Z. O. Nazarova farm atsevtika fan lari d o k to ri, professor


Sifatni  nazorat  qilish  va  G M P  qoidalari



Download 5,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/536
Sana31.12.2021
Hajmi5,95 Mb.
#279482
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   536
Bog'liq
pdffox.com tibbiyot-tovarshunosligi

Sifatni  nazorat  qilish  va  G M P  qoidalari
Farmatsevtika  va  tibbiyot  m ahsulotlari  sifatini  davlat  tizimi 
tomonidan nazorat qilishda Butunjahon sogMiqni saqlash tashkiloti 
tavsiya  etgan  “ Z aruriy  ishlab  chiqarish  am aliyoti  ( G M P ) ” , 
“Zaruriy laboratoriya amaliyoti  (G IP )” ,  “Zaruriy klinik amaliyoti 
(G C P )”  kabi  xalqaro talablar amaliyotga tatbiq  etilmoqda.
47


G M P —  mahsulotning o 'z vazifasi tegishli va savdo litsenziyasi 
talab qiladigan sifat standartlari asosida doimiy ishlab chiqariladigan 
va nazorat qilinadigan, kafolatlangan sifatni ta ’minlash qismi. G M P 
birinchi  navbatda,  tayyor  m ahsulotning  nazoratdagi  to ‘plamini 
sinash  vositasida  to'liq  bartaraf  etish  m um kin  bo'lm agan,  har 
qanday farmatsevtik ishlab chiqarishga xos bo'lgan tavakkalchilikni 
kamaytirishga qaratilgan.
G M Pning birinchi qoidalari  1963-yili AQShda qabul qilingan 
b o 'lib ,  hozirgi  vaqtda  40  dan  ortiq   m am lakatlarda  ulardan 
foydalanilmoqda.  Yagona  qoidalardan  tashqari,  “ Farmatsevtik 
n a zo rat  to 'g 'r is i d a   B itim ”  (G M P   P IC )  da  q a tn ash u v c h i 
m am lakatlarda  m ahalliy  G M P lar,  G M P   ASEAN  (Janubiy- 
Sharqiy  Osiyo  m am lakatlari  Assotsiatsiyasi  a ’zolari  uchun), 
shuningdek  BSST  (Butunjahon  sog'liqni  saqlash  tashkilotining 
Xalqaro qoidalari) GMRga asoslangan xalqaro savdoda farmatsevtik 
m ahsulotlam i  sertifikatlash  tizim ini  tan  olgan  va  ularga  rioya 
qilmoqda.
Sifatni  nazorat  qilish  nam unalam i  tanlash,  ixtisoslashtirish 
va  s in o v la r  o 'tk a z is h ,  s h u n in g d e k   m a h s u lo tn i  s o tis h g a  
rasmiylashtirish va ruxsatlar berish  ishlari,  sotishni tashkil  qilishga 
bog'liq  qismdir.  Sifatni  nazorat  qilish  m ahsulot  sifatiga  tegishli 
barcha qarorlarni qabul qilishga jalb etilishi lozim.  Shunday qilib, 
sifatni  nazorat  qilish  e’tibom i  pirovard  statsionar  ustuvorliklami 
nazorat qilishga emas, tibbiy buyumlaming sifatini shakllantiruvchi 
barcha jarayonlam i tartibga solishga jamlanishi kerak.
Yuqorida bayon etilgan barcha xulosalami yakunlab,  alohida 
qayd  etish  lozimki,  sifatni  nazorat  qilish,  o 'z  navbatida,  sifatni 
boshqarish  tizim ining  tarkibiy  qismi  bo'libgina  qolmay,  sifatni 
ta ’minlash  tizimini  shakllantiruvchi  G M P   qoidalarining tarkibiy 
qismi  hisoblanadi.
ISO  9000  oilasiga  mansub  Xalqaro  standartlar  sifat  m enej- 
m enti  tizim i  sifatida  o 'tg an   asrning  60—70-yillarida  sifatni 
boshqarish  tizimlarini  reglamentlash  va  boshqa  m am lakatlarda 
amalga  oshirilgan  ishlanmalar  negizida  G M P  qoidalaridan  keyinroq 
yamtila boshlandi. ISO standaitlarining qo'llanilish sohasi iqtisodiyotning 
barcha  tarm oqlarini,  ishlab  chiqarish  va  xizmatlami  o 'z  ichiga
48


oladi.  ISO  9000  ning  dastlabki  varianti  Xalqaro  standartlash 
tashkiloti  tom onidan  1987-yilda  tayyorlangan,  ikkinchisi  1994- 
yilda chop etilgan,  uchinchisi  2000-yilda chiqqan va quyidagilarni 
qamrab oladi:
—  standart  ISO  9000  sifat  m enejm enti  tizimlarining  asosiy 
qoidalarini ta ’riflaydi va atamalarni belgilaydi;
—  standart  ISO  9000  tashkilotga  iste’molchilar  talablari  va 
majburiy  talablarga  javob  beradigan  va  iste’molchilar  talabini 
qondirishni  oshirishga  qaratilgan  o ‘z  qobiliyatini  kamaytirish 
zarurati tug‘ilgan  hollarda  sifat  m enejm enti  tizimlariga talablami 
aniqlaydi;
—  s ta n d a rt  ISO   9000  —  sifat  m e n e jm e n ti  tiz im la ri 
samaradorligini  natijadorlik sifatida qaraydigan  tavsiyalar mazkur 
standartning maqsadi tashkilot faoliyatini yaxshilash,  iste’molchilar 
va boshqa  m anfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini qondirish;
—  standart  ISO  9000  —  audit  o ‘tkazish  va  atrof-m uhitni 
muhofaza  qilish b o ‘yicha uslubiy ko'rsatm a.
G M P  va  ISO  o ‘rtasidagi  asosiy tafovutlar:
—  G M P   qoidalari  G M P ,  G S P ,  G P P   bilan  ham korlikda 
ishlaydigan,  sifatni  boshqarish  tizim ining  bir  qismi  bo‘lib,  ISO 
9000  —  iqtisodiyot  (ishlab  chiqarish,  savdo  va  shu  kabilar)ning 
barcha sohalarida sifat  menejmentining yaxlit universal tizimi;
—  G M P   qoidalari  faqat  dori  vositalarni  ishlab  chiqarishga 
taalluqli  b o ‘lib,  ISO  9000  esa  sanoatning  barcha  sohalari,  shu 
jumladan tibbiyot sohasida ham foydalaniladi.
ISO standartlari tavsiya xususiyatiga ega va ulami korxonalarga 
joriy etish  rahbariyatning ko‘ngilli  qaroriga bog‘liq  hamda avvalo, 
ishlab  chiqargan  mahsulotining  raqobatbardoshligini  oshirishga 
xizmat qiladi.

Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   536




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish