V.4-§. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni bog‘langan nutqni rivojlantirish bо‘yicha olib boriladigan ish turlari
Tilga o‘rgatishni kommunikativtizimi talablariga muvofiq kar bolalar maktabida barcha bosqichlarda o‘zida kommunikativ vazifani amalga oshiruvchi ish turlariga ko‘proq murojaat etish zarurdir. Avvalambor bu P.A.T. darslaridagi ish turlaridir. (ish haqida hisobot, reja, asboblar uchun bildirgi, voqealarni tasvirlash, xat, devoriy gazetaga maqola, ish qog‘ozlari ariza, bildirgi, avtobiografiya, e’lon yozish). Bu ish
138
turlariga o‘rgatish boshlang‘ich va o‘rta sinflarda amalga oshiriladi.
Predmet-amaliy ta’lim darslarida bog‘langan nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ish turlari. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bog‘langan nutqli rivojlantirish bajarilgan ish haqida hisobot tuzish, zaruriy material va asboblar uchun bildirgi yozish, bajariladigan faoliyat uchun reja tuzishga o‘rgatishni ko‘zda tutadi.
Har bir inson o‘z faoliyati davomida ariza, hisobot, ish rejasini, avtobiografiya, bildirgi va boshqalarni yozish zaruriyatiga duch keladi. Turli ish qog‘ozlarini to‘g‘ri to‘ldirish uchun tilning ish usulini xususiyatlarini, ish qog‘ozlari mazmunini va yozilish shaklini talab etiladi.
Kar bolalar maktabida ish usuli bilan tanishtirish amalda P.A.T. darslarida amalga oshiriladi u hech qanday nazariy ma’lumotlarsiz, bayonisiz amaliy jihatdan o‘tkaziladi.
Ish haqida hisobot P.A.T darslarida o‘quvchilar tizimli tarzda bajarilgan ish haqida hisobot berishadi. Shu bilan birga hisobot tuzish malakalarini o‘zlashtirib borish jarayonida hisobot tuzishga bo‘lgan talablar sekin-asta o‘sadi: hisobot hajmi oshadi, (qisqa yoki to‘liq) shakli murakkablashadi. O‘quvchilarning mustaqillik darajasi oshadi. Ta’limning boshlang‘ich bosqichlarida bolalar tayyorlangan predmetni bir so‘z bilan nomlashadi. Tayyorlov sinflarida so‘z boyligini o‘sishi bilan ular tayyorlangan predmetning tayyorlashni har bir bosqichi haqida hisobot bera boshlaydilar. Hisobot qismlarga bo‘linib, amalga oshiriladi. Bu ish ko‘rsatmalarni berishdan va ularni jadvalda ko‘rsatishdan boshlanadi. So‘ng o‘qituvchi predmetni tayyorlashni harakatlarni o‘zi ko‘rsatib beradi va ularni bajarishda hisobot berib o‘tadi. O‘quvchilar unga qarab aynan shu harakatlarni bajarishadi va ular ham hisobot berishadi. Bunda dars boshlangunga qadar doskada yozib qo‘yilgan yozuvlardan foydalanishadi: «Men oldim… Men uni ezdim… men uzib oldim…» O‘qituvchi o‘quvchilar keyingi bosqichga o‘tishlaridan avval oldingisini sharhlab berishlarini nazorat qiladi. Ular avval og‘zaki daktilda hisobot berishadi, so‘ng kesma alifbodan hisobot iboralari so‘zlarini terishadi, yozuvni o‘zlashtirib borishlariga ko‘ra daftarlarida hisobot yozishni boshlashadi.
Birinchi sinf o‘quvchilarini biror narsa tayyorlashda hisobotni murakkab usuliga o‘tishadi, - tayyorlash jarayoni haqida qismlarga bo‘lib emas, balki boshidan oxirigacha hisobot berishadi, to‘liq hisobot tuziladi. Bunda buyum tayyorlash jarayonini va jarayonni barcha bosqichlarini to‘liq eslab qolish zarur bo‘ladi. Shuningdek, jarayonlarni ma’lum izchillikda tasvirlab berish talab etiladi. Ikki, uchinchi sinflarda bolalar hisobotlarni hikoya tarzida yozadilar. Unda kim nima qilganligi va tuzilgan rejadan qanday chetga chiqishlar ko‘rsatilganligini yozishadi. Bu hisobotlarda bolani ishga nisbatan munosabati ifodalanadi, do‘stlari faoliyati baholanadi. Buyumlarni tayyorlash murakkablashishiga ko‘ra hisobot shakli ham o‘zgaradi. Agar buyum bir nechta darslarda yasalsa, tayyorlansa unda ishning so‘ngida o‘quvchilarga uning asosiy bosqichlari haqida qisqa hisobot yozishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Reja asosida yoyiq va qisqa hisobotlarni tuzish uchinchi sinfdan boshlab o‘tkaziladi.
Hisobot tuzishni usullari quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi:
139
yozma ko‘rsatmalar va tayanch so‘zlarga asosan;
tayyor buyum va har bir bosqich bo‘yicha ko‘rsatmalarga asosan;
tayanch so‘zlarga asosan;
buyum namunasiga o‘qituvchi tomonidan harakatlarni aytib turilishiga asosan;
buyumni tayyorlash rejasiga asosan.
Faoliyatni rejalashtirish bolalarni faollashtirish vositasi hisoblanadi, barcha o‘quv mashg‘ulotlarida ularni mustaqilligini oshiradi. Psixolog va metodistlarning fikrlariga ko‘ra rejalashtirish bilimlari bolalar nutqini va fikrlashini rivojlanishiga asos bo‘ladi, hamda ular rivojlanishidagi nuqsonlarini bartaraf etishda muhim vosita hisoblanadi.
Kar bolalar ilk bor «reja» tushunchasi bilan P.A.T. darslarida duch keladilar va o‘z faoliyatlarini rejasini tuzishni o‘rganadilar. Ular rejani mazmuni va shakli bilan, uning turlari, usullarining xususiyatlari bilan tanishadilar. Reja tuzish bo‘yicha ishni tashkil etish shakllari sekin-asta murakkablashib boradi, reja turlari ham o‘zgaradi. Kar bolalarni o‘qitishda uch tashkiliy shakl qo‘llaniladi: tayyor reja bo‘yicha ishlash, o‘qituvchi yordami bilan rejani jamoada tuzish va o‘quvchilar tomonidan mustaqil reja tuzish.
Birinchi sinfda o‘qituvchi tayyor rejani taklif etadi va undan foydalanishni, reja qismlariga mos barcha jarayonlarni bajarish, izchillikka qat’iy rioya etish va ishning qaysisini oldin bajarish lozimligini o‘rgatadi.
Bu mashg‘ulotlar davomida pedagog bolalarni «reja», «reja qsmlari» so‘zlarning ma’nosi bilan tanishtiradi. Bugun ular reja bo‘yicha ishlashlarini e’lon qiladi va oldindan doskada tayyorlab qo‘yilgan buyumni tayyorlanish rejasini ochadi. O‘quvchilar o‘qituvchilar bilan birgalikda rejaning birinchi qismini o‘qitishadi. Uning asosida doskaga chiqarilgan o‘quvchi ko‘rsatma tuzadi. Ko‘rsatmani bajarib bo‘lgach o‘quvchilar hisobot berishadi va rejani 2-qismiga o‘tishadi va hokazo.
Keyinchalik o‘quvchilarga qo‘yilgan talablarni ortishi bilan, tayyor reja bo‘yicha ishlash variantlari murakkablashadi.
Tayyor rejani to‘ldirish. Tayyor rejada bir nechta qism yoki alohida so‘zlar tushirib qoldirilgan. Ularni tanlab olish zarur, buyumni u yoki bu qismini qaerga joylashtirishni topish zarur va hokazo. O‘qituvchi Bilan birgalikda buyumni namunasini yoki uni tasvirlashda analiz qilishda, o‘quvchilar tushirilib qoldirilgan, to‘liqsiz bo‘lgan reja qismlarini to‘ldiradilar.
Tayyor rejani aniqlashtirish. Bu yanada murakkabroq ish turi hisoblanadi. Rejada jarayonlar keta-ketligi buzilgan yoki ba’zi muhim jarayonlar tushirib qoldirilgan bo‘ladi. O‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda rejani o‘qib, buyum namunasini ko‘rishadi, rejada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etiladi.
O‘quvchilar reja nimaligini, undan qanday qilib, foydalanish kerakligini uni qanday yozilishini bilganlaridan so‘ng pedagog ularni reja tuzishga o‘rgatadi. P.A.T. darslari dasturiga muvofiq o‘quvchilar uch tarzdagi reja tuzishga o‘rganishadi: jarayonlarga mos, qisqa va murakkab.
Jarayoniga ko‘ra reja tuzishni har bir qismi alohida harakatlarga yoki buyumni
140
tayyorlash jarayoniga mos keladi. Jarayonga ko‘ra reja tuzishni jamoa bilan amalga oshirish o‘quvchilar tomonidan birinchi sinf ikkinchi choragidan boshlanadi. Bunda buyumni tayyorlashning birinchi jarayoni rejalashtiriladi u darhol bajariladi. So‘ng ikkinchi bosqich belgilanadi va bajariladi. Shu tarzda bu jarayon davom etadi.
T.S.Zikova kar o‘quvchilarni «qisqa» rejalashtirishga moyilligi sababini «kar o‘quvchilarda mavhum fikrlash yetarlicha rivojlanmaganligi, ularda bajariladigan ish tarkibiga kiruvchi jarayonlar xayolan tasavvur etishga imkon bermaydi» - deb e’tirof etadi.
Bolalar «qisqa» rejalashtirishni egallab olgandan so‘ng o‘qituvchi barcha jarayonlar aks etgan reja tuzishga o‘rgatadi. Shu maqsadda 3-5 ta jarayon asosida tayyorlanadigan buyumni tanlaydi. O‘qituvchi bolalarga bajarilishi zarur bo‘lgan ish rejasini taklif etadi. Doskaga «Reja» so‘zini yozadi va bir sonini qo‘yadi (rejaning birinchi qismi). So‘ng bolalar o‘qituvchi savollarga javob berishadi. Avval nima qilish kerak? Keyin nima qilish kerak? Keyin nima qilish zarur? shu tarzda reja tuziladi, o‘qituvchi uni doskaga yozadi. Birinchi sinfni 3-choragida o‘quvchilar jarayonga ko‘ra reja tuzishni mustaqil bajarishadi. Buyumlarni tayyorlashni murakkablashishi darajasiga ko‘ra bajariladigan jarayonlar soni oshadi va jarayonning har bir bosqich reja tuzish maqsadga muvofiq bo‘lib qoladi. Ikkinchi sinfni birinchi choragidan unda predmetni qismlarini tayyorlashning asosiy bosqichlari aks ettishi lozim. Har bir qism bir necha harakatlarni bajarishni nazarda tutadi. Masalan «O‘rindiq» mavzusida metal konstruktor bilan ishlashda o‘quvchilar quyidagi rejani tuzishadi.
O‘rindiqni o‘tirish joyini yasash
O‘rindiqni suyanadigan joyini yasash
O‘rindiq qismlarini birlashtirish.
Qisqa rejalarni tuzish bolalarga predmet qismlarini ko‘rishga, ularning qaysi asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlari aniqlashga yordam beradi? Qisqa rejalashtirish asosan maketlar, applikatsiyalar yasashda qo‘llaniladi. Qisqa reja bo‘yicha ishlashda har bir o‘quvchi predmetning faqat bir qismini yasaydi, lekin uning yasalishi uchun u o‘z faoliyatini rejalashtirishi kerak, qisqa rejaning ushbu qismini amalda bajarish talab etiladi. Masalan, uycha yasash kerak. O‘quvchi reja tuzadi. 1) uycha yasash kerak. 2) uycha tomini yasash kerak. Qisqa rejani kengaytirish ikkinchi sinfning ikkinchi choragidan jamoalarda amalga oshiriladi, uchinchi sinfda esa mustaqil amalga oshiriladi. Qisqa reja qismlarini kengaytirish bilimlarini egallab borish o‘quvchilarni murakkab reja tuzishga tayyorlaydi. Murakkab rejaga ko‘ra o‘z ichiga qisqa va jarayoniy rejalarni qamrab oladi. Avval uchinchi sinfning uchinchi choragida u jamoa bo‘lib tuziladi. Murakkab rejani asosiy qismlari buyumni ishlab chiqarishda ish bosqichlarini izchillikda ko‘rsatib beradi. Bunday reja o‘quvchilarga murakkab buyumlarni yasashda voqealar izchilligini to‘liqligicha tasavvur etishga yordam beradi. O‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda buyumni ko‘zdan kechirishadi; uni tashkil etuvchi qismlarini aniqlashadi, ularni
yasashni qisqa rejasini so‘ng esa to‘liq rejasini tuzadilar. Jamoa bo‘lib ma’lum tarzdagi reja tuzish malakalarini egallab bo‘lgandan so‘ng, o‘quvchilar o‘z faoliyatlarini mustaqil rejalashtirishga o‘rganadilar. Xuddi jamoa bilan reja tuzishdagi
141
kabi ular avval o‘qituvchi bilan birgalikda buyumni ko‘zdan kechirishadi, uni qanday qismlardan tuzilganligini aniqlashadi, ammo endi alohida qismlarni og‘zaki shakllantirmaydilar balki har birlari daftarda o‘z rejalarini yozib boradilar. So‘ng jamoada so‘nggi variantni ishlab chiqishadi va uni daftarga yozishadi. Keyinchalik o‘quvchilar rejani faqat mustaqil tuzishga o‘tishadi.
Reja tuzishda turli ish variantlari qo‘llaniladi:
Buyumni ishlab chiqish jarayonini o‘qituvchi tomonidan bajarilishi.
Buyum, rasm, eskiz namunasi analizi. O‘quvchilar namunani (rasm, eskiz) ko‘zdan kechirishadi va jamoada buyumni tayyorlash jarayonini rejalashtirishadi.
Buyumni namunasini tahlili va bajarilgan ish haqidagi dustlari tomonidan tuzilgan hisobot tahlili. Bu vaziyatda bolalar namunani ko‘zdan kechirishadi va buyumni yasash jarayoni tasvirlangan hisobotni o‘qishadi. Namunani o‘rganish asosida va hisobot asosida ular jamoa bilan kelgusi ishlar rejasini tuzadilar.
Buyumni so‘zlar orqali tasvirlash yoki u haqidagi hikoyaning tahlili. Reja asosida ushbu turdagi ish juda muhim hisoblanadi, chunki uning yordamida kar o‘quvchilar o‘qilgan matnni tushunishga va unga reja tuzishga o‘rganishadi, bu ularga o‘qish va nutqni rivojlantirish darslari uchun zarur.
Oxirida shuni belgilab o‘tish zarurki, P.A.T. darslarida o‘tkaziladigan barcha ish turlari (hisobot tuzish, rejalar) o‘zida yorqin ifoda etilgan kommunikativ faoliyatni ko‘zda tutadi, o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib P.A.T. darslarida kar o‘quvchilar buyumni tasvirlashda, bajarilgan ish haqida hisobotlarda, keyingi faoliyatlarini rejalashtirishda mantiiqIy izchillika rioya etishga o‘rganiladi. Zaruriy material va asboblarni Aniqlashga va rasmlar, namunalar bo‘yicha bildirish yozishga shuningdek tayyor bo‘lgandan so‘ng buyumni tasvirlashga o‘rgatiladi. Sanab o‘tilgan barcha bilimlar va malakalar o‘qituvchi tomonidan nutqni rivojlantirish darslarida ishlatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |