Motivlar kurashi – shaxsning oldida bir yemas bir qancha maqsadlar mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan yeng muhimini tanlab olish jarayonida ro‘y beradigan ikkilanishdan iborat holat.
Muhandislik psixologiyasi – psixologiyaning texnika moslamalari bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirni tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
Malakalarning regressi – ma’lum bir faoliyat sohasida hosil qilingan malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.
Mutaxassis – shaxsning muayyan kasbga nisbatan yaroqlilik darajasi, tayyorgarlik saviyasi, muayyan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlay olish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi.