Galenit
– qo’rg’oshinli ruda. Rangi kulrang, metallsimon, kulrang- qora
yaltiroqli, qattiqligi 2- 3, zichligi 7,2-7,6 gr/sm
3
ulanish tekisligi mukammal, azot
kislotasida eriydi. Galenit gidrotermal jarayonida hosil bo’ladi va ko’pincha
ohaktoshlar orasida uchraydi. Galenit eng muhim qo’rg’oshin rudasidir.
Qo’rg’oshindan tashqari oq sariq bo’yoqlar tayyorlashda hamda, metallarni
sirlashda foydalaniladi.
Galloidlar
– bu turga kiruvchi minerallar xloridlar hamda ftoridlar.
Turkumlaridan iborat bo’lib, ular orasida eng ko’p tarqalgan minerallar galit (tosh
tuzi) hamda flyuorit hisoblanadi. Ularning hosil bo’lishi suvli eritmalar bilan
bog’liqdir.
Galit
(tosh tuzi) ko’pincha dengiz va ko’l cho’kindilari orasida uchraydi.
Galit toza holda oq rangda b’lib, shaffof, mo’rt ulanish tekisligi o’ta mukammal,
qattiqligi 2, solishtirma og’irligi 2,1 – 2,2 gr/sm
3
. Galit suvda tez eriydi, lekin
elektr nurini o’tkazmaydi. Galit muhim oziq – ovqat mahsuloti, hamda oziq –
ovqat mahsulotini saqlash vositasi. Undan xlorid kislotasi, xlor, sodalar, natriy
ishqori hamda, natriy elementlari olishda qo’llaniladi. Galitdan to’qimachilik,
elektrotexnika sanoatlarida ham foydalaniladi.
Flyuorit
bu mineral tabiatda har xil: sariq, yashil, havorang,
gunafsharanglarda uchraydi. Uning qattiqligi 4, ulanish tekisligi mukammal,
solishtirma og’irligi 3-3,2 gr/sm
3
, shishasimon yaltiroqlikka ega. Flyuorit
ko’pincha gidrotermal jarayonida paydo bo’lib, ba’zan cho’kindi tog’ jinslarida
ham uchraydi. Uning juda ko’p qismi metallurgiyada tez eriydigan shlaklar olish
53
uchun ishlatiladi. Undan ftor olish sanoatida hamda, oynalarga bezak berishda
foydalaniladi.
14-rasm. Flyuorit
Fosfatlar
– fosfor kislotasining tuzlari bo’lib, ularga juda ko’p minerallar
kiradi. Ulardan apatit va fosforitlar tog’ jinsini hosil qiluvchi minerallar
hisoblanadi.
Apatit
– sariq, ko’kish-yashil, siyohrang, qizil jigarrang, oq-yashil,
kulrang ranglarda uchraydi. Yaltiroqligi shishasimon, yog’li , zichligi 3,18 gr/sm
3
qattiqligi 5. Apatit noteksi ba’zan chig’anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi,
ulanish tekisligi mukammal emas. Apatit sun’iy o’gitlar tayyorlashda, kimyo
sanoatida har xil tuzlar olishda, kulolchilik sanoatida chinni ishlab chiqarushda
qo’lladiniladi.
Fosforit
– dengiz cho’kindisi bo’lib, tarkibi jihatidan apatitga yaqin.
Tarkibida kvarts, karbonat, glukonit va gil donalarining aralashmalarini saqlaydi.
Rangi jigarrang, oq, kulrang, sariq, jigarrang qora, yog’li yaltiroqlikka ega, zichligi
3- 3,2 gr/sm
3
, qattiqligi 2-5. Fosforit ham sun’iy o’g’it tayyorlashda, fosfor
kislotasi olishda foydalaniladi.
Sof elementlar
. Minerallarning bu turiga platina, oltin, kumush, olmos,
grafit, oltingugurt va mis kiradi. Bu minerallar bir kimyoviy elementdan yoki ikki
elementdan tashkil topadi. Bu elementlar tabiatda juda kam tarqalgan, ulardan
grafitni tog’ jinslari tarkibida uchratish mumkin.
54
Grafitning
rangi kulrang, qora yaltiroqligi metallsimon, yog’li yumshoq
sinishi donador, tekis. Grafit yuqori haroratda vulqon otilishidan hosil bo’ladi. U
magmatik (granit) va metamorfik (slanets, marmar, gneysda) tog’ jisnlari tarkibida
uchraydi. Sanoatda qalamlar, elektrodlar ishlab chiqarishda, bo’yoqchilikda
qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |