Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev


Qo'rg'oshin-kislotali starterbop akkumulator batareyasi



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

Qo'rg'oshin-kislotali starterbop akkumulator batareyasi. 
U quyidagi 
asosiy qismlardan tashkil topgan (6.1-chizma): yarim blokka (7) yig'ilgan man-


fiy elektrodlar (4), yarim blokka (5) yigilgan musbat elektrodlar (3), seperator-
lar (2), parallel qo'yilgan bir jinsli (plus yoki minus) elektrodlarni yarim blokka 
bog'lovchi bikrtaglar (baretlar) (6), qutb vazifasini o'tovchi chiqiqlar (9), 
umumiy qopqogi (11) va quyish tiqinlari (12) bo'lgan akkumulator baki (10).
Manfiy va musbat elektrodlar (8) tarkibida 4-5 foiz surma bo'lgan 
qo'rg'oshin-surma qotishmasidan quyib tayyorlangan panjaralardan (1) iborat. 
Surma, panjaraning korroziyaga qarshi turg'unligini kuchaytiradi, uning 
qattiqligini oshiradi va panjarani quyishda qotishmaning oquvchanligini 
yaxshilaydi. 
121-rasm. Umumiy qopqoqi bolgan qo’rg'oshin-kislotali starterbor akkumulator ba-
tareyasining tuzilishi. 
 
 
Hozirgi paytda xizmat ko'rsatilmaydigan deb ataluvchi akkumulator ba-
tareyalari ishlab chiqarilmoqda. Ular oddiy batareyalardan elektrod panjara-
larida surma miqdorining ozligi bilan farqlanadi (1,5 -2,0 foiz). Musbat el-
ektrodlar panjaralarida surmaning mavjudligi, batareyani ishlatish jarayonida 
manfiy elektrodlardagi faol massa yuzalariga va elektrolitga surmaning bir 
qismini qo'shib o'tishiga olib keladi. Bu hol, albatta, manfiy elektrod potensial-
ini oshishiga va batareyaning ishlash muddati mobaynida undagi EYKning pa-
sayishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Batareyadagi EYKning pasayishi generatorn-
ing doimiy kuchlanishi ta'sirida zaryadlovchi tokning ortishiga, ko'plab gaz 
ajralishiga va suv sarfining ko'payishiga olib keladi. 
Xizmat ko'rsatilmaydigan batareyalarda elektrod panjaralaridagi surman-
ing oz miqdordaligi hisobiga yuqorida aytilgan hodisalar sekinroq kechadi, shu 
sababli suv quyib turish muddati sezilarli darajada uzayadi (yil davomida ko'pi 
bilan bir marta). 


Panjara karkas rolini bajarib, unga plastinaning faol materiali mahkam-
langan. Shu bilan birgalikda, panjara akkumulatorning zaryadlanishi va zar-
yadsizlanishi mobaynida faol materialga tokni bir tekisda uzatilishi va olib 
ketilishini ta'minlaydi. 
Ba'zan ular kam xizmat ko'rsatiladigan deb ataladi. Xizmat ko'rsatil-
maydigan deb surma qo'shilmagan, mexanik va elektrokimyo xossalarini 
oshirish uchun qo'rg'oshinga kalsiy qo'shilgan elektrodli batareyalarga aytiladi. 
Bunday batareyalarga butun ishlash muddati mobaynida elektrolit quyib turish 
talab etilmaydi. 
Faol material pasta ko'rinishida tayyorlanadi va panjaraga surtib qo'yiladi. 
Materialning g'ovakligi hisobiga plastinaning faol maydoni, uning haqiqiy 
maydoniga nisbatan 600 - 800 martaga ortadi. Manfiy clektrodlarda faol mate-
rial sifatida kulrang g'ovak qo'rg'oshin Pb ishlatilsa, musbat elektrodlarda to'q-
jigarrang qo'rg'oshin dioksidi P
B
O
2
, ishlatiladi. 
Manfiy va musbat elektrodlarni bir-biriga tegib ketishidan (qisqa tutashu-
vdan) saqlash uchun ularni qistirmalar, ya'ni seperatorlar bilan ajratib qo'yiladi. 
Seperatorning musbat elektrodga qaragan tomonida qovurg'alari bo'ladi. Bu, 
kimyoviy reaksiyalarning yaxshi kechishi uchun zarur bo'lgan kislotaning 
musbat elektrodlarga ko'p miqdorda 'tegib turishini ta'minlaydi. Xizmat ko'rsa-
tilmaydigan batareyalarda seperatorlar konvert ko'rinishida tayyorlanib, uning 
ichiga musbat elektrodlar joylanadi. Bunday holatlarda bakda tayanch 
qovurg'alar bo'lmaydi va elektrodlar idish tubiga tayanib turadi. Ushbu vaziyat 
elektrolit sathini 50 mm gacha ko'tarish imkonini beradi. 
Akkumulator batareyasini ishga tushirish uchun unga sulfat kislotaning 
(H,S0
4
) distillagan suvdagi (H
2
0) eritmasidan iborat bo'lgan elektrolit quyiladi. 
Elektrolit tayyorlash uchun zichligi 1,83 g/sm
3
bo'lgan texnikaviy sulfat 
kislotaning maxsus navi (GOST 667-73) va distillangan suv (GOST 6709-72) 
ishlatiladi. Ushbu suv tarkibidagi qo'shimcha aralashmalar miqdori GOSTda 
belgilangan qiymatdan oshmasligi kerak. To'liq zaryadlangan akkumulatordagi 
elektrolitning 25°C dagi zichligi, avtomobillarni ishlatish sharoitlarining haro-
ratiga qarab 1,22 - 1,30 g/sm
3
oralig'ida bo'lishi zarur. Akkumulator to‘liq zar-
yadsizlanganda elektrolit zichligi boshlang'ich holatga nisbatan 0,15-0,16 
g/sm
3
ga kamayadi. 
Akkumulator baki umumiy idish ko'rinishida (monoblok) bo'lib, to'siqlar 
yordamida alohida bo'lmalarga ajratilgan. Har bir bo'lma tubidagi qovurg'a-
larga musbat va manfiy elektrodlar tayanib turadi. Baklar ebonit, plastmassa va 
polipropilendan tayyorlanadi. Polipropilen baklar nisbatan yengil vaznga va 
shaffoflikka hamda yuqori harorat-bardoshlikka ega. Ulardagi elektrolit sathini 
tashqaridan turib nazorat qilish mumkin. 
Akkumulator ishlaganda tushadigan kukunlar elektrodlarni tutashtir-
masdan, bak qovurg'alari orasidagi bo'shliqqa to'planadi. Akkumulatorlarni ba-
tareyaga ulash uchun elektrodlar bloki monoblok bo'lmalariga shunday joy-
lashtiriladiki, bir blokning manfiy bikrtag chiqig'i qo'shni elektrodlar blokining 
musbat bikrtag chiqig'i bilan yonma-yon turishi kerak. Qo'shni chiqiqlar ("+" 


va "-") bir-biri bilan tutashtiriladi. Chetki chiqiqlar kesik konus ko'rinishida 
ishlangan boiib, qutb vazifasini o

taydi. "+" qutb "-" qutbga nisbatan asosi 
bo

yicha yirikroq boladi (mos ravishda 19,5
-02
va 17,9
-02
mm). Chiqarmalard-
agi bu farq batareyani avtomobilga noto'g'ri ulash xavfini minimal darajaga tu-
shiradi. 
Sulfat kislotaning suvdagi eritmasiga tushirilgan elektrodlar ushbu erit-
maga nisbatan ma'lum bir elektr potensialiga erishadi va shunday qilib musbat 
hamda manfiy elektrodlar boiib qoladi. Plusli va minusli elektrodlarda elektr 
potensiallar qiymati turlicha bo'lganligi bois, ularni o'tkazgich orqali 
tutashtirilganda zanjir hosil boiib, elektr toki o

ta boshlaydi. Akkumulator zar-
yadsizlanganda elektrolitda tok manfiy elektroddan musbat elektrodga o'ta 
boshlaydi. Elektroddagi g'ovak qo'rg'oshinning elektrolitdagi kislota qoldigi 
S0
4
bilan birikishi natijasida, manfiy elektrodda qo'rg'oshin-sulfat hosil bo'ladi. 
Musbat elek-trodda ham faol material (qo'rg'oshin dioksidi P
B
O
2
kislorodning 
o'rniga elektrolitdagi kislota qoldig'ini (SO
4
ni) o'ziga biriktirib, qo'rgoshin sul-
fatni P
B
SO
4
hosil qiladi. Musbat elektroddan ajralgan kislorod bilan elektro-
litda sulfat kislotaning parchalanishidan qolgan vodorod birikib, suv (H
2
O) 
hosil bo'ladi. 
Akkumulator zaryadsizlanganda elektrolitdagi sulfat kislota miqdori ka-
mayadi va elektrolit zichligi pasayadi. Akkumulator zaryadlanganda reaksiya 
teskari tartibda kechadi. Bunday holatda tok, boshqa tashqi manbadan musbat 
elektrod orqali manfiy elektrod tomonga o'tadi. Akkumulator zaryadlangan va 
zaryadsizlangan paytida ro

y beradigan reaksiyani quyidagi kimyoviy formula 
orqali ifodalash mumkin: 
razryad 
PbO
2
+2H
2
SO
4
+Pb
PbSO
4
+2H
9
O+PbSO
4
(+) elektrolit (-) zaryad (+) elektrolit (-) 
Akkumulator zaryadlanganda elektrolitdagi sulfat kislota miqdori 
ko'payib, elektrolit zichligi ortadi. Elektrolitlarning akkumulator zaryadlangan 
va zaryadsizlangan paytida o

z zichligini o'zgartirish xossasidan, akkumulator 
batareyalarini (ishlatish jarayonida) zaryadlanganlik darajasini aniqlashda foy-
dalaniladi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish