55
bo‘ladigan bunday ruhiy holatlar voqealikda sodir etilgan hodisalar
ta’siri natijasidir. Bu esa, o‘z navbatida, xodimning o‘ziga xos
individual psixologik xususiyatlarini bildiradi va u haqidagi
birlamchi tasavvurlarni bilishga yordam beradi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» atamalari bir
xil ma’noda ishlatiladi. Lekin ularni aynan bir xil holat deb
tushunish noto‘g‘ridir. Odatda, tashqi
alomatlari yaqqol namoyon
bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan
iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb
atash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuz-
larning tabassumi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi,
yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima
va boshqalar emotsiyaning
ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon,
mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya
tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hisoblanadi. Ularning eng muhim farqi
shundaki, biri (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual,
xususiy ahamiyat kasb etadi.
Shu ma’noda hissiyot shaxs
hayotiy faoliyatining muhim
jabhasi bo‘lib, inson emotsional holatining rang-barangligi, ko‘p
qirraligini bildiradi. Hissiy ton (tus) (yunoncha «tonos» – zo‘riqish,
urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha «emovere»
– qo‘zg‘atish, hayajonlash demak), affektlar (lotincha
«affectus» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi),
stress (inglizcha «stress» – zo‘riqish degani), frustratsiya
(
frustratsion
– rejalarning barbod bo‘lishi, maqsadga erisha
olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.
Kishi idrok etishi,
xotirlash, xayol surish va fikrlash
jarayonlarida faqat voqealikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki
bu narsalarga qaysidir ma’noda munosabat bildiradi, ularga nisbatan
u yoki bu tarzda hissiyotlar paydo bo‘ladi.
Hissiyot
– kishining hayotida yuz berayotgan voqealarga yoki
nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli shaklda
bildiradigan ichki munosabati.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil
o‘ziga xos kechinmalarni: emotsiya, affekt (hissiy bo‘ronlar),
56
kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress) holatlarini va his- tuyg‘ularni
hosil qiladi.
Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning o‘ziga xos
ko‘rinish sifatida faqat emotsional shaklda vujudga keladi. Shu
o‘rinda hissiyot o‘zicha emas,
balki bilishga intilayotgan, uni
egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi
narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xususiyati
ma’nosida gavdalanadi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ko‘rish,
eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli
hissiyot muhim ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi,
transport vositalarining rangi taassurotidan
vujudga kelgan yoqimli
yoki yoqimsiz hissiyot mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning
kayfiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xotirjamlik, yoqimli musiqa,
shaxslararo iliq munosabatlar, muomala,
ahillik muvaffaqiyat
kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi.
Emotsiya.
Emotsional jarayonlar, holatlar yoki qisqacha aytganda,
emotsiya hissiy kechinmalarning o‘ziga xos shakllaridan biri.
Emotsiya u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi
(kechishi) jarayonidan iborat. Masalan, shaxs tomonidan musiqani
sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani
eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno aytish, undan hayajonlanish yoki
asar ijrosi yoqmasa, g‘azabli hissiy kechinma hosil bo‘lishi ijobiy
yoxud salbiy emotsiya deyiladi. Qo‘rqinch,
dahshat hissiy kechinma
sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha
shaklda namoyon bo‘lishi mumkin: odam dahshatdan qochadi,
qo‘rquvdan serrayib qoladi, o‘zini idora qila olmay har tomonga uradi,
hatto, xavf-xatarga ham o‘zini tashlashi mumkin.
Ba’zi holatlarda emotsiya ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. U
xatti-harakatga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan kuch
bo‘lib, shijoatni oshirib yuboradi va bu holat
Do'stlaringiz bilan baham: