Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

2.
 
Tog’  jinslarining  suv  o’tkazuvchanligini  kamaytirish  maqsadida  ularning 
yoriqlarini,  darzliklarini  sementlash,  suyuq  shisha  va  qatron  yordamida 
mahkamlash ishlari. 
 
 
35-§. Eroziya jarayoni va daryo vodiylarining hosil bo’lishi. 
 
 
Ko’pgina  aholi  yashaydigan  joylar, 
Respublika 
hamda 
mamlakatlarning 
poytaxtlari,  shuningdek,  sanoat  markazlari 
daryo 
vodiylariga 
joylashgan. 
Daryo 
qirg’oqlari,  o’z  navbatida,  ko’priklar  bilan 
tutashtirilgan,  qirg’oqlarda  esa  ko’pgina 
inshootlar  joylashgan  bo’lib,  ular  suv  yo’llariga  xizmat  qiladi.  Daryo  vodiylari 
bo’ylab uzoq masofadagi temir yo’llar va avtomobil yo’llari qurilgan.  


301 
 
 
Qisqa  qilib  aytganda,  daryo  vodiylari  inson  yashashi  uchun  qulay  joylar 
hisoblanadi.  Shu  sababli  daryo  qirg’oqlarida  hamda  vodiy  yonbag’irlarida  sodir 
bo’ladigan  va  uning  mustahkamligini  buzadigan  geologik  jarayonlar  shu  joyning 
hamda u yerda quriladigan inshootlarning mustahkamligiga, shu bilan birga, inson 
hayotiga  ham  ta’sir  etadi.  Bunday  geologik  jarayonlarga  qirg’oqlarning  yuvilishi 
(buzilishi), ya’ni eroziya jarayoni kiradi. Bu jarayon natijasida daryo vodiylarining 
shakli,  tuzilishi  o’zgaradi.  Shu  sababli  bu  jarayonlar  balki  ilmiy  ahamiyatga  ham 
ega. “Eroziya” so’zi  lotincha  “yuvaman” degan ma’noni anglatadi. Daryo suvlari 
o’z  o’zanining  tubini  va  yonlarini  to’xtovsiz  yemiradi.  Eroziya  jarayoni  tufayli 
daryolarning chuqurligi, eni va yo’nalishi o’zgarib boradi. 
Tog’li  hududlarda  daryo  tor  o’zandan  oqib,  vodiyning  keng  va  nishabligi 
kichik bo’lgan joylarga yoyilib, ilon iziga o’xshash tirsaklar hosil bo’ladi. Bu o’sha 
joyda  yotgan  tog’  jinslariga  bog’liq  jarayondir.  Qumtosh,  slanets,  granit  kabi 
mustahkam  tog’  jinslaridan  tuzilgan 
sohillar  yuvilishiga  uzoq  vaqt  chidaydi. 
Yuz  va  ming  yillar  davomida  oqar  suvlar 
shunday  mustahkam  jinslarni  ham  asta-
sekin  kavlab  va  kesib  o’tadi.  Ko’pincha, 
qattiqqismlardan  tuzilgan  tog’li  joylarda 
daryo  va  soylar  tomonidan  qazilgan 
chuqur vodiylarni ko’ramiz. 
Yumshoq  va  bo’sh  tog’  jinslaridan 
(tuproq,  loy  va  shag’allar)  tashkil  topgan 
qirg’oqlar esa juda yuvilib yemiriladi. 
Tog’  jinslarining  yuvilishi  ularning 
tashkil  etuvchi  donalarining  yirikligiga 
hamda  ularning  orasida  bog’liqliklar  mavjudligiga  bog’liq.  Tog’  jinslarining  suv 
ta’sirida  yuvilishini  o’rganib  G.  S.  Zolotaryov  (1955),  S.  D.  Voronkevich  (1958) 
hamda Ye. M. Sergeyev (1978) ularni quyidagi turlarga ajratganlar: 


302 
 
 
1.
 
Juda  tez  yuviluvchi  tog’  jinslari,  ularga  ingichka,  mayda  va  o’rta  donali 
qumlar, supeslar kiradi. 
2.
 
Tez  yuviluvchi  tog’  jinslari,  ularga  lyossimon  tog’  jinslari  kiradi.  Bu tog’ 
jinslari tinch turgan suvda ham buzilib ketadi. 
3.
 
O’rtacha  yuviluvchan  tog’  jinslari  (petrografik  tarkibi  jihatdan  har  xil). 
Ularga  yirik  silliqlangan  shag’al  tosh,  bo’sh  bog’langan  qumtoshlar,  gilli 
tog’ jinslari kiradi. 
4.
 
Qiyin yuviluvchan tog’ jinslari. Ularga yirik silliqlangan shag’al toshlar va 
qadimgi gilli tog’ jinslarini kiritish mumkin.  
5.
 
Juda  qiyin  yuviluvchan  tog’  jinslari.  Ularga  opoka,  argillit,  qumtoshlar, 
mergellar, gilli mergellar va boshqalar kiradi. 
6.
 
O’ta  qiyin  yuviluvchan  yoki  yuvilmaydigan  tog’  jinslari.  Ularga 
qiyaliklarni to’la qoplab yotuvchi magmatik, metomorfik tog’ jinslari misol 
bo’la oladi. Ular juda kam yuviladi.   
Ko’pincha, yuvish jarayoni bahorgi suv toshqinlarida, shuningdek, yoz va kuz 
fasllarida  kuchli  yomg’irdan  so’ng,  daryolarning  suvi  ko’payib,  qirg’oqlarning 
ancha  qismini  suv  bosganda  yuz  beradi.  Bulardan  tashqari,  daryolardagi  suvning 
ko’payishi  oqimning  tezlanishiga  va  bu  o’z  navbatida,  eroziya  jarayonining 
jadallanishiga olib keladi.  
Shunday  qilib,  daryo  suvlari  o’zan  tubi  va  yonlarini  to’xtovsiz  yemiradi.  Bu 
jarayon daryo  eroziyasi deb ataladi. Daryo eroziyasi xususiyatiga qarab ikki turga 
bo’linadi:  1)  tag  eroziyasi;  2)  yon  eroziyasi.  Tag  eroziyasida  daryo  o’z  o’zani 
tagini  yuva  boshlaydi,  natijada  daryo  chuqurligi  orta  boshlaydi.  Yon  eroziyasida 
daryo qirg’oqlarini yuva boshlaydi. Joyning geologik va geomorfologik tuzilishiga 
qarab  eroziyajarayonining  ko’lami  har  xil  bo’ladi.  Yuqorida  aytib  o’tilgan  tag 
eroziyasi daryolarning  yuqori qismida  ro’y bersa, uning o’rta va pastki qismlarida 
yon  eroziyasi  hamda  yuvilgan  materiallar  olib  kelib  yotqizilish  jarayonlari  ro’y 
beradi. Natijada daryo vodiylari hosil bo’ladi.  
 


303 
 
 
 
115- rasm. Terrasalarning hosil bo’lishi 
 
Daryolarning  suv  oqadigan  joyi  o’zan  deb  ataladi.  Daryo  suvlari  boshlanish 
qismida  tog’  jinslarini  yemirib,  ularni  oqizib  kelib  yotqizadi.  Bu  jarayon 
akkumulyatsiya jarayoni deb ataladi.  
Bu  jarayonlarning  ketma-ketligi  daryo  vodiylarining  har  xil  qismlarida  vaqt 
bo’yicha  ham,  bosqichlari  jihatidan  ham  turlichadir.  Daryo  qirg’oqlari  yuvilish 
natijasida  kengligi  200-1500  m  va  undan  katta  bo’lgan  daryo  va  undan  katta 
bo’lgan daryo vodiysi vujudga keladi.  O’zan va qirg’oqlarning  yuvilishi oqibatida 
daryoning  o’ng  va  chap  qirg’oqlarida  pog’ona-pog’ona  shakldagi  balandliklardan 
iborat  supachalar  hosil  bo’ladi.  Bular  daryo  terrasalari  deb  ataladi.  Daryo 
terrasalari  hosil  bo’lishiga  qarab  erozion  va  akkumulyativ  terassalarga  bo’linadi. 
Terrasalar  eroziya  bazasining  ko’tarilishi  va  pasayishidan  hosil  bo’ladi.  Eroziya 
bazasi deb daryolar quyiladigan suv xavzasining sathiga aytiladi. Daryo o’zanining 
(suv oqadigan qismi) ko’tarilishi natijasida eroziya bazasi pasayadi. Natijada daryo 
o’zanining  bir  qismini  o’ya  boshlaydi  va  yoyilib  oqayotgan  suv  chuqurlashgan 
o’zan bo’ylab oqa boshlaydi. Daryo o’zining muvozanat kesmasini hosil qilgandan 
so’ng,  o’zanini  chuqurlatishnni  to’xtatadi  va  endi  qirg’oqlarni  yuvib  ketish  bilan 
o’zanini kengaytirishga o’tadi. Yon eroziyasi daryo suvi ko’payib ketganda hamda 
oqim  tezlashganda kuchli  rivojlanadi.  Tag  hamda  yon  eroziyasining  almashinishi, 
ya’ni  yuvish  jarayonining  qayta-qayta  takrorlanishidan  daryo  vodiysining  ikki 
yonbag’rida  har  xil  balandlikdagi  bir  qancha  terrasalar  hosil  bo’ladi.  Lekin  qayta 
yuvilish  jarayoni  faqatgina  eroziya  bazasining  pasayishi  bilan  bog’liq  bo’lmay, 


304 
 
 
balki  tektonik    harakatlar  natijasida  shu  yerning  ko’tarilishi  orqasida  ham  yuz 
berishi  mumkin.  Bu  jarayonning  bir  necha  marta  takrorlanishidan  erozion 
terrasalar  paydo  bo’ladi.  Vaqt  o’tishi  bilan  erozion  terassalarning  usti  cho’kindi 
tog’ jinslari bilan qoplanadi. Erozion bazasining ko’tarilishi tufayli daryo suvining 
harakati  sekinlashadi  va  suv  oqizib  kelgan  jinslar  o’zan  tubiga  cho’kib,  allyuvial 
yotqiziqlar hosil bo’ladi.  
Shunday  qilib,  daryo  suvlarining  to’rtlamchi  davrgacha  bo’lgan,  ya’ni  tub 
tog’  jinslarining  yuvilishidan  hosil  bo’lgan  terrasalar  erozion  terrasalar,  bu 
suvlarning  o’zi  olib  kelib  yotqizgan  jinslardan  hosil  bo’lgan  terrasalarni 
akkumulyativ terrasalar deyiladi.  
Hosil  bo’lgan  daryo  terrasalari  pastgi  qayr  terrasasi  va  yuqorigi  qayr  usti 
terrasalariga  ajratiladi.  Qayr  terrasasi  daryo  o’zanidan  ma’lum  balandlikda 
joylashgan  bo’lib,  daryoda  suv  ko’p  bo’lgan  vaqtda  suv  bilan  qoplanadi.  Qayr 
terassasi ustida bir necha qayr ustki terassalar bo’lib (31-rasm), u yerlarda odamlar 
yashaydigan joylar, viloyat markazlari, shaharlar hamda boshqa inshootlar quriladi. 
Qayr ustki terrasalarini pastdan yuqoriga sanash qabul qilingan. Ularning soni 
3-13  ta,  gohida  15  taga  yetishi  mumkin.  Masalan,  Chirchiq  va  Ohangaron 
vodiylarida 5-7 ta qayr ustki terrasalari ajratilgan. Toshkent oldi hududlarida N. P. 
Vasilskovskiy  va  Yu.  A.  Skvorsov  tomonidan  to’rtta  bosqichda  hosil  bo’lgan 
yettita  bo’ylama  daryo  terrasalari  ajratilgan.  Ular  Nanay  yoki  Sox  (Sh),  Toshkent 
(TS), Mirzacho’l (Ql)va Sirdaryo (Sd) bosqichlaridagi terrasalardir.  
Terrasalarning  yoshi  ularning  daryo  o’zaniga  nisbatan  gipsometrik 
joylashishiga  qarab  aniqlanadi.  Terrasalar  daryo  vodiylari  bo’ylab  gorizontal  yoki 
qiya  yuzalar  (supachalar)  shaklida  tarqalgan  bo’ladi.  Yuqorida  aytib  o’tilganidek 
terrasalar  pastdan  yuqoriga  qarab  sanalib,  eng  yuqorida  joylashgan  terrasaga  eng 
keksa, pastda joylashgani eng yoshi hisoblanadi. Terrasalarning kengligi bir necha 
yuz  metrdan  bir  necha  o’nlab  kilometrni  tashkil  qiladi.  Bu  terrasalarni  tashkil 
qilgan  yotqiziqlar  ham  o’sha  terrasa  nomi  bilan  yuritiladi.  Inshootlarni 
loyihalashda  terassalarning  hosil  bo’lishiga  qarab  turlarini  aniqlash  ularda  yuz 


305 
 
 
beradigan  geologik  hodisalarni  oldindan  aytib  berish  uchun  zarurdir.  Chunki 
erozion terrasalarda  geologik hodisalardan ag’darmalar, akkumulyativ terrasalarda 
esa  surilish,  cho’kish  kabi  hodisalar  uchraydi.  Terrasalarning  paydo  bo’lishini 
aniqlash inshootlarning asosini tashkil etuvchi tog’ jinslarining qurilish xossalarini 
muhandis-geologik  jihatdan  baholashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Inshootlarni 
loyihalashda,  qurishda,  ayniqsa,  avtomobil  yo’llarini  hamda  ko’priklarni  qurishda 
eroziya  jarayonining  borishini  oldindan  aytib  berish  hamda  ularga  qarshi  chora-
tadbirlar  ishlab  chiqish  kerak  bo’ladi.  Buning  uchun  daryoning  gidrologik 
xususiyatlarini,  ya’ni  vodiyning  geomorfologi  tuzilishiga  qarab,  uning  eng  ko’p 
yuviladigan  qismini  va  bu  jarayon  qaysi  vaqtda  eng  ko’p  rivojlanishini  va  daryo 
qirg’oqlarini tashkil etuvchi tog’ jinslarining tarkibini va tuzilishini bilish kerak.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish