Jo’yaklar – u yoki bu xil chuqurlikdagi, bir-biridan o’tkir qirralari bilan
ajralgan va yuqoridan pastga qarab yo’nalgan egri-bugri o’yiqlar ba’zan yarim
metr yoki undan ham ortiq chuqurlikni tashkil etadi. Karrlar ba’zan katta-katta
maydonlarni ishg’ol qiladi. O’yiq va qirralari ko’payib ketishi bu joylardan
o’tishini qiyinlashtiradi.
107-rasm. Jo’yaklarning ko’rinishi
Agar karst hodisasi natijasida hosil bo’lgan bo’shliq ancha katta bo’lib, yer
yuzasiga yaqin joylashsa, ularning ustidagi qavatlar o’z og’irligi ostida cho’kib,
bo’shliqning ustida ma’lum chuqurlikdagi va kenglikdagi voronkalar hosil bo’ladi.
Voronkalar ko’p bo’lgan yerlarda avtomobil yo’llari va og’ir inshootlar qurib
bo’lmaydi, chunki bunday voronkalar yo’l ostida ham paydo bo’lishi mumkin.