8.4. Kanserogen moddalar tasnifi
Kimyoviy kanserogenezning birlamchi tushunchasi – bu genotoksiklikdir.
Mazkur kitobda bu atama DNK ga kimyoviy shikast yetkazadigan, jumladan,
DNK asosida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, asosning yemirilishi, bog‘lamlardagi
uzilishlar, glukofosfat qatlamning chatishib birikishi yoki alkillanishiga olib
keluvchi kimyoviy moddalarni anglatib keladi. Atama bunday cheklangan
doiradagi ma’noda qo‘llanilganda, kimyoviy genotoksik moddalarning mutagen
bo‘lishi shart emas, binobarin ayrim turdagi genetik shikastlar DNK ning axborot
saqlash funksiyasiga daxl qilmaydi. Ammo, oquvchiga shuni eslatib o‘tish lozimki,
191
ba’zi hollarda genotoksiklik atamasi keng ma’noda qo‘llanilib, biror kimyoviy
moddaning DNK mutatsiyasi (ya’ni nasldan naslga o‘tuvchi o‘zgarish) ga olib
kelish xususiyatini ham anglatadi. Masalan, Eymsning Salmonella bakteriyasi
ustidagi sinov-tajribasi ba’zida genotoksiklikni aniqlash tajribasi deb ham
yuritiladi; aniq qilib aytganda, bu mutagenlikni aniqlashga qaratilgan tajriba
hisoblanadi (ya’ni u kanserogenlarning Salmonella bakteriyasining gistidin
operonida irsiy mutatsiyani keltirib chiqarish xususiyatini o‘rganadi – quyida
ko‘rsatilgan). Vaholanki, DNK shikastlanishining kimyoviy jihatlari, shikastlanish
jarayonida yuzaga kelishi yo kelmasligi aniq bo‘lmagan irsiy axborot yo‘qolishi
holatidan farq qilar ekan, ayni hodisani teran ifodalovchi atamalardan
foydalangan ma’qul.
DNK ga kimyoviy shikast yetkazish orqali saraton keltirib chiqaruvchi
kimyoviy moddalarni genotoksik kanserogenlar deb ataymiz. Mazkur muhim
ahamiyatga ega kanserogenlar sinfiga alkillovchi moddalar, o‘z ichiga 1,2-
dimetilgidrazin kabi metillovchi va etillovchi moddalar hamda metil va etil
galidlarni qamrab oluvchi murakkab guruh kiradi. Muqobil ravishda, genotoksik
bo‘lmagan kanserogen moddalar DNK ga kimyoviy zarar yetkazmagan holda
saraton keltirib chiqaradi. Bu kanserogenlar, odatda, retseptor vositasida mitogen
ta’sirlarni qo‘zg‘atish yoki epigenetik o‘zgarishlarni keltirib chiqarish orqali
saraton yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
1. Genotoksik kanserogenlar. Ayrim genotoksik kanserogenlarda ichki
kimyoviy reaktivlik majvud bo‘lsa, ko‘pchilik kanserogenlarga esa, DNK ga
hujum qilishdan oldin CYP yoki boshqa fermentlar ko‘rsatadigan bioaktiv ta’sir
zarur bo‘ladi. Metabolitlarning hujayra makromolekulalari (masalan, DNK) bilan
ta’sirlashuvini boshqaruvchi asosiy omillar haqida 4-bobda so‘z borgan edi.
“Qattiq” elektrofil metabolitlarni hosil qiluvchi kimyoviy moddalar
kanserogenezga ayniqsa taalluqlidir, chunki DNK o‘zida bir-qancha “qattiq”
nukleofil reagentlar saqlaydi: guanin va adenindagi “halqasimon” azot – N
3
va N
4
,
shuningdek, guanindagi ekzosiklik kislorod – O
6
, timindagi ekzosiklik kislorod –
O
2
va O
4
hamda sitozindagi ekzosiklik kislorod – O
2
(8.2-rasm).
192
Do'stlaringiz bilan baham: |