Kasbga xos odatlar – ma’lum bir kasb vakillari uchun tipik hisoblangan odatlar.
Kasbda ishlashni to‘g‘ri tanlash- shaxsni muayyan kasbda ishlash uchun qabul qilishda uning shu kasbning ob’ektiv xususiyatlariga to‘g‘ri keladigan jismoniy va psixik sifatlarini hisobga olish.
Kasb – shaxsning jamiyat a’zosi sifatida yashash manbai bo‘lib xizmat qiladigan doimiy mashg‘ulot yoki faoliyat turi.
Kasb psixologiyasi – mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim.
Metod– tabiat hodisalarini tekshirish usuli, o‘rganilayotgan hodisalarga yondoshishda ilmiy bilishning va haqiqatni aniqlashning rejali yo‘li, harakat usuli va tartibi.
Malaka – ongli faoliyatni ko‘p takrorlanishi yoki ko‘p mashqlar natijasida avtomatlashgan harakatlar tizimi.