Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Ko’chkilar. 
Tog’  yonbag’irlaridagi,  shuningdek,  dengiz,  ko’llarning 
qirg’oqlaridagi  bo’sh  jinslarning  o’z  og’irligi  ta’sirida  qiyalik  bo’ylab  surilib 
tushishi ko’chki yoki surilma deb ataladi. Ko’chki hodisasi yer sharining juda ko’p 
joylarida uchraydi va  xalq xo’jaligiga juda katta zarar keltiradi. 
 
 
126-rasm. Ko’chki hodisasi 
 
 
Ko’chki  hodisasi  o’sha  joyning  relyefi,  geologik  tuzilishi  o’zgarishiga  olib 
keladi,  bu  esa  qiyaliklarni  tashkil  etuvchi  tog’  jinslarining  ba’zi  sabablarga  ko’ra 
o’z mustahkamligini yo’qotganligini ko’rsatadi.  
 
Ko’chki  hodisasi  yer  sharining  deyarli  hamma  joyida  tarqalgan  bo’lib,  xalq 
xo’jaligiga katta zarar keltiradi. Bu hodisa, ko’pincha, tog’ yonbag’irlarida, daryo, 
dengiz qirg’oqlarida ro’y beradi.  
 
Ko’chki hodisasi bizning yurtimizda ham Toshkent viloyatining Ohangaron, 
Olmaliq  hududlarida,  Chirchiq,  Qashqadaryo,  Zarafshon  va  Surxondaryo 
vodiylarining  yuqori  qismlarida  ham  tez-tez  ro’y  beradi.  Ko’chki  oqibatida  temir 
yo’llar, avtomobil yo’llari, ko’priklar, qishloqlar, bog’lar vayron bo’ladi. Ko’chkilr 
hosil bo’lish sharoiti , hajmi, harakat tezligiga qarab turlicha bo’ladi. Ular turli tog’ 
jinslarida  ohaktosh,  qumtosh,  lyoss,  lyossimon  gruntlarda  ro’y  berishi  mumkin. 


317 
 
 
O’zbekiston  hududida  ko’chkilar,  ko’pincha,  lyoss  va  lyossimon  tog’  jinslarida 
hosil  bo’ladi.  Ko’chki  hodisasi  bir  necha  tabiiy  va  sun’iy  sabablarning  tog’  jinsi 
muvozanatiga  ta’sir  etib,  uning    buzilishi  oqibatida  ro’y  beradi.  Baland-
pastliklardan iborat relyef tekis relyefga qaraganda ko’chki hosil bo’lishiga sharoit 
yaratadi.  Namlik  ko’p  bo’ladigan  o’lkalarda  quruq  iqlimdagi  o’lkalarga  nisbatan 
ko’chki hodisasi tez-tez sodir bo’lib turadi. 
 
 
127-rasm. Ko’chki hodisasining avtomobil yo’liga ta’siri 
 
 
Ko’chki hosil bo’lishiga sabab bo’ladigan sharoitlar quyidagilardan iborat: 
1. Joyning iqlim sharoiti. 
2. Joyning relyefi. 
3. Qiyaliklarning geologik tuzilishi.  
4. Gidrogeologik sharoit. 
5. Gidrologik sharoit.  
6. Hozirgi tektonik harakatlar, seysmik hodisalar. 
7. Geologik jarayon va hodisalarning tarqalishi.  
8. Gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari.  
9. Insonning muhandislik faoliyati.  
 
Shunday  qilib,  ko’chki  hodisasining  hosil  bo’lish  sabablari  xilma-xildir. 
Asosiy  sabalardan  biri-tog’  jinsi  namligining  birdaniga  oshib  ketishidir.  Grunt 
tarkibidagi  namlikning  oshishi  natijasida  uning  og’irligi  ortadi,  jins  donalari  va 
zarralar orasidagi bog’liqlik kamayadi.  


318 
 
 
Atmosfera  yog’inlari  ko’pgina  ko’chkilarning  hosil  bo’lishidagi  asosiy 
sabablardan  hisoblanadi.  Yomg’irning  tinimsiz  yog’ishidan,  qor  erishidan  hosil 
bo’lgan  suvlarning  bir  qismi  tog’  jinslariga  shimiladi,  bir  qismi  qiyalik  bo’ylab 
oqib  ketadi.  Shimilgan    suvlar  tog’  jinsi  namligining  ortishiga  sabab  bo’ladi. 
Bundan tashqari, yog’ingarchilikning ko’p bo’lishi suv havzalaridagi suv sathining 
ko’tarilishiga sabab bo’ladi, bu esa  ko’chki hosil bo’lishiga olib keladi.  
 
Yer osti suvlari ham ko’chki hosil bo’lishidagi asosiy sabablardan biridir. Bu 
suvlar  ham  tog’  jinsi  tarkibidagi  namlikning  oshishiga  olib  keladi.  Grunt 
tarkibidagi namlik ko’payishi natijasida grunt plastik yoki oquvchan holatga o’tib, 
qiyalik bo’ylab siljiydi.  
 
Joyning  relyefi  ham  ko’chki  hosil  bo’lishidagi  asosiy  sharoit  hisoblanadi. 
Ko’chki  hodisalarini  kuzatish  shuni  ko’rsatadiki,  ular  ko’pincha  tog’li  hududlarda 
ro’y  beradi.  Tog’  jinslari,  ularning  granulometrik  hamda  mineralogik  tarkibi  ham 
ko’chkilarning hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega.  
 
Ko’pincha, ko’chkilar delyuvial, prolyuvial, lyoss va lyossimon tog’ jinslari 
qavatlaridan  tashkil  topgan  yoki  qavatlari  orasida  gilli  grunt  qavatlari  bo’lgan 
qiyaliklarda hosil bo’ladi.  
 
Bu  tog’  jinslarining  qalinligi  qanchalik  katta  yoki  qavatchalar  qalinligi 
chuqur  joylashgan  bo’lsa,  ularda  hosil  bo’lgan  ko’chkining  hajmi  shuncha  katta 
bo’ladi.  
 
Ko’chki  hodisasi  tarkibida  gil  zarrachalari,  bu  zarrachalarning  mineralogik 
tarkibida  montmorellanit  va  kaolinit  mineral  ko’p  bo’lgan  tog’  jinslarida  ro’y 
beradi.  Bunday  gruntlar  suv  ta’sirida  ko’pchib,  natijada  jinsning  ishqalanish  va 
bog’liqlik  kuchlari  kamayib  ketadi.  Qiyaliklardagi  gidrostatik  va  gidrodinamik 
bosimlar  ko’chki  sabablaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  kuchlar  ta’sirida  tog’ 
jinslarining  tashqi  kuchga  qarshiligi  va  mustahkamligi  o’zgarib  turadi.  Yer  osti 
suvlari tog’ jinslariga ta’sir qilishi natijasida, gidrostatik bosim hosil bo’lib, suvli 
qavatning og’irligi kamayadi. Natijada suvli qavat ustidagi qavat og’irligini ko’tara 
olmay, surilish ro’y beradi.  


319 
 
 
Gidrodinamik  kuch  yer  osti  suvining  harakat  yo’liga  yo’nalgan  bo’lib, 
qiyalikdagi  siljituvchi  kuchga  qo’shimcha  bo’ladi.  Natijada  bu  kuchning  miqdori 
yuqori  bo’ladi.  Gidrodinamik  bosim  suv  havzalarida  suv  sathining  birdaniga 
pasayib  ketishi  natijasida  hosil  bo’ladi.  Bu  bosim  ta’sirida  qiyaliklarning 
mustahkamligi kamayadi. 
Joylarda  bo’ladigan  geologik  jarayon  va  hodisalar  ham  ko’chkining  hosil 
bo’lishiga  olib  keladi.  Tog’  jinslarida  nurash  jarayoni,  tektonik  harakatlar 
natijasida  hosil  bo’ladigan  yoriqlar,  darzliklar  ularning  mustahkamligiga  ta’sir 
etadi,  shuningdek,  bu  yoriqlardan  suv  shimilishi  ro’y  beradi.  Oqibatda  tog’ 
jinsining og’irligi ortadi va h.k.  
Zilzila  hodisasi  ham  ko’chkining  ro’y  berishiga  turtki  bo’ladi.  Tojikiston 
hududida  1983  yilda  Sharora  qishlog’ida  ro’y  bergan  ko’chki  hodisasi  misol 
bo’ladi.  Bu  ko’chki  oqibatida  ko’pgina  odamlar    halok  bo’ldi,  inshootlar  buzilib 
ketdi.  
Ko’chki  hosil  bo’lishida  sun’iy  sabablarning  ahamiyati  ham  bor.  Yo’llarni 
tog’  yonbag’irlaridan  o’tkazganda,  foydali  qazilmalarni  qazib  olganda, 
qiyaliklarning muvozanati buzilib, ko’chki hodisasi ro’y beradi.  
Ohangaron  vodiysida  joylashgan  Angren  shahridagi  Atchi  ko’chkisining 
hosil  bo’lishida,  u  yerdagi  ko’mirni  yer  qobig’ida  gaz  xolatiga  aylantirish  uchun 
olib borilgan muhandislik ishlari ham ko’chkini hosil bo’lishidagi sabablardan biri 
hisoblanadi.  Biron  bir  jarayon  va  hodisa  ikkinchi  bir  jarayon  va  hodisani  hosil 
bo’lishiga sabab bo’ladi.  
Ko’chki  hodisasining  inshootlarga  ta’sirini  aniqlash  uchun  ko’chki 
elementlarini  aniqlash  kerak  bo’ladi.  Ularga  surilish  yuzasi,  surilish  o’yimi, 
surilish  bazasi,  surilish  terassasi,  uzilish  devori,  surilish  tanasi  va  surilish  tili  kabi 
elementlari kiradi 
 
 


320 
 
 
 
128-rasm. Ko’chkining elementlari: 1- tub tog’ jinsi;2- ko’chki tanasi; 3- 
qiyalikning surilishgacha bo’lgan holati; 4-ko’chki terrasalari; 5-uzilish devori; 6-
ko’chki bazisi; 7-surilish yuzasi. 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish