7-§.Tog’ jinslari
Tog’ jinslari har qanday inshootning zamini hamda qurilish materiali
bo’lib xizmat qiladi. Tog’ jinsi deb, bir yoki bir necha minerallarning tabiiy
birikmasiga aytiladi. Tog’ jinslari bir (gips) yoki bir necha minerallar yig’indisidan
tashkil topishi (granit tarkibida kvars, ortoklaz, slyuda minerallar va boshqalar)
mumkin. Agar bir minerallardan tashkil topgan bo’lsa
monomineral
, ikki va undan
ko’p minerallardan hosil bo’lsa,
polimineral
tog’ jinslari deyiladi.
Tog’ jinslari hosil bo’lishiga qarab, 3 turga bo’linadi:
1.
Magmatik tog’ jinslari
2.
Cho’kindi tog’ jinslari
3.
Metamorfik tog’ jinslari
Yuqorida keltirilga tog’ jinslarining hosil bo’lishi va ularning
xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |