Ixtisoslashgan mehnat – muayyan kasbga doir maxsus bilimlar ko‘nikmalar, malaka va madaniy odatlarning tarkib topishi hamda rivojlanishini talab qiladigan mehnat.
Intizomsizlik – jamoat joylari mehnat o‘qish yoki oila jamoasining tartib qoidalariga tizimli ravishda rioya qilmaslik yoki ularni buzishdan iborat salbiy xarakter xislati.
Ijtimoiy malakalar – ijtimoiy hayotda faol ishtirok yetish va jamoa orasida o‘zini tuta bilish malakalari.
Iste’dod – inson qobiliyatlari taraqqiyotining yeng yuksak darajasini ta’minlovchi tug‘ma tabiiy imkoniyatlar yig‘indisi.