Xalqaro Farm akopeya (dori tayyorlash, tekshirish saqlash va
bemorlarga yozib berishga oid qoidalar to'plam i) xalqaro standart -
larning asosini tashkil qiladi. Ushbu standartlar BSST(VOZ)
nizomiga muvofiq BSSTga a ’zo mamlakatlar tom onidan qabul
qilinishiga qulaydir. Milliy farmakopeyalar asosan qimmat turadigan
asbob-uskunalar va yuqori malakali xodimlami talab qiladigan
murakkab tahlil usullariga tayanadi. Shu bois ularning iqtisodi
yetarlicha rivojlanmagan mamlakatlar uchun maqbul emas. Xalqaro
farmakopeya usullari oddiy va kam xarajatlidir.
Shunday qilib, Xalqaro Farmakopeya ayrim keng qo‘llaniladi-
gan milliy va mintaqaviy Farmakopeyalarning muqobilini o‘zida
mujassamlantiradi. Uning asosiy maqsadi klassik uslublar negizida
sifatning ishonchli standartlarini tak lif qilib, rivojlanayotgan
m amlakatlam ing ehtiyojlariga moslashishdan iboratdir.
1-jadval
Texnik qo‘m italar tomonidan xalqaro
standartlaraing ishlab chiqilishi bo‘yicha
m a’lum otlar
X alqaro texnik
Q o'm italar
S tandartning yo'nalishi
Т К /М Э К 62
Elektr-tibbiyot uskunalari
T K /IS O
76
Q on quyish bo'yicha tizim lar
TK /1SO
84
Tibbiy ignalar, inyeksiyalar uchun shprislar
T K /IS O
106
Tish davolash ishi
T K /IS O
121
N arkoz-nafas apparaturasi
T K /IS O
150
Jarroh lik uchun im p lan tan tlar
T K /IS O
168
Protez-ortopediya buyumlari
T K /IS O
170
Jarrohlik asboblari
T K /IS O
172
Optika buyumlari va
optik asboblar
T K /IS O
173
N ogironlam i reabilitatsiya qilish vositalari
T K /IS O 194
Tibbiy buyum lam i sterilizatsiya qilish
T K /IS O 210
Tibbiyot sanoatida sifat tizimi
T K /IS O
212
Klinik laboratoriya tadqiqotlari va in vitro
tashxis test-tizim lari
46
Boshqa standart, bu —
Yevropa Farmakopeyasi
bo‘lib, u
1964-yilda Yevropa Kengashi (E C —ruscha) nomidan tatbiq
etilgan. Yevropa Kengashining direktivasiga binoan (20.05.1975)
Yevropa farmakopeyasining monografiyalari savdo litsenziyasi
uchun hujjatlami tuzishda (ya’ni, dori vositalarni ro‘yxatga olish)
majburiy hisoblanadi. Yevropa Farmakopeyasining maqsadi —
jam oatchilik salomatligini saqlashda dori preparatlar sifatini
kafolatlovchi ijtimoiy standartlarni ta ’minlashga ko‘maklashishdan
iborat.
Milliy Farmakopeyalar birinchi b o ‘lib, Yevropa davlatlarida
yaratilgan edi: P ru ssiy ad a(1 7 8 9 -y .), A vstriyada (1 8 1 2 -y .),
Fransiyada (1818-y.), Britaniyada (1864-y.), Germaniyada (1872),
shuningdek AQSH (1820-y.).
2001 -yilda Ukraina SogMiqni saqlash vazirligi tom onidan
Ukrainaning Yevropa Farmakopeyasi bilan uyg‘unlashtirilgan
Davlat Farmakopeyasining 1-nashri amalga kiritildi.
Rossiya Federatsiyasi davlat farmakopeyasining 12-nashrini
bosmadan chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. M D H ning 12 ta
davlatida milliy farmakopeyani yaratish murakkab muammo. Lekin
bu muammo dolzarb va zamonaviy. M DH davlatlari-qatnashchi-
larining dori vositalari, tibbiy buyum lar va tibbiy texnikani
standartlash, ro‘yxatga olish va sifatini nazorat qilish bo ‘yicha
Davlatlararo majlisi (2002-yil, may) da M DH farmakopeyasini
yaratish bo ‘yicha ishlarni tashkil qilish to ‘g‘risida qaror qabul
qilindi.
Oxirgi m a’lumotlarga ko‘ra, Belorussiya davlatining Yevropa
Farmakopeyasi bilan uyg‘unlashtirilgan Milliy Farmakopeyasi
2007-yilning 1-yanvaridan joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: