Optik asboblar va ularning qo’llanilishi



Download 3,45 Mb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#211415
  1   2   3
Bog'liq
физика-9


Mavzu: Optik asboblar va ularning qo’llanilishi.

1. Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni optik asboblar bilan tanishtirish, optik asboblar bilan tanishtirish, optik asboblarning tuzulishini tushuntirish, optik asboblarni texnika va turmushda qo’llanilishini haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad.

Kndalik va aqliy mehnatda ijodiy mustaqillik fikr yuritishga o’rgatish hyar bir o’quvchiga shaxsiy qadr qimmatni vujudga keltirish o’z kuchiga va qobiliyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash , guruhlarda o’zaro hamkorlikda ishlashga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarni lupa, fotoapparat, mikroskop mavzusi bo’yicha bilim ko’nikma, malakalarani shakllantirish, mustahkamlash va ular ongida rivojlantirish.

Darsning jihozi:

Yangi va oldingi mavzuni o’z ichiga olgan savollar to’plami kodoskop, darslik, lupa, fotoapparat, mikroskop, linzalar, tok manbai ekran, qalam, 1 stakan suv, disk, ekran, kompyuter texnikasi.

O’quvchilar 3 guruhga bo’linadilar, har bir guruh sardor tayinlanib guruhlarga fizik asboblar lupa, fotoapparat, mikroskop deb nomlanadi, har bir guruh nomiga ta’rif beriladi.

Darsning qoidalari:

1. Mantiqli va asosli fikrlar bildirish.

2. Bir fikrni qayta takrorlamaslik.

3.O’zaro hurmat.

4.Guruhlarga rag’bat va jarimalarni berish.

5. Qoida buzganlarga jarima tayinlash.

Asosiy atama va tushunchalar.


  • Lupa.

  • Fotoapparat.

  • Mikroskop.

Dars turi: Yangi bilim berish.

Darsning usuli ,,Aqliy hujumi”, Kichik ma’ruza.

Reja:

1.Fizika fanining jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati.



2.Maqollarda fizikaviy mazmun bormi.

3.Fizikaga oid topishmoqlar.

4.Optik asboblar bahsi.

5.O’zing bajar.

6.Savol va topshiriqlar.

7.Sinkveyn.

8.O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.

9.Uyga vazifa.

Darsning borishi.

Darsning tashkil etilishi.

a) sinfga kirishda o’quvchilar tayyorlangan emblemalarini oladilar va borib joylariga o’tiradilar.

b)Salomlashish va davomatni aniqlash.

c)o’quvchilarni darsga hozirligi tekshirish.

Darsni o’quvchilarimiz Muhammad (S.a.v) ning muborak hadislaridan biridagi quyidagi so’zlar bilan boshlaydi va o’quvchilarni ilm-ma’rifatga dav’at etadi.

,,Ilm ma’rifat kalitidir’’

,,Ilm sahroda do’st”, hayot chorrahalarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh baxtsiz damlarda rahnamo,qayg’u damlarda madadkor odamlar orasida zebu-ziynat dushmanga qarshi kurashda – quroldir.

1.Fizika fanining ahamiyatiga o’quvchilar she’riy tavsif berdilar

1- O’quvchi:

Ilm fan mehrin topishda, muddaosan fizikam

Mo’jizot sehrin ochishda rahnamosan fizikam

2-Oquvchi:

Olimu fozillaring qonun yaratdi o’rganib

Tekshirib tatbiq qilishda mahliyosan fizikam.

3- Oquvchi:

Har kuni har yerda o’zgarishlar bor ko’rib,

So’zlasharmiz, kuylasharmiz oshnosan fizikam.

4- O’quvchi:

Texnika qudrat mador mehnat zafarla iftixor

Texnika yo’lin ochib mehri ziyosan fizikam.

Fizika fani turmush va hayotda qanday ahamiyatga ega.?

O’quvchi: Ota bobolarimizning ertaklarda so’zlab kelgan orzu hayollari endilikda fizika fani tufayli haqiqatga aylanganligini aytib qishloq ho’jaligi, zavod-fabrikalar,uy-ro’zg’or ishlari,avtomatlashtirilganligini, kosmonavtika,televideniy, tibbiyot, ,,UZL”, ,,Lazer”, ,,Rentgen”, ,,Endoskopiya”, aparatlari vujudga kelganini aytadilar shuningdek o’quvchilar Amerika NASAA astronomlarining aytishlaricha bizning galaktikamizda hozirgi kunda yulduzlar atrofida 50 mlrd sayyora bo’lib, 500 mingtasida hayot borligini, 16-18.02.2011 yil kunlari atmosferda quyosh shamollari yerga yetib kelayotganligi tufayli turli geofizik hodisalarning jumladan ,,Magnit’’ bo’ronlarining kelib chiqishi sodir bo’ladi. Bunda ionasferaning ionlashishi ortadi natijada turli epidemik kasalliklar keng tarqalishi ,vabo, difteriya,qaytarma tif, bo’g’ma kasalliklar rivojlanadi, virusli miya shamollashi miokard-infarkt, asab sistemasi normal faoliyati vaqtincha buzilishlariga sabab bo’ladi.Yerda iqlim sharoitini o’zgarishiga, o’simliklarda ham o’z aksini topadi.

Navbat fizik topishmoqlarga keldi.

Egrining soyasi ham egri.

Yorug’lik to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi shuning uchun daraxt egri. O’sgan bo’lsa, uning soyasi ham egri bo’ladi .

Tarbiyasi mukammal shaxs hech qachon yomonlik qilmaydi.Tarbiyad qing’ir-qiyshiqlik bo’lsa, bola egri yo’lga kiradi, demak hamisha yo’ldan adashmaslikka da’vat etiladi.

Oy suluvi nur

Oy Quyoshdan kelayotgan nurni kunduzi yutib kechqurun shu nurni chiqaradi va ko’rkam bo’lib ko’rinadi.

Fizikaga oid topishmoqlar:

O’quvchilar topishmoqlar aytadilar.

1) Chopsam chopilmaydi, kessam kesilmaydi.

2) Kunduz kuni ko’rarsan, birga yurar sen bilan tunda esa ko’rinmas bilmam ketdi kim bilan. (soya).

Yorug’likning to’gri chiziq bo’ylab tarqalishida, soya hosil bo’ladi.

3)Oqmas suvda o’zingni ko’r (ko’zgu).

O’tilgan mavzuni so’rash.

Guruh sardorlari o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan sa vol va topshiriqlarni tanlaydilar.

O’zing bajar:

1- Guruh

Yorug’likning qaytish qonuni.

O’quvchi yorug’lik manbai yassi ko’zgu va disk yordamida yorug’likning qaytishini namoyish qilib, yorug’likning qaytish qonuni aytib beradi.Tushgan nur, qaytgan nur va tushish nuqtasiga o’tkazilgan perpendikulyar bir to’g’ri chiziqda yotadi. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng < tushish burchagi qaytish burchagi .

2- Guruh


Yorug’likning sinish qonuni.

Yorug’likning sinish qonuni o’quvchi bir stakan suv, bir varaq oq qog’oz va qalam yordamida, qalamni suvga solib, tagiga oq qog’ozni qo’yib sinish qonunini namoyish etadi.O’quvchi sinish qonunini ifodalaydi.Tushgan nur singan nur va ikki muhit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o’tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan 2 minut uchun o’zgarmas kattalik.



= .

3- Guruh

Linzada tasvir hosil qilish.

1) d>2F tasvir kichiklashgan K<1

2) d=2F tasvir o’zgarmaydi K=1

3) F1 tasvir hosil bo’lmaydi

4) d=F tasvir hosil bo’lmaydi

5) Sochuvchi linzada ham tasvir hosil bo’lmaydi (mavhum).

Navbat optik asboblar bahsiga keldi.

Lupa.


Men hammadan baland ustun turaman.

O’z burchimga doim sodiq qolaman

Ko’rish burchagini kattalshtirib beraman

Yorug’likni qabul qilib olaman.

Fotoapparat

Hamma maqtar bo’lsa agar o’zini

Endi tinglang fotoapparat so’zini

Fotoplastinka, fotoplyonka, fotoqog’ozim orasida obyektiv bor

Kamera barqaror

Zarur surat hosil qilish maqsadim

Tasvirlarni to’plash odatim.

Mikroskop.

Do’stlar, janjal, ko’tarmanglar, qizishmanglar,

Shovqin solib sukunatim buzishmanglar

Linzalarsiz , obyektivsiz, okulyarsiz

Bunday zarur qismlarsiz hech mahal

Mikroskop bo’larmidi abad- azal

Mikroskop bo’lishingiz uchun

Sizlarga yorug’likni tushurish kerak.

Tezkor savollar.

1.Linza deb nimaga aytiladi.

Bir yoki ikki tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jism linza deyiladi.

2.Bosh optik o’q deb nimaga aytiladi.

Sferalarning va markazlaridan o’tuvchi to’g’ri chiziq bosh optik o’q deyiladi.

3.Linzaning fokus masofasi deb nimaga aytiladi.

Linza markazidan fokusigacha bo’lgan masofaga Fokus masofa deyiladi.

4.Qavariq linzala bilan botiq linzaning farqi nima.

Qavariq linza nurni yig’adi botiq linza nurni sochadi.

5.Linza formulasi.

6. Optik kuchi formulasi.



7.Optik kuchining birligi.

1 diopteriya.

8.Tushish burchagi 30 qaytish burchagi qancha.

30

9.Qaytish burchagi 45 tushish burchagi qancha. 45

10.Tarqoq qaytish qachon qaytish sodir bo’ladi.

Sirt g’adr- buduir bo’lganda.

11. Ko’zgusimon qaytish nima.

Sirt yetarlicha sillliq bo’lsa.

12.Qachon tasvir hosil bo’lmaydi.

Buyum fokus bilan linza orasida bo’lganda.

13.Qaysi hollarda tasvir kattalashgan to’nkarilgan bo’ladi.

Buyum 2F dan kichik bo’lganda va 1F dan katta bo’lganda.

14.Qaysi hollarda tasvir kichiklashgan( to’nkarilgan) bo’ladi.

Buyum ikki fokusdan tashqarida joylashganda.

15. Qaysi holda tasvir to’nkarilgan buyunga teng bo’ladi.

Buyum linzaning ikkilangan fokusida turganda.

Yangi mavzuning bayoni.

Lupa

Ko'zimizning eng yaxshi ko'rish masoiasi d0 = 25 sm atrofida bo'ladi. Aytaylik, AB buyum sirlidagi juda mayda narsalarni ko'zdan kechirmoqchimiz. Masofa d0 dan kamayganda ko'zimiz buyumdagi mayda narsalarni ilg'ay olmaydi.

D0> masofada ko'zimizning AB buyumni ko'rish burchagi a ga teng bo'lsin (64- a rasm). AB buyumni ko'zga juda yaqin keltirsak, ko'rish burcliagi a' ga teng bo'ladi (64- b rasm). Lekin bu holda buyum sirlidagi mayda narsalar «chaplasiiib» kelgandek ko'rinadi.

Buyum bilan ko'zimiz orasiga lupa qo'ysak, Д> masofada AB buyumning kattalashgan A 'B ' tasviri ko'rinadi (64- Jrasm). Tasvirda buyum sirtidagi mayda narsalar ham kattalashgan holda ko'rinadi. Bunday holat uchun lupaning kaltalashtirishi^




Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish