Juvalash chegarasi
shunday namlik bilan tavsiflanadiki, bunday grunt
plastiklik holatidan quruq holatga o’tish chegarasidagi namlikda bo’ladi.
Agar grunt namliging bu chegaradagi namlikdan oshira borsak, u plastik
holatga o’tib, kuch ta’siridagi mustahkamligini yo’qotadi. Gruntning juvalash
(plastiklikning quyi) chegarasini aniqlash uchun oquvchanlik chegarasini
aniqlashdan qolgan hamirdan diametri 10 sm bo’lgan sharlar yasab, uni mumli
qog’ozda sekin-asta jo’valanadi. Juvalanish natijasida hosil bo’lgan
tasmachalarning diametri 3 mm ga yetganda ular bo’lina boshlaydi. Uvalangan
bo’laklar yig’ilib, byuksga solinadi va grunt namligi aniqlanadi. Bu namlik
juvalash chegarasidagi namlik bo’ladi. Gruntning oquvchanlik chegarasidagi va
juvalash chegarasidagi namligidagi farqiga (ayirmasiga) qarab, uning plastiklik
soni (J
p
) aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |