Magmatik tog’ jinslari. Magmaning yer yuzasiga otilib chiqib, yoki yer
ichkarisida kristallanishidan hosil bo’ladi. Magmatik tog’ jinslari hosil bo’lish
sharoitiga qarab 2 turga: intruziv (chuqurlikda), effuziv (otqinda)turlarga ajratiladi.
Intruziv tog’jinslari magmani ma’lum bir chuqurlikda sekin – asta qotishidan hosil
bo’ladi. Bu holda magma qattiq holatda to’liq kristallanadi. Bu yo’l bilan
kristallangan tog’ jinslari donador tuzilishga ega bo’ladi. Bularga misol qilib
siyenitlar, granitlar, diorit va gabbroni olishimiz mumkin. Magma qotish davomida
har xil ko’rinishdagi shakllarni hosil qiladi. Tabiatda magmatik tog’ jinslarining
quyidagi yotish shakllarini(16-rasm) uchratish mumkin: batolitlar, shtoklar,
lakkolitlar.
55
Batolit – o’zshakli jihatidan juda katta hajmga ega bo’lgan magmatik tog’
jinsi tushuniladi. Batolit qalinligi chuqurlik bo’yicha cheksizdir.