Kasbni tasvirlash – mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarida muayyan kasbni texnologiya va psixologik jihatidan tasvirlashdan iborat tekshirish metodi.
Kasb kasalligi – muayyan kasb sohasidagi psixik yoki shu kasbning ko‘pchilik vakillariga xos bo‘lgan kasallik.
Kasb tanlashga yo‘llash – pedagoglar, psixologlar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi.
Kasbga tayyorgarlik – muayyan kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatini ta’minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat, xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga yega bo‘lishlik.
Kasbga layoqatlilik – shaxsning muayyan kasbga yaroqlilik darajasini ko‘rsatuvchi jismoniy va psixik sifatlar yig‘indisi.
Kasbga xos diqqat – ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va ob’ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |