Maqsadga intiluvchanlik – shaxsning o‘z xatti-harakatlarini barqaror hayotiy maqsadlarga bo‘ysundira olishida, maqsad yo‘lida hamisha tayyor, qat’iy bo‘lishida ifodalanadigan xarakter xislati.
Odamovilik – odamlaraga qo‘shilmay, ko‘pchilik yoqtirmay, yakka holda yashashni afzal ko‘rishdan iborat salbiy xarakter xislati.
Odat – kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning funksional yehtiyojiga aylanib ketgan harakatlardan iborat individual xislati.
Osoyishta tip – nerv tizimining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari teng hamda o‘rtacha kuchga yega bo‘lgan tipi.
Passivlik – atrofdagi narsa va hodisalarga, kishilarga nisbatan befarq munosabatda bo‘lishdan va jismoniy yoki psixik faoliyatsizlikdan iborat holat.
Do'stlaringiz bilan baham: |