Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar


-§. Dengiz va ko’llarning geologik ishi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

37-§. Dengiz va ko’llarning geologik ishi 
 
 
Dengiz  va  ko’l  suvlari  ham  geologik  ish  bajaradi.  Suvlarning  qirg’oqqa 
urilib uni yemirish jarayoni abraziya deb ataladi. Abraziya jarayonining tezligi suv 
to’lqinini kuchiga va sohilni tashkil etuvchi tog’ jinslarining turiga hamda ularning 
qay  holda  yotishiga  bog’liqdir.  Shamol  suvlarning  ustki  qavatlariga  urilib,  uni 
to’lqinlantiradi. 
To’lqinlar 
dengiz, 
ko’l 
qirg’oqlariga urilib, ba’zi joylarni yemiradi, yuvib 
ketadi,  hosil  bo’lgan  tog’  jinsi  bo’laklarini  esa 
boshqa  joyga  olib  borib  yotqizadi.  Kuchli 
bo’ronlar  paytida  vujudga  keladigan  to’lqinlar 
100 
tonnagacha 
og’irlikda 
bo’lgan 
harsangtoshlarni o’rnidan qo’zg’atib, harakatga keltira oladi.  
 
Dengiz,  ko’l  qirg’oqlarida  ro’y  beradigan  yemirilish  va  yuvilish  jarayonlari 
boshqa  geologik  hodisalarni  hosil  bo’lishiga  ham  sabab  bo’ladi.  Abraziya 
oqibatida qirg’oqlarda surilma, ag’darma hodisalari yuz berishi mumkin. Shuning 


309 
 
 
uchun  bu  jarayon  va  hodisalarni  o’rganish  katta  amaliy  ahamiyatga  ega,  chunki 
qirg’oqlarda, ko’pincha, turli inshootlar – gidrotexnik qurilmalar, avtomobil, temir 
yo’llar,  dam  olish,  davolanish  maskanlari  va  ularga  xizmat  qiluvchi  inshootlar 
quriladi. Bundan tashqari, bu jarayon va hodisalar oldin qurilgan inshootlarga ham 
ta’sir ko’rsatishiga va ularga zarar yetkazishi mumkin. 
 
Dengiz,  ko’l  suvlari  sathining  qirg’oqqa  tegib  turgan  joyi  sohil  chizig’i  deb 
ataladi. Sohil chizig’i geologik davrlar  o’tishi bilan suv sathining ko’tarilishi yoki 
pasayishiga,  to’lqin  kuchiga,  yer  qobig’ining  harakatiga,  suv  miqdoriga  qarab 
doimo  o’zgarib  turadi.  Bu  chiziqning  o’zgarishida  abraziya  jarayonining  ta’siri 
ham  katta  bo’ladi.  Sohil  chizig’i  quruqlik  yoki  suv  tomon  bir  necha  metrdan  bir 
necha yuz metrgacha, ba’zan kilometrgacha siljib turadi. Sohil chizig’ining dengiz 
va  quruqlik  tomon  siljishidan  sohil  bo’ylab  hosil  bo’lgan  maydon  dengiz,  ko’l 
sohili  yoki  qirg’oq  mintaqasi  deb  ataladi.  Bu  mintaqaning  kengligi  sohil 
chizig’ining  siljishiga  bog’liq.  Shu  joydagi  geologik  jarayonlarning  qaysi  biri 
ustunligiga  qarab  qirg’oq  mintaqasi  abraziya  va  akkumulyativ  mintaqalarga 
ajratiladi.  Abraziya  mintaqa,  asosan,  tub  tog’  jinslaridan  tashkil  topgan  bo’lib, 
nishabligi  katta  va  yemirilish,  o’yilish  jarayonlarida  ularda  o’yiqlar,  to’lqin 
bo’g’ozlari  hosil  bo’ladi.  Akkumulyativ  mintaqa  esa  abraziya  natijasida  hosil 
bo’lgan  tog’  jinsi  bo’laklarining  yotqiziqlari  (shag’al,  qum,  harsangtosh  va 
boshqalar) hosil bo’lib, sohili sayoz bo’ladi.  
 
Agar  qirg’oq  qoya  tog’  jinslaridan,  yuqori  mustahkamlikka  ega  bo’lgan, 
yemirilmaydigan  yoki  juda  oz  siqiluvchan,  suv  o’tkazmaydigan  yoki  juda  oz  suv 
o’tkazuvchan,  atmosfera  yog’inlariga  qarshilik  ko’rsata  oladigan  tog’  jinslaridan 
iboart bo’lsa, ularning yemirilishi juda sekin ro’y beradi.  
 
Agar  qirg’oq  nisbatan  qattiq,  ya’ni  qoya  tog’  jinslarining  11  turkumidagi 
gruntlardan tashkil topgan bo’lsa, u holda abraziya jarayoni  birmuncha tezlashadi. 
Bu  holda  qirg’oqda  abraziya  jarayonida  gorizontal  o’yiqlar  hosil  bo’lib,  ularning 
katta-kichikligi  shu  qirg’oqni  tashkil  etgan  jinslarning  qattiq-  yumshoqligiga 
bog’liq.  Bu  o’yiq  borgan  sari  chuqurlashib,  qirg’oqning  ichiga  kirib  ketaveradi. 


310 
 
 
Natijada  o’yiqlar  ustidagi  tog’  jinsi  bo’laklarining  mustahkamligi  kamayib,  qulab 
tushadi,  qirg’oq  esa  ortga  chekinadi.  Shu  sababli  qoya  tog’  jinslaridan  tashkil 
topgan  qirg’oqlarda  yemirilish  tezligi  gruntlarning  nuraganlik  darajasiga  bog’liq 
bo’lib,  ularni  yaxshilab  o’rganish  kerak.  Agar  dengiz,  ko’l  qirg’oqlarida  tektonik 
yoriqlar  bo’lsa,  ularning  yo’nalishi  va  qanday  jinslar  bilan  to’lganligi  aniqlanadi. 
Qoya  tog’  jinsidan  tashkil  topgan  dengiz  va  ko’l  sohillarida  geologik  davrlar 
o’tishi  bilan  qirg’oqlar  borgan  sari  qirg’oq  chizig’idan  uzoqlashadi.  Qirg’oqqa 
to’lqin  urilib,  so’ngra  qaytganda  parchalangan  tosh  va  qumlarning  bir  qismini 
dengizning chuqur joylariga olib ketadi, katta qismi esa qirg’oqda qoladi. Natijada 
cho’kindi tog’ jinslaridan iborat sohil hosil bo’ladi.  
  
 
121-rasm. Abraziya hodisasining rivojlanishi 
 
 
Agar  qirg’oq  sochiluvchan  yoki  gilli  gruntlardan  tashkil  topgan  bo’lsa, 
yemirilish  va  yuvilish  jarayoni  tez  va  yengil  ro’y  beib,  qirg’oqning  nishabligi 
kamayadi.  Ko’pincha,  bunday  sohillar  yuza  bo’lib,  qumli  plyajlardan  iborat 
bo’ladi.  
 
Shunday qilib, dengiz va ko’l qirg’oqlarida ro’y beradigan geologik jarayon 
va  hodisalarni  baholashda  qirg’oqlar  qanday  tog’  jinslaridan  tashkil  topganligini 
aniqlash  kerak.  Yemirilish  va  yuvilish  jarayonining  tezligi  bu  tog’  jinslarining 
petrografik  tarkibiga,  fizik-mexanik  xossalariga  bog’liq.  Yemirilish  jarayonini 
qoya tog’ jinslaridagi yoriqlar, darzliklarning bo’lishi ham tezlashtiradi.  


311 
 
 
 
Tik  qirg’oqlarda  to’lqinning  urilishi  va  qaytishi  kuchli  bo’ladi,  chunki 
og’irlik kuchi bu jarayonni tezlatadi.  
 
Qirg’oqning nishabligi kichik bo’lsa, to’lqinning qirg’oqqa urilish masofasi 
katta bo’ladi va yemirilgan jinslarning ko’pchiligi qirg’oq bo’yida qoladi. Natijada 
bunday tog’ jinsidan tashkil topgan keng maydonlar (plyajlar) hosil bo’ladi.  
 
Qirg’oqlarning mustahkamligi uarning yotish holatlariga ham bog’liq. Tog’ 
jinslari  gorizontal  yoki  suv  tomonga  qiya  yotgan  bo’lsa,  yemirilish  va  yuvilish 
jarayoni  qavatlarning  ketma-ket  joylashishiga  va  petrografik  tarkibiga  bog’liq 
bo’ladi. Agar mustahkam tog’ jinslari orasida bo’sh tog’ jins qavatlari uchrasa, ular 
tez  yuvilib,  qirg’oqda  o’yimlar  hosil  bo’ladi.  Agar  qatlam  qoya  tog’  jinslaridan 
tashkil  topgan  bo’lsa  va  uning  nishabligi  qirg’oq  nishabligiga  mos  bo’lsa,  bu 
qatlam qirg’oqni yemirilishdan saqlaydi.  
Abraziya  jarayonining  tezligi  yer  qobig’ida  bo’ladigan  tektonik  harakatlarga  ham 
bog’liq.  Dengiz  yuzasi  doimo  bir  xilda  qolmaydi.  Chunki  yer  sharida  yuz 
beradigan  harakatlar  natijasida  bir  joyda  yer  qobig’i  astasekin  ko’tarilib,  ikkinchi 
joyda  uning  yuzasi  pastlashadi.  Boshqa  bir  joyda  esa  u  cho’kadi,  natijada  dengiz 
ko’tariladi.  Shu  tariqa  dengiz  tekisliklarning  ko’pgina  qismlarini  ishg’ol  qila 
boshlaydi
16
.  
 
122-rasm. Avstraliya janubiy qirg'og'ida abraziya 
 jarayonining rivojlanishi 
 
                                                             
16
G.F.Bell Engineering Geology, 111-bet
 


312 
 
 
 
Qirg’oqlarning  yemirilishiga  dengiz  va  ko’llarga  quyiladigan  daryolar  ham 
ta’sir ko’rsatadi. Daryo suvlari dengiz va ko’llarga quyilganda o’zi bilan tog’ jinsi 
bo’laklarini  olib  kelib,  quyiladigan  yerga  yetkazadi.  Natijada  dengiz  sohilining 
nishabligi  kamayib,  qirg’oqning  mustahkamligi  ortadi.  Olib  kelingan  materiallar 
qirg’oqda yoki suv ostidagi joylarda uzoq vaqt yotsa, qirg’oqda abraziya jarayoni 
sodir bo’layotganini bildiradi. Agar daryo olib kelgan materiallar tez yuvilib ketsa, 
bu  jarayon  qirg’oqda  abraziya  bo’layotganini  ko’rsatdi.Abraziya  jarayonining 
sochiluvchan gruntlarda rivojlanishini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin
*

 
26-jadval 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish