214
bildiradi. Ko‘rsatgichlarni sifatli baholash
uchun olingan koeffitsi-
yentlarni baholash bilan solishtirib chiqish kerak.
Kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarni baholash
shkalasi
Kk
Kt
Baho
Qobiliyatning
ifodalanish darajasi
0,10 - 0,45
0,46 - 0,55
0,56 - 0,65
0,66 - 0,75
0,76 - 1,00
0,20 - 0,55
0,56 - 0,65
0,66 - 0,70
0,71 - 0,80
0,81 - 1,00
1
2
3
4
5
Past
O‘rtadan past
O‘rtadan yuqori
Juda yuqori
Natijalarni tahlil qilishda parametrlarni ko‘zda tutish kerak:
1-baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik
qobiliyatlari past darajasi bilan ta’riflanadi.
2-baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik
qobiliyatlari o‘rtadan past ta’riflanadi.
Ular muloqotga intilash-
maydi, ya’ni guruhda (jamoada) o‘zlarini erkin tuta olmaydi, vaqtni
yolg‘iz o‘tkazishni afzal ko‘radi, o‘zlarini tanishuvlarini chegara-
lab qo‘yadi, odamlar bilan muloqot o‘rnatishga va auditoriya oldida
gapirishga qiynaladi, o‘z fikrini himoya qila olmaydi, ko‘p ishlarda
mustaqil qaror qabul qilishda o‘zlarini chetga tortishni afzal ko‘radi.
3-baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilot-
chilik qobiliyatlari o‘rta darajalik deb hisoblanadi. Ular odamlar
bilan muloqot o‘rnatishga
intiladi, o‘zlarini tanishuvlarini chega-
ralamaydi, o‘z fikrini himoya qila oladi, ishlarini rejalaydi,
lekin
qobiliyatlarini yuqori turg‘unlik bilan ta’riflab rivojlantirish uchun
katta va jiddiy tarbiyaviy ishlar olib borish kerak.
4-baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik
qobiliyatlari yuqori darajalik deb hisoblanadi. Ular yangi vaziyat-
larda o‘zini yo‘qotmaydi, do‘stlarni tez topadi,
tanishuvlar daraja-
sini har doim kengaytirishga intilishadi, jamoat ishlari bilan shug‘ul-
lanadi, yaqinlari va do‘stlariga yordam beradi, jamoat tadbirlarini
215
tashkil qilishga qatnashadi, og‘ir vaziyatda
mustaqil qarorlar qabul
qila oladi.
5-baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik
qobiliyatlari juda ham yuqori darajali deb hisoblanadi. Ular muloqot
va tashkiliy faoliyatga katta ehtiyoj his etishadi, shunga faol
intilishadi, og‘ir vaziyatlarda tez yo‘l topa olishadi. Yangi jamoada
o‘zini erkin tutishadi,
tashabbuskor, muhim ishda yoki murakkab
vaziyatda mustaqil qaror qabul qilishni afzal ko‘radi, o‘z fikrini
himoya qila olishadi, do‘stlari ularning fikrlari bilan ish tutishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: