216
TEXNIK QOBILIYATLARNI ANIQLASH TESTI
Yo‘riqnoma
: Hurmatli respondent, sizga taqdim etilayotgan
testda to‘g‘ri va noto‘g‘ri, shaxsning yaxshi yoki yomon xislatlarini
ifodalovchi mulohazalar mavjud emas. Keltirilgan 75 juft
mulohazalarni quyidagi ball tizimi bo‘yicha baholang: (-2;-1;0;1;2).
Birinchi juftlikni o‘qing va ikkala muqobil mulohazalardan
o‘zingizga ko‘proq ma’qul kelganini aniqlang. Agar siz tanlagan
mulohaza baholash shkalasining chap tomonida bo‘lsa, bu
mulohazani belgilash uchun “-2” yoki “-1” qiymatlardan foyda-
laning. Mabodo o‘ng tomondagi mulohazalarni ma’qul bilsangiz uni
“2” yoki “1” qiymatlar bilan baholang. “-2” yoki “2” agar
mulohazalar kuchli namoyon bo‘lganda baholanadi. Agar kuchsiz
ifodalanganda esa “-1” yoki “1” qiymatlardan foydalaniladi. Agar
hech bir mulohaza yoqmasa yoki mulohazalar teng kuch bo‘lsa, u
holda “0” bilan baholang. Birinchi mulohazalar bo‘yicha tanlangan
qiymat javoblar varaqasining 1 raqamli chap yacheykasiga
belgilanadi. Barcha mulohazalar bo‘yicha qiymatlar shu tarzda mos
tartib raqamiga ko‘ra chap yacheykasiga yozib boriladi.
Menga jismoniy
tarbiya bilan
shug‘ullanish yoqadi
-
2
-
1
0 1 2 Menga jismoniy
tarbiya bilan
shug‘ullanish
yoqmaydi
Odamlar meni
xayrixoh va rahmdil
odam deb
hisoblaydilar
-
2
-
1
0 1 2 Ayrim kishilar meni
iltifotsiz va
bag‘ritosh deb
hisoblaydilar
Men hamma narsada
tozalik
va batartib-
lilikni yoqtiraman
-
2
-
1
0 1 2 Ba’zan o‘zimni
palapartish tutaman
Meni tez-tez nimadir
yuz berishi
mumkinligi bezovta
qiladi
-
2
-
1
0 1 2 Meni “hayotning
ikir-chikirlari”
bezovtalantirmaydi
217
Barcha yangi
narsalarga qiziqaman
-
2
-
1
0 1 2 Ko‘pincha yangi
narsalar meni
asabiylashtiradi
Agar men biror narsa
bilan mashg‘ul
bo‘lmasam,
bezovtalanaman
-
2
-
1
0 1 2 Men vazmin odam
bo‘lganligim sababli
hovliqib harakat
qilishni yoqtir-
mayman
Men barcha
odamlarga do‘stona
munosabatda
bo‘lishga harakat
qilaman
-
2
-
1
0 1 2 Men har doim va
hamma bilan ham
samimiy munosabat-
da bo‘la olmayman
Mening xonam doimo
saranjom-sarishta
-
2
-
1
0 1 2
Men tozalik va
tartibga rioya
qilavermayman
Men ba’zan
arzimagan narsalarga
asabiylashaman
-
2
-
1
0 1 2 Men mayda-chuyda
muammolarga
e’tibor bermayman
Menga kutilmagan
narsalar yoqadi
-
2
-
1
0 1 2 Men voqea-hodisa-
larni bashorat
qilishni yoqtiraman
Men uzoq vaqt hara-
katsiz qola olmayman
-
2
-
1
0 1 2 Menga shijoatli tur-
mush tarzi yoqmaydi
Men boshqalar bilan
xushmuomala
munosabatda
bo‘laman
-
2
-
1
0 1 2 Ba’zan hazillashib
boshqalarning nafso-
niyatiga tegib
qo‘yaman
Men hamma narsada
rejali va batartibman
-
2
-
1
0 1 2
Men unchalik
mas’uliyatli
emasman
Men nozik ta’b va
jizzakiman
-
2
-
1
0 1 2 Men kamdan-kam
bezovtalanaman va
biror narsadan
qo‘rqaman
218
Javobi oldindan aniq
bo‘lgan narsalar men
uchun qiziqarli emas
-
2
-
1
0 1 2 Menga tushunarsiz
bo‘lgan narsalarga
qiziqmayman
Boshqalar mening
bo‘yruqlarimni tez
bajarishlarini
yoqtiraman
-
2
-
1
0 1 2 Boshqalarning
bo‘yruqlarini
shoshmasdan
bajaraman
Men murosakor va
yon berishga moyil
odamman
-
2
-
1
0 1 2 Atrofdagilar bilan
bahslashishni
yoqtiraman
Murakkab vazifalarni
yechishda
qat’iyatliman
-
2
-
1
0 1 2 Men unchalik
sabotli odam
emasman
Murakkab
vaziyatlarda butunlay
zo‘riqishda bo‘laman
-
2
-
1
0 1 2
Har qanday vaziyat-
da ham o‘zimni
erkin tutaman
Mening tasavvurlarim
juda jonli
-
2
-
1
0 1 2 Men har doim
olamga real ko‘z
bilan qarashni afzal
bilaman
Menga tez-tez yetak-
chi bo‘lish, tashabbus
ko‘rsatishga to‘g‘ri
keladi
-
2
-
1
0 1 2 Menda yetakchilik-
dan ko‘ra butunlay
tobelik ustun
Men doimo boshqa-
larga yordam berish
va mushkullariga she-
rik bo‘lishga tayyor-
man
-
2
-
1
0 1 2 Har bir kishi o‘z -
o‘ziga g‘amxo‘rlik
ko‘rsata olishi kerak
Barcha yumushlarda
juda tirishqoqman
-
2
-
1
0 1 2
Men ishda unchalik
g‘ayrat ko‘rsatmay-
man
Mening kayfiyatim
tez-tez ko‘tarilib va
tushib turadi
-
2
-
1
0 1 2 Men odatda bir xil
kayfiyatda bo‘laman
223
GLOSSARIY
Motivlar kurashi
– shaxsning oldida bir emas bir qancha
maqsadlar mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan eng muhimini tanlab
olish jarayonida ro‘y beradigan ikkilanishdan iborat holat.
Faoliyat
– inson hayoti uning voqelikka nisbatan faol
munosabatning ro‘yobga chiqish shakli.
Intizomlilik
– muayyan jamoaning barcha a’zolari uchun
majbur bo‘lgan qat’iy tartib va xulq-atvor qoidalariga tizimli
ravishda rioya qilishdan iborat bo‘lgan ijobiy xarakter xislati.
Quvnoqlik
– shaxsning atrofidagi kishilarga nisbatan ijobiy
munosabatida ifodalanadigan ijobiy-optimistik kayfiyatidan iborat
emotsional holati yoki xarakter xislati.
Hasadgo‘ylik
– o‘zga shaxslarning mavqei qobiliyati,
iste’dodi,
faoliyatidagi yutuqlari, mulki kabilarga nisbatan
g‘arazgo‘ylik munosabatida ifodalanadigan salbiy xarakter xislat.
Zehn
– shaxsning maxsus qobiliyatlarining tarkib topishi va
rivojlanishi
uchun
asos
bo‘ladigan
anatomik-fiziologik
imkoniyatlari tug‘ma iste’dod nishonalari.
Odamovilik
– odamlaraga qo‘shilmay, ko‘pchilik yoqtirmay,
yakka holda yashashni afzal ko‘rishdan iborat salbiy xarakter xislati.
Uyatchanlik
– asossiz tortinchoqlikda ifodalanadigan xarakter
xislati.
Bilim
– shaxsning bilish faoliyati mahsuli, tabiat, jamiyat va
inson tafakkuri hodisalari haqidagi to‘g‘ri tasavvur hamda
tushunchalar tizimidan iborat ong mazmuni.
Tantiqlik
– arzimagan narsalarga ham injiqlik qilaverishdan
iborat salbiy xarakter xislati.
Individualizm
– shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlaridan
yuqori qo‘yish, faqat o‘zining tor manfaatlarini ko‘zlab ish tutishda
ifodalanadigan salbiy xarakter xislati.
Individuallik
– har bir tirik mavjudotning uni shu turdagi
boshqa mavjudotlardan farqlantiruvchi xususiyatlari yig‘indisi.
Individual xususiyatlar
– ma’lum bir shaxsning faqat o‘ziga
xos bo‘lgan xususiyatlari.
224
Individual tajriba
– har bir shaxsning o‘z hayoti davomida
orttirgan tajribasi.
Individual munosabat
– har bir
shaxsning aqliy madaniy va
bilim darajasini yoshlik hamda individual xususiyatlarini hisobga
olgan holda muomala-munosabatda bo‘lish.
Industrial
psixologiyasi
– mehnat psixologiyasining
psixologik omillarning sanoatdagi rolini o‘rganuvchi, psixolo-
giyaning qonuniyatlariga asoslanib, mehnat unumdorligini oshirish
masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
Inertlik
– faoliyatda sustkashlik ko‘rsatishdan iborat salbiy
xarakter xislati.
Muhandislik
psixologiyasi
– psixologiyaning texnika
moslamalari bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirni tekshirish bilan shug‘ullanuvchi
maxsus sohasi.
Qiziqish
– shaxsning muayyan narsa va hodisaga ega bo‘lish-
ga, bilishga faol va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati
yoki faoliyat motivi.
Do'stlaringiz bilan baham: