida,  kimyoviy,  agrokimyoviy,  kosmetik  va  dorishunoslik  sanoatida  
keng  qo‘llanilmoqda.  
2.  Tabiiy  sharoitdagi   testlar.  Tabiiy sharoitlarda skrining usuli, kansero-
genlar ta’sirida sichqonlarning bosh miyasidagi hujayralarda makroskopik genetik 
o‘zgarishlarni  aniqlaydigan  mikroyadro  analizlari  kabi    an’anaviy  testlarni    o‘z  
ichiga  oladi. Tabiiy sharoitda saraton testlarining “oltin standardi” - kemiruvchilar 
bioprobasi  bo‘lib, u AQSh Milliy Toksikologiya Dasturi (MTD) va boshqa davlat 
tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladi. 
 Oxirgi    o‘n  yilliklar  ichida  bu  tadqiqotlarni  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirish    uchun    ko‘p  izlanishlar  va  harakatlar  qilindi.  Bu  tekshiruvlarning 
natijalari  kanserogenlarning  xavfini  baholash  jarayonida  har  doim  ham  ijobiy 
baholanmaydi.  MTD  ning  saraton  bioprobasi  –  ikki  xil  jinsli  turli  kemiruvchilar 
(odatda,  Fischer  344  kalamushlari  va  B6K3F1  sichqonlari)  ning  kenserogen-   
larga  umri  davomida  ta’sirini  ko‘zda  tutadi.  Bu  kabi  testlarda  qatnashadigan 
hayvonlar  soniga  ham  alohida  e’tibor  beriladi,  chunki  har  bir  jinsiy  aloqa  turlar 
guruhi  uchta  ksenobiotik  ta’sir  guruhi  (ya’ni,  uch  doza  guruhi)  va  bitta  nazorat 


 
 
208 
 
(o‘rganilmagan)  guruhdan    tashlik  topadi,  bitta  o‘rganish  guruhida  umumiy 
olganda  50-60  ta  hayvon  ishtirok  etadi.  Tekshirilayotgan  moddalar  hayvonlarga 
ular  iste’mol qiladigan ovqatlari yoki suv orqali yuboriladi, ammo ayrim moddalar 
uchun teri yoki nafas yo‘llari undan ham qulay va samaraliroq bo‘lishi mumkin. 
 Ksenobiotiklar  ta’siriga  uchraydigan  uchta  guruhning  har  biriga 
tekshiriliyotgan  moddaning  miqdori  ko‘paytirib  boriladi.  Bu  moddalar  miqdori 
yuzasidan  fikrlar  xilma-xilligi  ko‘p  tortishuvlarga  sabab  bo‘lmoqda:  odatda, 
beriladigan  eng  katta  doza  –  bardosh  bera  oladigan  eng  yuqori  doza  (BYD),  bu 
tana    og‘irligining  10%  dan  yuqori  bo‘lmasligi  kerak.  Boshqa    ikki  doza-  BYD 
ning    fraksiyalari  (masalan,  0.1;    0.25;  0.5X  BYD).  Odatda  kimyoviy  moddalar-
ning  ta’siri  hayvonlarning  o‘rtacha  umri  davomida  kuzatiladi  (ya’ni  18-24  oy). 
Tajribalar  so‘nggida  hayvonlar  qurbon  qilinadi  va  ularning  a’zolari  hamda 
to‘qimalari yanada chuqurroq gistologik-patologik tekshiruvlarga olinadi. 
 Kemiruvchilar  ustidan  o‘tkazilgan  tajribalar  ko‘p  tanqidlarga  uchragan 
bo‘lishiga qaramasdan, ular yordamida qator  ijobiy natijalarga erishildi. Masalan, 
saraton    biotesti    tajribadagi    moddaning  kanserogenlik  kuchini  aniqlab  beradi: 
kam  dozalarda  saraton  keltirib  chiqaruvchi  birikmalarga,  o‘simta  paydo  bo‘lishi 
uchun  yuqori  doza  kerak  bo‘ladigan  moddalarga  nisbatan  jiddiyroq  e’tibor 
qaratiladi.  
Bundan  tashqari,  kemiruvchilar  ustida  olib  boriladigan  tajribalar,  ushbu 
birikma  kanserogenligiga  zaif  qarshilik  ko‘rsatadigan  tana    a’zolarini  chuqurroq 
o‘rganishda    hamda    o‘simta  turini  aniqlashda  katta  rol  o‘ynaydi:  xavfsiz 
o‘simtalarni keltirib chiqaruvchi birikmalar xavfli  o‘simtalarga  sabab bo‘ladigan 
moddalarga  nisbatan  ancha  bexavotir  hisoblanadi.  Yana,  kemiruvchilarda  kanse-
rogen  faollik  insonlardagi  aniq  bir  ksenobiotiklar  ta’sirida  saratonga  chalinish 
xavfi  shubhasini  kuchaytiradi.  Bu  kabi  ustunliklarga  sha’ma  qilgan  holda, 
tanqidchilar  kemiruvchilar  ustida  olib  boriladigan  tajribalarning  kamchiliklarini 
ko‘rsatishadi. 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish