8.4-rasm. DNK ning guanin asosi turli endogen va ekzogen genotoksikantlari
orqali biriktirilgan nukleofil maydonini o‘z ichiga oladi. (HKAlar = IQ, PhIP kabi
oziq-ovqat sifatida olingan geterosiklik aminlar; 4-ABP = 4-aminibifenil)
Proteinlarga beixtiyor shikast yetishining oldini olishga qo‘shimcha tarzda
bunday reagentlarni bemalol o‘rganish imkoniyati kimyoviy mutagenezni
o‘rganishning an’anaviy yondashuvlaridagi avvalgi cheklovlarni olib tashladi:
barcha elektrofil kimyoviy moddalar (masalan, reaktiv metabolitlar) ko‘plab
DNK adduktlarini hosil qiladi va bu individual xarakterdagi adduktlarning
mutagen xususiyatlarini to‘g‘ri tushuntirib berishni yana qiyinlashtiradi.
Birinchidan, genetik zanjirning ma’lum qismlarida adduktlari mavjud bo‘lgan
sintetik DNK ning bo‘lak qismchalarini bemalol o‘rganish imkoniyati, qo‘sh
spiral o‘zgarishlarga moslashishi kerak bo‘lgan vaqtda namoyon bo‘ladigan
196
struktura buzilishlarini diqqat bilan o‘rganishga imkon berdi. DNK ning shikast-
lanishini kimyoviy o‘rganish ustidagi bu kabi ishlar odatda murakkab analitik
yondashuvlarni, misol uchun, ikki o‘lchamli atom magnit rezonans spektro-
skopiyasini (2D-NMR) o‘z ichiga qamrab oladi.
3) DNK adduktlar va mutatsiyalar. Aksariyat DNK adduktlari DNK
polimerazalari ta’sir qilmasidan oldin biologik jihatdan inert holatda bo‘lib,
genomda qator nosozliklarni keltirib chiqaradi. Addukt keltirib chiqargan
mutatsiyaning o‘sma hosil bo‘lishidagi roli DNK adduktlarining darajalari hamda
kanserogen modda bilan zaharlangan hayvonlardagi nishon to‘qimalarda
mutatsiyalarning uchrashi o‘rtasidagi bog‘liqlikda ko‘rinadi (quyiga qarang).
So‘nggi bir-necha o‘n yillik ichida spetsifik DNK adduktlarining mutagen
xususiyatlariga oid bilimlar katta sur’atda kengaydi. Bunga asosan biologik ilmiy
tajribalarda spetsifik DNK adduktlardan foydalanish hisobiga erishildi. Yuqorida
aytib o‘tilgan 2D-NMR dan foydalanib olib boriladigan fizik izlanishlarga qo‘-
shimcha tarzda, bu reagentlar, adduktlarning tozalangan DNK polimerazalari bilan,
shuningdek, shikastlanmagan hujayralar bilan sodda, hujayradan tashqari eksperi-
mental tizimdagi o‘zaro ta’sirlashuvini aniqlashga imkon yaratdi (8.7-rasm).
Sutemizuvchilarning hujayralari o‘zida ko‘p sonli polimerazalar tutgani bois
(masalan, α, β, κ, μ ), organizmdan tashqaridagi sun’iy muhitda ilmiy izlanishlar
ayni DNK adduktini qaysi DNK proteinlari ta’sirlantirishini aniqlashga qaratilgan
deyish mumkin (8.5-a rasm). Misol uchun, addukt qism qarshisiga DNK asosla-
ridan har birini muayyan polimeraza qanday tartibda joylashtirishini ko‘rish
mumkin – buning uchun o‘rganilayotgan adduktni “mutatsiya spektri” ga
to‘g‘rilash zarur (8.5-a rasm). Muqobil ravishda, asoslar birikishi buzilishi
kinetikasi, shunigdek, addukt yonidan cho‘zilib o‘tgan DNK praymerlari
tayyorligi turli polimerazalar yorda-mida tekshirib ko‘rilishi mumkin. Asoslarning
noto‘g‘ri birikishini (misinsertion) aniqlashga qo‘shimcha sifatida bu tajribalar
adduktlar DNK matritsasida polimerazalar ta’siri vaqtida xatolikka sabab
bo‘ladimi, asoslar qatorida xatoliklarni (masalan, hisoblash ramkasi siljishi
mutatsiyasi) keltirib chiqaradimi, degan masalalarni ochib beradi.
197
Do'stlaringiz bilan baham: |