Irodasi bo‘shlik – shaxsning biror faoliyat turini bajarish uchun o‘zini majbur qila olmaslik yoki o‘z harakatlarini o‘z maqsadlariga bo‘ysundira olmaslikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Insoniylik – o‘zaro muomala va munosabatlarda insonga xos bo‘lgan barcha ijobiy fazilatlarga rioya qilishdan iborat xarakter xislati.
Irodaviy zo‘r berish – maqsadni amalga oshirish uchun ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni bartaraf qilishda namoyon bo‘ladigan nerv hamda iroda kuchi.
Kuchsiz tip – nerv tizimining arzimagan yoki minimal qo‘zg‘ovchilar ta’siriga ham bardosh bera olmasdan himoyaviy tormozlanishga o‘tishidan iborat sifat ko‘rsatkichi.
Kamtarlik – shaxsning atrofdagi kishilar bilan oddiy muomalada o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi, o‘zgalarni hurmat qilishi maqtanmasligi kabi bir qancha ijobiy sifatlar bilan belgilanadigan xarakter xislati.
Kuzatuvchanlik – shaxsning kuzata bilish qobiliyatidan iborat individual xislati.